94
Bu texnologiya avvalo shaxsni insonparvarlik yondoshuvi,
psixoterapevtik
yo’nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Bular o’z o’rnida
majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama xurmat qilish,uni yaxshi
ko’rish hamda bolaning ijodkorlik imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash
g’oyalarini ilgari suradi. Bu texnologiyada shaxsga munosabat birlamchi bo’lib
individual yondoshuv, notalabchan demokratik boshqaruv
hamda yorqin insoniy
qarashlar boshqa yo’nalishlardan ustun turadi.
Hamkorlik texnologiyasi va hamkorlik pedagogikasi
Hamkorlik texnologiyasi pedagog bilan o’quvchi o’rtasidagi tenglik, demokratiya
hamda sub’ektlar orasidagi o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Pedagog bilan
o’quvchi xamkor va ijodkor sifatida ish yuritib birgalikda mashg’ulot mazmuni,
maqsadini aniqlaydilar va birgalikda baholaydilar.Lekin fanda “Hamkorlik
pedagogikasi” texnologiyasi ham mavjud. Uning o`ziga xos mazmuni va rivojlanishi
mavjud.
Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va
ta`limdagi ko`pgina innovatsion jarayyonlarni hayotga chorladi. “Hamkorlik
pedagogikasi” texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarning tajribasi
yotadi. Ular:
- K.D.Ushinskiy, N.I.Piragov, L.N.Tolstoy, V.A.Suxomlinskiy
- J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shatskiy
Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi.
Shalva Aleksandrovich Amonashvili
taniqli pedagog olim, amaliyotchi va
“Hamkorlik pedagogikasining” asoschisi. Shalva Aleksandrovich Amonashvili
Do'stlaringiz bilan baham: