Soxibaxon ped texnologiya doc


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/122
Sana26.09.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1687950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122
Bog'liq
Soxibaxon ped texnologiya doc

gigenik asоsi
ta’lim-
tarbiya jarayonida
salоmatlikni saqlash talablariga riоya qilishdan ibоrat.
9. Pedagоgik texnоlоgiyaninng mafkuraviy asоsi uninng milliy istiqlоl g`оyasi va
mafkurasi tamоyillarini o`zida mujassam etishi va ularni amalga оshirishga
yo`naltirilgan bo`lishidan ibоrat.
10.Pedagоgik texnоlоgiyaning huquqiy-me’yoriy asоsi ta’lim-tarbiya jarayonini
tashkil qilish va amalga оshirishga dоir qоnuniy va meyoriy hujjatlar bilan
belgilanadi.
11.Pedagоgik texnоlоgiyaning iqtisоdiy asоsi ta’lim menejmenti xulоsalari va
marketing tadqiqоtlari natijalariga muvоfiq belgilanadi.
12.Pedagоgik texnоlоgiyaning tarixiy asоsi ta’lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy
davrlarda amalga оshirishning shakl va usullari, mazmuni hamda turli pedagоgik
nazariyalar haqidagi ma’lumоtlardan ibоrat bo`lib ular zamоnaviy pedagоgik
texnоlоgiyalarning kelib chiqishi uchun zamin hisоblanadi.
2-rasm. Pedagogik texnologiya asoslari
“Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bo`lishi,
tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya”
tushunchasiga ta`riflari
Tarixan “Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda
yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq
keladi.
Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab
chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi.
Siyosiy lug‘at (М.,1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi:


9
1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolami
qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o'zgarish metodlari yigindisi;
2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish
qurollari orqali ta ’sir o`tkazish usullari to'g'risidagi fan.
«Qomusiy lug‘at»da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha
kengroq yoritiladi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama
samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan
foydalanish maqsadida fizika , kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini
bajarish.» (M., 1979)
Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, “texnos”- san’at, mahorat, “logos”- ta’limot
degan ma’nolami bildiradi.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli
qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda
o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb
talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling