Soxibaxon ped texnologiya doc


Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish


Download 1 Mb.
bet67/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish
Bu yondoshuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976 yili Tel-Aviv universiteti professori SH.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko’proq o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.
O’quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o’rganish lozim bo’lgan o’quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o’quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o’quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o’z xissasini qo’shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir o’quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanib, yangi bilimlarning o’zlashtirishiga bog’liq bo’ladi.
Guruhli o'quvni tashkil etishda o'quvchilar faoliyati guruh-guruhlarga bo'linib olib boriladi. Interfaol ta'limda o'quv-biluv faoliyatni guruhlarda tashkil etishning o'ziga xosliklari mavjud. Bu shaklda sinfdagi o'quvchilar guruhlarga bo'linib, har bir guruhga aniq, alohida vazifalar beriladi. Har bir guruh alohida (ya’ni bir xil yoki tabaqalashgan) topshiriqlar ustida ishlaydi. Topshiriq o'zaro muloqotga asoslanadi yoki biror yetakchi rahbarligida tashkil etiladi. Guruhlarda topshiriq shunday amalga oshiriladiki, mashg'ulot yakunida har bir ishtirokchi yoki guruh a’zosining qanchalik hissa qo'shganligi hisobga olinadi. Guruhlar tarkibi doimiy bo'lmasligi mumkin, ular shunday tartibda shakllantiriladiki, topshiriqni bajarishda har bir guruh a’zosiga o'zining maksimal hissasini qo'shish imkoniyati, muhiti yaratiladi. Guruhlar turli kattalikda shakllantirilishi mumkin. Odatda guruhlarda 4-6 nafar a’zo ishtirok etadi. Uning tarkibiga beriladigan topshiqlarning mazmuni va xarakteriga qarab o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Guruhni shunday shakllantirish kerakki, har bir guruh tarkibida mustaqil ishlash ko'nikmalariga ega bo'lgan o'quvchilarning bo'lishi kutilgan natijalar beradi. Guruhli o'quv-biluv ishlarini tashkil etishda ayrim o'quvchilarning individual yordamga muhtojliklari seziladi. Shunday vaziyatlarda o'qituvchi tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lmagan o'quvchilarga yordam berib borishi maqsadga muvoffiq. Guruhli o'quv- biluv faoliyati labaratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, tabiiy fanlardan tashkil etilgan amaliyot, nutq o'stirish mashg'ulotlari (dialog) matnlarni o'zlashtirish, tarixiy materiallarni o'rganish va mehnat darslarida juda qo'l keladi. Bu holatlarda guruhlarda o'zaro muloqot o'rnatish, mustaqil ishlash yaxshi natija beradi. Guruhli o'quv-biluv faoliyati yana o'quv-mavzuviy konferensiyalar, munozara, mushoira, debat, savol-javob, ma’lum mavzudagi kichik ma’ruzalar, qo'shimcha mashg'ulotlar, o'quv dasturlaridan tashqari mavzularni o'rganishda ham juda qo'l keladi. Bunday o'quv-biluv faoliyatida guruh a’zolari juda faollik ko'rsatadilar, o'z fikr, pozisiyalarini himoya qilish ko'nikmalari shakllanadi. Guruhdagi hamkorlikda, kuchli o'quvchilar kuchsiz o'quvchiga yordam berish bilan ularni qo'llab quvvvatlaydi, guruhda ham ijodkorlik vujudga keladi. Guruhli o'quv-biluv faoliyatini tashkil etishda guruh a’zolari orasida vazifalar aniq taqsimlansa, o'zaro hamkorlik to'g'ri yo'lga qo'yilsa, samarali natijalar beradi. O'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatini guruhli tashkil etishda quyidagi elementlar hisobga olinmog'i zarur: - O'quvchilarni guruhlarda ishlashga tayyorlash, o'quv topshiriqlarini aniq qo'yish, guruhda ishlash bo'yicha tushuncha berish, reglament o'rnatish. - O'quv topshiriqlarini bajarish bo'yicha reja tuzish, uni muhokama etish. Uni hal etish yo'llarini aniqlash va ishni olib borish bo'yicha o'zaro vazifalarni taqsimlash. - O'quv topshiriqlarini bajarish bo'yicha ishni tashkil eta olish. Guruhdagi ishni tashkil etishda ish jarayoni va a’zolar ish jarayonini kuzatish va zarur hollarda yordamga kelish. Guruhda topshiriqlarni bajarish jarayonida o'zaro tekshiruv va nazorat olib borishni yo'lga qo'yish. Guruhlarda topshiriqlarni bajarish natijalari bo'yicha axborot berish, sinfda munozaralar o'tkazish, ish jarayonining borishiga qo'shimcha va tuzatishlar kiritib borish. O'qituvchi tomonidan ishning natijalari bo'yicha xulosalar chiqarish va yakun yasash. Har bir guruhning ish natijalariga, sinf ishiga tahliliy baholar berish. Guruh ishining muvaffaqiyatli chiqishi o'qituvchining o'quv faoliyatini tashkil eta olish harakati, mahoratiga bog'liq. Ya’ni o'qituvchi guruhda ishtirok etayotgan har bir o'quvchining shaxsiy faoliyatini tashkil eta olishi, har bir o'quvchi o'qituvchi ko'magini olishi ishning borishi bilan pirovard natijani muvaffaqiyatli ko'rsata olishiga bog'liq. Guruhlar ishini o'quv biluv jarayonida tashkil etishda bir kator kamchiliklar sodir bo'lishi mumkin. Qiyinchiliklardan biri guruhlarni to'g'ri, maqsadli shakllantira olish va unda ishni tashkil eta olishdir. Guruhlarda ishlash jarayonida o'quvchilar ayrim qiyin topshiriqlar yechimini mustaqil yechishga qiynaladilar. Shu sababli guruhlarda ishni tashkil qilishda umumiy ishni tashkil etish bilan bir vaqtda individual ishlarni ham tashkil etishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda ko'pincha yaxshi natijalarga erishish mumkin. Umuman o'quv predmetlari bo'yicha beriladigan topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga qarab guruhda ijodiy muhit yaratiladi. Guruhlarda ishlash davrida o'qituvchi, o'quvchi-o'quvchi orasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam muhiti o'rnatilsa, guruhlar ishi kutilgan natijalarni beradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling