Soyaning Nafis va Selekta 302 navlarini barg yuzasiga ma’danli o’g’itlar ta’siri. Shodmonov Feruz Abdullajonovich Samarqand davlat Universiteti assistenti, Samarqand


Download 226.52 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi226.52 Kb.
#1246114
  1   2
Bog'liq
3. Shodmonov F.A


Soyaning Nafis va Selekta 302 navlarini barg yuzasiga ma’danli o’g’itlar ta’siri.
Shodmonov Feruz Abdullajonovich
Samarqand davlat Universiteti assistenti, Samarqand
E-mail: feruzshodmonov902501@gmail.com
Annotatsiya: Tadqiqotlarimizda soya navlari o’simliklarining barg yuzasi navlarning biologik xususiyatlariga tuproq tarkibidagi ma’danli o’g’itlarning miqdoriga hamda tashqi muxit sharoitlariga bevosita bog’liq ravishda shakllanishi o’rganilgan.
Kalit so’zlar: Azot, fosfor, kaliy, Nafis, Selekta 302, gullash, g’unchalash, barg sathi, barg yuzasi.
Abstract: In our research, the formation of the leaf surface of soybean varieties is studied directly depending on the biological characteristics of the varieties, the amount of mineral fertilizers in the soil, and external environmental conditions.
Key words: Nitrogen, phosphorus, potassium, Nafis, Selekta 302, flowering, budding, leaf level, leaf surface.

Ma'lumki, o'simliklardagi fotosintez jarayoni barglarda amalga oshadi. Shu bois barglarning tuzilishi va ularning fotosintetik faoliyati o'simliklarning genotipiga va o'stirish sharoitlariga bog'liq holatda bo'lib, fotosintez jarayonlarining mahsuldorligini belgilaydi. Ma’danli o’g’itlar bargning sathiga ta'sir qiladi. Shularni e'tiborga olib, tajriba dalasida turli soya navlarida barg sathini o'rganish bo'yicha tajribalar amalga oshirildi.


O’simlikning hayotida barga muhim ahamyatga ega. Barga yuzasi qancha katta bo’lsa o’simlikning mahsuldorligi ham yuqori bo’ladi.
Tajribada qo’llanilayotgan soyaning Nafis va Selekta 302 navlarini barg sathi 5 xil o’g’itlash me’yorlariga mos ravishda, turli rivojlanish fazalarida o’rganib borildi. Soyaning Nafis va Selekta 302 navlari rivojlanish davrlarida barg sathining o’zgarishidan olingan natijalar 3.1-jadvalda keltirilgan.
Tajriba natijalariga ko’ra o’rganilgan soyaning Nafis va Selekta 302 navlarining barg sathi rivojlanish davrlari va ma’danli o’g’itlat ta’sirida o’zgarib boradi.
G’unchalash davrida birinchi nazorat variantida (N0P0K0) soyaning o’rtapishar Nafis navi bir o’simligining barg sathi 465,96 sm2 ni, o’rtatezpishar Selekta 302 navida esa yalpi 426,14 sm2 ni tashkil qildi.
Ikkinchi nazorat variantida (N15P25K10) Soyaning o’rtapishar Nafis navi bir o’simligining barg sathi 479,58 sm2 ni, o’rtatezpishar Selekta 302 navida esa yalpi 437,48 sm2 ni tashkil qildi.
Uchinchi nazorat variantida (N30P45K20) Soyaning o’rtapishar Nafis navi bir o’simligining barg sathi 496,14 sm2 ni, o’rtatezpishar Selekta 302 navida esa yalpi 441,42 sm2 ni tashkil qildi.
To’trtinchi nazorat variantida (N45P70K30) Soyaning o’rtapishar Nafis navi bir o’simligining barg sathi 486,56 sm2 ni, o’rtatezpishar Selekta 302 navida esa yalpi 494,22 sm2 ni tashkil qildi.
Beshinchi nazorat variantida (N60P95K40) Soyaning o’rtapishar Nafis navi bir o’simligining barg sathi 437,25sm2 ni, o’rtatezpishar Selekta 302 navida esa yalpi 412,49 sm2 ni tashkil qildi (1.1 jadval).
1.1 jadval
Ma’danli o’g’italar ta’sirida soya navlari barg yuzasining o’zgarishi (sm2/tup hisobida)




Download 226.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling