Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


§. SOLIQ VA MAJBURIYATLAR. XALQ QO’ZG’OLONLARI


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1536017
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
9-uzbek


§. SOLIQ VA MAJBURIYATLAR. XALQ QO’ZG’OLONLARI 
Soliq va majburiyat turlari 
Qoraqalpoqlar ham Xiva xonligining fuqarolari singari o
’sha davrdagi xonlikda 
mavjud soliqlarni to
’lab, majburiyatlarni bajarganlar. Aholidan yer solig’i-
solg
’ut, ruhoniylar foydasiga-ushr solig’i undirilgan. Urush paytlarida 
qoraqalpoqlar ham qozon puli solig
’ini to’lar edilar. 
Chorvachilik bilan shug
’ullanuvchi har bir oila chorva mollarining qirqdan bir 
qismini zakot solig
’i tariqasida to’lagan. XIX asrning ikkinchi yarmida aholidan 
40 bosh qoramol uchun pul hisobida 9 so
’m, 40 bosh qo’y va echki uchun 2 
so
’m 50 tiyin pul miqdorida zakot olingan. 
Soliqlarni to
’lashdan tashqari qoraqalpoqlar ko’pincha soliqlardan og’irroq 
bo
’ladigan turli majburiyatlarni ham bajarganlar. Majburiyatlardan eng og’iri bu 
har oiladan bitta erkak kishining 12 kun davomida ariq qazish ishlarida 
qatnashishi edi. Majburiyatlarning butun og
’irligi urug’ jamoasining oddiy 
a
’zolari zimmasiga tushardi. Urush holatlarida aholining majburiy harbiy 
xizmatga chaqirilishi ham asosiy majburiyatlardan biri edi. Bunda har bir 
jamoa 1000 tadan 2000 tagacha askar berishlari lozim bo
’lgan. Askar yetkazib 
bera olmagan jamoalar qo
’shimcha soliq to’lagan. Safarbarlik paytida bunday 
jamoalardan 180 ming so
’mdan 250 ming so’mgacha pul yig’ilgan. Jang 
harakatlari davomida qoraqalpoqlar orasidan ko
’plab bahodir jangchilar 
yetishib chiqqan va ular xonning iltifotiga sazovor bo
’lgan. 
Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) hukmronligining oxirlarida 
Rossiya imperiyasining O
’rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib ketdi. Ular 
Turkman sardorlari bilan qoraqalpoq oqsoqol va biylarini Xiva xoniga qarshi 
qo
’yib, xonlikni parokandalikka uchratishga urindilar. Buning ustiga o’sha 
vaqtda Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi o
’rtasida hududiy nizolar ham mavjud 
edi. Xiva xoni mudofaani kuchaytirish choralarini ko
’rdi. Bu ko’plab xarajatlarni 
talab qilardi. Bo
’shab qolayotgan xazinani to’ldirish uchun aholiga solinadigan 
soliqlar miqdorini oshirib borardi. Rossiya imperiyasi o
’zbek, turkman, qirg’iz, 
qozoq hamda qoraqalpoq xalqlarini bir-biriga qarshi qo
’yib, hatto turkman, 
qoraqalpoq, qirg
’iz, qozoq urug’ boshliqlarini katta pul evaziga sotib olish 
siyosatini ham yurgizgan. 
Bu jarayonlar natijasida 1855-yil qoraqalpoqlarning qo
’ldovli qabilasidan 
bo
’lgan Ernazarbiy boshchiligidagi qo’zg’olon boshlanadi. Qoraqalpoqlar 
bundan buyon Xiva xonligiga bo
’ysunmasligini e’lon qiladilar. Ernazarbiy 
Rossiya ta
’sirida bo’lgan qozoq urug’ boshliqlaridan biri Zariqni xon qilib 
ko
’tarish va imperiya tobeligiga o’tishga intilardi. Rossiya imperiyasi xuddi 
mana shu qabiladagi qo
’zg’olon va xatti-harakatlarni nafaqat pul-mablag’lar 
bilan, balki harbiy yordam yuborish bilan ham qo
’llab-quvvatlashga uringan. 
1856-yili Said Muhammadxon Xiva taxtiga o
’tirgach, Ernazarbiy qo’zg’olonini 
bostirish uchun katta qo
’shin yuboradi. Xivadan yuborilgan yasovulboshi 


Muhammadniyoz Ernazarbiy qo
’zg’olonini tor-mor etish uchun otlandi. Buni 
eshitgan Ernazarbiy o
’zi qurdirgan Qozoqdaryo qo’rg’oniga joylashib olib, 
mudofaa jangiga tayyorgarlik ko
’rdi. 
Katta qo
’shinning qamal qilishga kirishganligini ko’rgan qo’zg’olonchilar 
orasida kelishmovchilik chiqadi va Ernazarbiy otib tashlanadi. Uni oxirigacha 
qo
’llab-quvvatlashga ahd qilgan guruhlar esa maxfiy yo’llar orqali qal’adan 
chiqib, 1853-yili Rossiya qo
’shinlari tomonidan bosib olingan Oqmachit 
qal
’asidan panoh topishadi. Ular podsho hukumatidan qoraqalpoqlarni 
Rossiya imperiyasi fuqaroligiga o
’tkazilishini so’rab murojaat qildilar. Butun 
qoraqalpoq xalqi nomidan gapirish huquqiga ega bo
’lmagan ayrim oqsoqol 
yoki biylarning murojaati Rossiya tashqi ishlar va harbiy vazirliklari tomonidan 
bo
’rttirilib, `Rossiyaga butun turkiy qabilalar o’zlarini qo’shib olishni so’rab 
murojaat qilayotirlar, ular na Xiva, na Qo
’qon xonlari tarkibida bo’lishni 
istashmayapti`,-degan bahonada o
’z xatti-harakatlarini oqlashga urindilar. 
1858-1859-yillarda qoraqalpoq urug
’laridan ayrimlari yana qo’zg’olon 
ko
’taradilar. Qo’ng’irot shahri qo’zg’olon markaziga aylandi. Xiva xoni 
qo
’zg’olonchilarni shafqatsiz jazolash va tor-mor keltirishni turkman jangovar 
kuchlari boshlig
’i Оtamurodxonga topshirdi. Natijada qo’zg’olon ayovsiz 
bostirilib, uning markazi-Qo
’ng’irot shahri vayron etiladi. 
Ko
’pchilik qoraqalpoqlar Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shilishni istamay 
jondosh va qondosh turkiy xalq-o
’zbeklar bilan birgalikda yashash ahamiyatini 
yaxshi tushunar edilar. Kelib chiqishi azaldan bir bo
’lgan ushbu xalqlarda 
yagona turkiy zaminda birga yashash istagi ustunlik qilardi. 
Podsho hukumati tomonidan Xiva xonligi protektoratga aylantirilgandan so
’ng 
Amudaryo bo
’limidagi qoraqalpoqlarga nisbatan jabr-zulm kuchaydi. Biybozor 
va Nukus volostida mustamlakachilarga qarshi Bobo Go
’klan boshchiligida 
xalq qo
’zg’oloni jiddiy tus olib, qariyb o’n yil (1881-1891) davom etdi. 
Dehqonlarning ahvoli og
’irlashishi oqibatida 1900-yil Nukus volosti va 
Qo
’ng’irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi. Bunday harakatlar 
mustamlakachi hukumat tomonidan ayovsiz bostirildi. 
23-
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling