Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
§. SOLIQ VA MAJBURIYATLAR. XALQ QO’ZG’OLONLARI
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
9-uzbek
§. SOLIQ VA MAJBURIYATLAR. XALQ QO’ZG’OLONLARI Soliq va majburiyat turlari Qoraqalpoqlar ham Xiva xonligining fuqarolari singari o ’sha davrdagi xonlikda mavjud soliqlarni to ’lab, majburiyatlarni bajarganlar. Aholidan yer solig’i- solg ’ut, ruhoniylar foydasiga-ushr solig’i undirilgan. Urush paytlarida qoraqalpoqlar ham qozon puli solig ’ini to’lar edilar. Chorvachilik bilan shug ’ullanuvchi har bir oila chorva mollarining qirqdan bir qismini zakot solig ’i tariqasida to’lagan. XIX asrning ikkinchi yarmida aholidan 40 bosh qoramol uchun pul hisobida 9 so ’m, 40 bosh qo’y va echki uchun 2 so ’m 50 tiyin pul miqdorida zakot olingan. Soliqlarni to ’lashdan tashqari qoraqalpoqlar ko’pincha soliqlardan og’irroq bo ’ladigan turli majburiyatlarni ham bajarganlar. Majburiyatlardan eng og’iri bu har oiladan bitta erkak kishining 12 kun davomida ariq qazish ishlarida qatnashishi edi. Majburiyatlarning butun og ’irligi urug’ jamoasining oddiy a ’zolari zimmasiga tushardi. Urush holatlarida aholining majburiy harbiy xizmatga chaqirilishi ham asosiy majburiyatlardan biri edi. Bunda har bir jamoa 1000 tadan 2000 tagacha askar berishlari lozim bo ’lgan. Askar yetkazib bera olmagan jamoalar qo ’shimcha soliq to’lagan. Safarbarlik paytida bunday jamoalardan 180 ming so ’mdan 250 ming so’mgacha pul yig’ilgan. Jang harakatlari davomida qoraqalpoqlar orasidan ko ’plab bahodir jangchilar yetishib chiqqan va ular xonning iltifotiga sazovor bo ’lgan. Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) hukmronligining oxirlarida Rossiya imperiyasining O ’rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib ketdi. Ular Turkman sardorlari bilan qoraqalpoq oqsoqol va biylarini Xiva xoniga qarshi qo ’yib, xonlikni parokandalikka uchratishga urindilar. Buning ustiga o’sha vaqtda Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi o ’rtasida hududiy nizolar ham mavjud edi. Xiva xoni mudofaani kuchaytirish choralarini ko ’rdi. Bu ko’plab xarajatlarni talab qilardi. Bo ’shab qolayotgan xazinani to’ldirish uchun aholiga solinadigan soliqlar miqdorini oshirib borardi. Rossiya imperiyasi o ’zbek, turkman, qirg’iz, qozoq hamda qoraqalpoq xalqlarini bir-biriga qarshi qo ’yib, hatto turkman, qoraqalpoq, qirg ’iz, qozoq urug’ boshliqlarini katta pul evaziga sotib olish siyosatini ham yurgizgan. Bu jarayonlar natijasida 1855-yil qoraqalpoqlarning qo ’ldovli qabilasidan bo ’lgan Ernazarbiy boshchiligidagi qo’zg’olon boshlanadi. Qoraqalpoqlar bundan buyon Xiva xonligiga bo ’ysunmasligini e’lon qiladilar. Ernazarbiy Rossiya ta ’sirida bo’lgan qozoq urug’ boshliqlaridan biri Zariqni xon qilib ko ’tarish va imperiya tobeligiga o’tishga intilardi. Rossiya imperiyasi xuddi mana shu qabiladagi qo ’zg’olon va xatti-harakatlarni nafaqat pul-mablag’lar bilan, balki harbiy yordam yuborish bilan ham qo ’llab-quvvatlashga uringan. 1856-yili Said Muhammadxon Xiva taxtiga o ’tirgach, Ernazarbiy qo’zg’olonini bostirish uchun katta qo ’shin yuboradi. Xivadan yuborilgan yasovulboshi Muhammadniyoz Ernazarbiy qo ’zg’olonini tor-mor etish uchun otlandi. Buni eshitgan Ernazarbiy o ’zi qurdirgan Qozoqdaryo qo’rg’oniga joylashib olib, mudofaa jangiga tayyorgarlik ko ’rdi. Katta qo ’shinning qamal qilishga kirishganligini ko’rgan qo’zg’olonchilar orasida kelishmovchilik chiqadi va Ernazarbiy otib tashlanadi. Uni oxirigacha qo ’llab-quvvatlashga ahd qilgan guruhlar esa maxfiy yo’llar orqali qal’adan chiqib, 1853-yili Rossiya qo ’shinlari tomonidan bosib olingan Oqmachit qal ’asidan panoh topishadi. Ular podsho hukumatidan qoraqalpoqlarni Rossiya imperiyasi fuqaroligiga o ’tkazilishini so’rab murojaat qildilar. Butun qoraqalpoq xalqi nomidan gapirish huquqiga ega bo ’lmagan ayrim oqsoqol yoki biylarning murojaati Rossiya tashqi ishlar va harbiy vazirliklari tomonidan bo ’rttirilib, `Rossiyaga butun turkiy qabilalar o’zlarini qo’shib olishni so’rab murojaat qilayotirlar, ular na Xiva, na Qo ’qon xonlari tarkibida bo’lishni istashmayapti`,-degan bahonada o ’z xatti-harakatlarini oqlashga urindilar. 1858-1859-yillarda qoraqalpoq urug ’laridan ayrimlari yana qo’zg’olon ko ’taradilar. Qo’ng’irot shahri qo’zg’olon markaziga aylandi. Xiva xoni qo ’zg’olonchilarni shafqatsiz jazolash va tor-mor keltirishni turkman jangovar kuchlari boshlig ’i Оtamurodxonga topshirdi. Natijada qo’zg’olon ayovsiz bostirilib, uning markazi-Qo ’ng’irot shahri vayron etiladi. Ko ’pchilik qoraqalpoqlar Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shilishni istamay jondosh va qondosh turkiy xalq-o ’zbeklar bilan birgalikda yashash ahamiyatini yaxshi tushunar edilar. Kelib chiqishi azaldan bir bo ’lgan ushbu xalqlarda yagona turkiy zaminda birga yashash istagi ustunlik qilardi. Podsho hukumati tomonidan Xiva xonligi protektoratga aylantirilgandan so ’ng Amudaryo bo ’limidagi qoraqalpoqlarga nisbatan jabr-zulm kuchaydi. Biybozor va Nukus volostida mustamlakachilarga qarshi Bobo Go ’klan boshchiligida xalq qo ’zg’oloni jiddiy tus olib, qariyb o’n yil (1881-1891) davom etdi. Dehqonlarning ahvoli og ’irlashishi oqibatida 1900-yil Nukus volosti va Qo ’ng’irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi. Bunday harakatlar mustamlakachi hukumat tomonidan ayovsiz bostirildi. 23- Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling