Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 6.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/148
Sana19.10.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1710147
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   148
Bog'liq
9-sinf Ozbekiston tarixi 2014-yil [uzsmart.uz]

Sud organlarining 
faoliyati
52



Turkiston oTkasida yashaydigan rossiyalik aholi uchun imperiya qonun- 
lari asosidagi sudlar faoliyat olib borgan. Dastlab tashkil qilingan vaqtinchalik 
harbiy sud komissiyalari bu aholining jinoiy ishlarini ko‘rish bilan birga m a­
halliy aholi tomonidan sodir etilgan siyosiy jinoyatlar va hokimiyatga qarshi 
jinoyatlam i ko ‘rib chiqqan. Viloyat va oTka sudlari vazifalari general-guber- 
natorlik devoni va boshqarmalari zimmasiga yuklangan edi. General-guber­
nator oTkaning bosh prokurori va oliy sudyasi vazifasini ham bajargan.
0 ‘rta Osiyo mustamlakaga aylantirilgandan so‘ng 
boshqa sohalar singari sud tizimi ham bosqichma- 
bosqich o‘zgartirib borilgan. Qozi va biy sudlariga 
bo Tib o ‘tadigan saylovlarda mustamlakachi huku- 
matning aralashuvi, saylov natijalarini tasdiqlashdagi noto‘g‘ri ishlar ko‘plab 
janjallam i, mahalliy aholi o ‘rtasida o‘zaro nizolar, m a’muriyatga nisbatan 
ishonchsizlik va norozilik harakatlarini keltirib chiqargan.
Sudlarga joriy etilgan saylovlar mustamlakachi hukumat ixtiyorida boTib, 
saylovda kimning g ‘olib chiqishi saylovchilarga qaraganda m a’muriyat xo- 
hishiga bogTiq boTib qoldi. Kim mustamlakachi m a’muriyatga yoqsa va 
unga sodiqligiga ishonch hosil qila olsa, o‘sha qozi va biy boTa olardi. Say­
lovlarda turli xil nayranglar, poraxo‘rliklar avj olgan. Buning natijasida say­
langan qozi va biylar o ‘z faoliyati davomida saylov vaqtidagi xarajatlarini 
turli yoTlar bilan, ayniqsa, poralar hisobiga qaytarib olishga harakat qilish- 
gan. Bu bilan qozilik va biylik serdaromad mansabga aylandi. Qozilar va 
biylar lavozim egallashi va uni saqlab qolishi uchun mustamlakachi hukumat 
vakillarining sodiq xizmatkorlariga aylandi.
1886-yilgi «Nizom»da ham Turkiston oTkasida qozilar sudi saqlanib qol­
di. Uyezd sudlari bekor qilinib, ulam ing o ‘m iga shahar va zemstvo boshliqlari 
tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. Vilo­
yat boshqamvining sud boTimlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. Sud ter- 
govchilari, viloyat prokurori va ulam ing yordamchisi lavozimlari joriy etildi.
1898-yilda Turkiston oTkasida sud nizomlarini qoTlash qoidalariga mu- 
vofiq viloyat sudlari tugatildi, ulam ing o ‘m iga okm g sudlari va Toshkent sud 
palatasi tuzildi. Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi - hukumat 
senatiga bo‘ysunar edi. O km g sudlari Turkiston oTkasining barcha viloyatla- 
rida joriy etildi. Ulam ing tarkibi sud raisi, uning o ‘rinbosari va sud a’zolaridan 
iborat boTgan. Jazo chorasini sudyalar va ikki sud a’zosi tayinlardi. Ular­
ning qarori ustidan berilgan apellatsiyani imperiyada oliy sud boTgan huku­
mat senati ko‘rib chiqardi. Shunday qilib, Turkiston oTkasidagi sud tizimi 
mustamlakachi hukumat vakillari va oTka m a’muriyati nazorati ostiga o ‘tdi.

Download 6.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling