Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Q ay si X iv a x o n i d av rid a « Q o raq alp o q u lu si» shakllandi? 82


Download 6.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/148
Sana19.10.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1710147
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   148
Bog'liq
9-sinf Ozbekiston tarixi 2014-yil [uzsmart.uz]

4. Q ay si X iv a x o n i d av rid a « Q o raq alp o q u lu si» shakllandi?
82


2 4 -§ . X I X A S R N IN G IK K IN C H I Y A R M I -
X X A S R B O S H L A R ID A Q O R A Q A L P O Q L A R M A D A N IY A T I
Tinch hayot izlab bir jo y dan ikkinchi joyga asrlar 
davomida ko‘chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq 
xalqi moddiy madaniy at yodgorliklarini to ‘liq saqlab 
qolish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
Xalq iste’dodini namoyon etuvchi boy og‘zaki she’riy ijodiyotning janr- 
lari ancha ko‘p b o ‘lgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat 
qo‘shiqlarda ifoda etilgan «otalar so‘zi» alohida ajralib turar edi. Qoraqalpoq 
xalq og‘zaki ijodida kulgi qahramoni bo‘lgan 0 ‘m irbek laqqi obrazi orqa­
li razillik, yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy illatlar hajv y o ‘li bilan 
fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik ulug‘langan. Qoraqalpoq 
xalqining og‘zaki ijodi chuqur mazmunga egaligi va xalqchilligi bilan ajralib 
turadi. Xalq m a’naviy madaniyatining yuksak darajasi ajdodlardan avlod- 
larga yetkaziladigan xalq dostonlarida, termalarida, shuningdek, musiqali 
o ‘lanlarda saqlanib qolgan.
Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston y o ‘llari mashhur edi. Doston 
qahramonlik haqida she’riy asarlar b o ‘lib, ularda xalq baxt-saodati va faro- 
vonligi uchun kurashgan mard botirlam ing buyuk jasoratlari madh etilgan. 
Ancha mashhur bo ‘lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning ozodlik va 
mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan «Qirqqiz» dostoni alohi­
da ajralib turadi. Dostonda Sarkub hukmdori Ol- 
loyor o‘z qizi Guloyimga Muyeli degan hosildor 
yerlam i tortiq qilgani haqida aytiladi. Bu joy da 
Guloyim va uning qirq kanizagi mustahkam bir 
qal’a barpo etishadi. Dushmanlar Sarkub yerlari- 
ga hujum qilib, Guloyimning otasini o ‘ldirishadi.
Sarkub mulklari talanadi, sarkubliklaming ko‘pi 
asir olinib hay dab ketiladi. Guloyim va uning 
kanizaklari dushmanga qarshi kurashga kirisha- 
di, qoraqalpoqlami asirlikdan ozod qiladi va ona 
yurtga ozodlikni qaytaradi. Bu ishda Guloyimga 
uning oshig‘i xorazmlik bahodir Arslon yordam 
beradi. Dostonning bosh g ‘oyasi — yuksak va- 
tanparvarlik hissi va ona-Vatanga, xalqqa fido­
yilarcha muhabbatdir. «Qirqqiz» dostoni bugun- 
gi kunda xalq og‘zaki ijodining durdonalaridan 
Qoraqalpoq baxshisi 
biri sanaladi.

Download 6.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling