Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Download 6.86 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf Ozbekiston tarixi 2014-yil [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- X alq harakatlariga q a rsh ija zo tadbirlarining kuchaytirilishi
Savol va topshiriqlar
• 1. M ustam lakachilik jabr-zulm ining kuchayishi, asosan, qanday k o ‘rinish- larda yaqqol k o ‘zga tashlanadi? 2. M ustam lakachi hukum atning Turkistonda olib borgan siyosatining m aqsad v a vazifalari nim adan iborat edi? 3. X alq hayotining qashshoqlashishiga qanday om illar sabab boTdi? 4. N im a uchun xalq harakatlari X IX asrning 70-yillari oxirida aynan F arg ‘o- na vodiysida kuchaydi? 5. X IX asrning 80-yillar oxiri — 90-yillar boshlarida F arg‘ona vodiysining qaysi volost va uyezdlarida xalq q o ‘z g ‘olonlari boTib o ‘tdi? X alq harakatlariga q a rsh ija zo tadbirlarining kuchaytirilishi 18-§. TOSHKENTDA «VABO ISYONI» 1892-yilning mart oyida Afg‘onistonda vabo kasalligi tarqaldi. Bahor faslining oxirlariga kelib bu kasallik Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida, 7-iyunda esa Toshkentda ham qayd qilindi. Toshkent shahar ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi 12 ta qabristonni yopib qo‘ydi. Shu kasallikdan vafot etgan kishilar uchun shahardan chekka joy da maxsus qabristonlar ochish va’da qilindi. Lekin amalda shahardan tash- qarida faqat bitta qabriston ochildi. Sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib tushuntirilmadi. Bundan tashqari shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli bemorlarni tekshirish ko‘pincha uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilar edi. Bu vaqtda aholi o‘rtasida mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalarning qabrlardan chiqarib tash- lanayotgani to‘g‘risidagi mish-mish gaplar tarqaldi. Turkiston o‘lkasida 1892-yil 18-iyundan kuchga kirgan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» joriy etildi. Bunday vaziyat aholi orasida sarosimalik va norozilik keltirib chiqardi. Bu vaqtda Toshkentning Eski shahardagi xalqparvar oqsoqoli Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev lavozimi- dan chetlashtirildi. Uning o‘rniga tayinlangan shaxs pora olishni kuchaytirish maqsadida boshqa kasallik bilan og‘rib vafot etganlarni ham vabo uchun ochil- gan shahar chekkasidagi qabristonga ko‘mishni buyurdi. Xalq bunga keskin norozilik bildirdi. Bu holat qo‘zg‘olon boshlanishiga sabab bo‘ldi. 1892-yildagi norozilik harakatlarini keltirib chi qargan asosiy sabab, birinchidan, mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmi- ning tobora kuchayib borayotganligi; ikkinchidan, xalq ommasining og‘ir ah voli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi; uchinchi- dan, iste’mol mahsulotlari narxlarining to‘xtovsiz oshib borishi, soliqlaming ko‘pligi; to‘rtinchidan, amaldorlarning o‘z mansablarini suiiste’mol qilishi, poraxo‘rligi kabi holatlarning ko‘payib ketishi bo‘ldi. Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon 1892-yilning 24-iyunida bosh landi. Dastlab mahalliy aholining noinsof amaldorlar va sudxo‘rlarga, hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oq- Download 6.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling