Erjar - ... 1866-yilda ...
1864-1866-yillarda ... N. Krijanovskiy - ...
Atamalar izohi
K
■■
azak - Rus davlatida o‘rta asrlarda krepostnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib, erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo‘shin.
S
?
avol va topshiriqlar
Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga qarshi yurishiga bahona bo‘lgan omil nima edi?
Jizzaxning bosib olinishini qanday izohlaysiz?
Xo‘jand va 0‘ratepa shaharlarining bo‘ysundirilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Xaritadan 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarni ko‘rsating.
10-§. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI
PROTEKTORATINING 0‘RNATILISHI
T
Samarqand uchun jang
urkiston general-gubernatori fon Kaufman 0‘rta Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qo‘lga ki- ritish bilan davom ettirishga qaror qildi. Amirlik-
ning harbiy kuchi Qo‘qon xonligi bilan uzluksiz olib borilgan urushlar, ichki ni- zolar, zamonaviy harbiy texnikada ortda qolishi tufayli zaiflashgan edi. Fon Kaufman Buxoro amirligi chegarahududlarini puxta o‘rganib chiqib, Amir Muzaffar- ga chegaraning Rossiya mulki foydasi- ga o‘zgartirilgan yangi loyihasini tas- diqlashni taklif qildi. Amir Muzaffar bu shartnomani imzolashdan bosh tortdi. Shunda K. P. Kaufman uni general- gubernatorlik chegaralariga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayb- lab, 4 mingdan ziyod qo‘shindan iborat harbiy otryad to‘plab, 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi. Biroq K. P. Kaufmanning Amir Muzaffar qo‘shinini Samarqandga to‘plagan, deb qilgan taxmini o‘z tasdig‘ini topmadi.
B
Do'stlaringiz bilan baham: |