Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Yangi ma’muriy hududlarning tashkil qilinishi


Download 1.93 Mb.
bet18/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Yangi ma’muriy
hududlarning
tashkil qilinishi


urkiston general-gubernatorligi Turkiston vilo­yati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismini ham o‘z ichiga oldi. Dastlab Turkiston general- gubernatorligi ma’muriy jihatdan ikkita viloyat: Sir- daryo (markazi - Toshkent) va Yettisuv (markazi - Vemiy) viloyatlariga boTingan. Sirdaryo viloyatining hududiga, asosan, 1865-yilda tashkil





qilingan Turkiston viloyatiga tegishli boTgan yerlar va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston viloyatining bir qismidan iborat holda tashkil qilindi. Bosib olingan hududlar hisobiga keyinchalik quyidagi ma’muriy-hududiy birliklar vujudga kelgan: 1868-yilda Buxoro amirligiga qarashli yerlarda Zarafshon okrugi (markazi - Samarqand), 1873-yilda Xiva xonligiga qarashli hududlar da Amudaryo boTimi (markazi - Petro-Aleksandrovsk; hozirgi To‘rtko‘l) va 1876-yilda Farg‘ona viloyati (markazi - Yangi MargTlon, keyinchalik Skobelev - hozirgi Farg‘ona shahri), 1881-yilda Kaspiyorti viloyati (markazi - Ashxobod shahri) tashkil qilingan.
Turkiston oTkasidagi viloyatlarning hududlari katta boTgan. Ular- ning maydoni Rossiyaning ayrim markaziy gubernalarining hududidan ham katta boTgan. Jumladan, oTkadagi viloyatlarning hududiy jihatdan eng kichigi boTgan Samarqand viloyatining maydoni 2000 kv. verst (1 verst - 1,066 km ga teng) bo Tib, u Saratov gubemasidan, Sirdaryo viloyatining hududi esa Moskva gubemasidan katta boTgan.
Turkiston general-gubernatori 1867-yilgi «Nizom» loyihasida ko‘r- satilgan huquqlardan tashqari oTkani boshqarish uchun mahalliy sha- roitdan kelib chiqqan holda mustaqil faoliyat olib borishda katta hu- quqlarga ega boTgan.
Turkiston oTkasida Rossiya imperiyasining boshqa gubema bosh- liqlaridan farqli ravishda siyosiy, iqtisodiy, harbiy va geosiyosiy maqsad-
larini amalga oshirishda K. P. Kaufmanga katta vakolatlar berilgan. Shu- ning uchun u xalq orasida «yarim podsho» nomini olgan.
Yodda tutingl
T urkiston oMkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik si- yosati to‘liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo‘- lishi uchun o‘lkadagi istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi.
0‘zingizni sin ang!

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling