Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet96/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

?
1

  1. Yosh buxoroliklar faoliyatidan nimalarni bilib oldingiz?

  2. Amir Sayid Olimxon o‘z davlatida qaysi maqsadda islohotlar o‘tkazishga urinib ko‘rdi?

  3. Jadidlar dasturi amir Olimxon mo‘ljallagan islohotlardan nimasi bilan farq qilardi?

  4. Buxoro amirligining qulashi sabablarini sanab bering.

  1. 36-§§. XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA
    XIVA XONLIGINING DAVLAT TUZUMI
    VA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOLI


X
Xonlikning
ijtimoiy-siyosiy
tuzunii
iva xonligi ustidan podsho hukumati o‘zining protektorat hududi sifatida qattiq nazorat o‘rnatdi. Ichki va tashqi siyosatdagi arzimas o‘zgarishlarni ham Xiva xoni Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta’sis etilib, ularning to‘rt nafari pod­sho hukumati vakillari edi.
A
mudaryoning avval Xiva xonligi tasarrufida boTgan va Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tgan o‘ng qirg‘og‘i hududi da Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo boTimi tashkil qilingan edi. Uning boshlig‘i ayni mahalda Rossiya imperiyasining Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma ha- rakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi. Xonlik ming yillik tarix- ga ega va o‘zbek xalqining madaniy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan turkiy urug‘ qo‘ng‘irotlarga mansub sulola vakil­lari tomonidan boshqarilayotgan monarxiya edi.
Qo‘ng‘irot urug‘i siyosiy va ijtimoiy hayotda
hamda harbiy sohada xonning suyanchig‘i edi.
Xon cheklanmagan ma’muriy-sudlov va har­biy hokimiyatga ega edi. U mamlakatni qo‘ng‘irot urug‘i zodagonlari, saroy a’yonlari Va oliy ru- honiylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi.
Xon hokimiyati o‘z xalqi manfaatlaridan ko‘ra ko‘proq tor doiradagi amaldorlar manfaatidan kelib chiqib ish olib borar edi.
Xiva xonligida qo‘shin xalq qarshilik hara-
katini bostirish va davlat yaxlitligini saqlash uchun kurash vositasi edi. Bu qo‘shin yaxshi uyushmagan, harbiy tartib-intizom bo‘sh, nihoyatda sodda qurollangandi. Xonning muntazam qo‘shini yasovulboshi boshqa- radigan 1,5 ming kishidan iborat edi. 1873-yildan boshlab Xiva qo‘shini faqat ichki tartibni saqlash vazifasinigina bajargan.
Xonlik ma’muriy jihatdan 18 ta beklik va 2 ta noiblikka bodingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot hisoblangan. Ularning har biriga xon tomonidan ta- yinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xonlikda ikkita kichik vi- loyatlar ham bo‘lib, ulami xon noiblari boshqarardi. Xiva shahri va uning tevaragi bevosita xonning tasarrufida bodgan. Mavjud boshqaruv appa- ratidagi mansabdor shaxslar dehqon va hunarmandlardan yigdladigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi.
Mehtar (bosh vazir) va devonbegi (devonxona mutasaddisi) xon­ning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bodgan. Xonlikdagi sud- lov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham odim jazosi qodlanilar edi.
Islom dini ruhoniylari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta ta’sirga ega edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazlaridan biri sanalardi. Shaharda 160 dan ortiq masjid va dindorlarning qadamjosiga aylangan 60 dan ziyod avliyoning daxmasi mavjud bodgan. Mamlakat- da 1,5 mingga yaqin maktablar faoliyat yuritardi. Bu maktabni bitirgan talabalarning ayrimlari oliy (madrasa) o‘quv yurtida o‘qishni davom etti- rib, 10 yilgacha tadim olishardi. Bunda asosiy fanlar sifatida arab gram- matikasi, islom huquqi va falsafasi, shuningdek, qo‘shimcha ravishda elementar arifmetika va geometriya o‘qitilardi. Madrasa talabalari im- tihon sinovlari topshirganlaridan so‘ng bo‘shab qolgan qozilik, imomlik yoki boshqa biror nufuzli lavozimlarni egallashlari mumkin edi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling