So‘z birikmalari zanjiri


Download 345.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.01.2023
Hajmi345.23 Kb.
#1117196
Bog'liq
Sõz birikmalari zanjiri



So‘z birikmalari zanjiri 
Ikki va undan ortiq so‘z yoki so‘z birikmasi bir so‘z yoki so‘z birikmasiga 
birlashsa, so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi: singlimning kitobi + ukamning 
kitobi = singlim va ukamning kitobi. 
Gap tarkibida bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga 
tobelangan, bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha 
hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi. 
So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z 
birikmalari kelishi mumkin.Masalan,Xalqimizning an’analari va udumlari 
birikuvida 2 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) xalqimizning an’analari; 2) 
xalqimizning udumlari. Xalqimizning so‘zi an’analari va udumlari so‘ziga 
hokimlik qilmoqda. Natijada zanjir paydo bo‘lmoqda:○→□←○. Shartli ravishda 
hokim so‘z (ergashgan qo‘shma gaplarda bo‘lgani kabi) to‘rtburchak shaklida
tobe so‘z esa doira shaklida ifodalanmoqda. 
Paxta gulli chinni piyola birikuvida 3 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) chinni 
piyola, 2) gulli piyola; 3) paxta gulli. Piyola va gulli so‘zlari hokim so‘zlar, 
chinni, gulli, paxta so‘zlari tobe so‘zlar, gulli so‘zi ham hokim, ham tobe so‘z 
vazifasida qo‘llangan, ya’ni bu so‘z paxta so‘ziga nisbatan hokim, piyola so‘ziga 
nisbatan tobedirSo‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z chinni piyola, tobe so‘z 
esa paxta gulli birikuvi sanaladi. 
Uchta paxta gulli chinni piyola birikuvida 4 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) 
chinni piyola, 2) gulli piyola; 3) paxta gulli; 4) uchta (paxta gulli chinni) piyola. 
So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z paxta gulli chinni piyola birikuvi, tobe 
so‘z esa uchta so‘zi sanaladi. 
Shimoldan esgan shamol birikuvida 2 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) esgan 
shamol; 2) shimoldan esgan. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z shamol 
so‘zi, tobe so‘z esa shimoldan esgan birikuvi sanaladi. 
Shimoldan esgan mayin shamol birikuvida 3 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) 
mayin
shamol; 2) esgan shamol; 3) shimoldan esgan. Shulardan shamol va esgan 
so‘zlari hokim so‘zlar, mayin, esgan, shimoldan so‘zlari tobe so‘zlar, esgan so‘zi 
ham hokim, ham tobe so‘z vazifasida qo‘llangan,ya’ni bu so‘z shimoldan so‘ziga 
nisbatan hokim, shamolso‘ziga nisbatan tobedir. So‘z birikmasi zanjiri uchun 
hokim so‘z mayin shamol birikuvi, tobe so‘z esa shimoldan esgan birikuvi 
sanaladi. 
Uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol birikuvida 5 ta so‘z 
birikmasi mavjud: 1) mayin shamol; 2) esgan shamol; 3) shimoldan esgan; 4) uch 
kun; 5) uch kundan beri esgan. Shulardan shamol, esgan, kun so‘zlari hokim 
so‘zlar, mayin, esgan, shimoldan, (uch) kundan beri so‘zlari tobe so‘zlar, esganva 


kunso‘zi ham hokim, ham tobe so‘z vazifasida qo‘llangan,ya’ni esgan so‘zi 
shimoldan va (uch) kundan beri so‘zlariga nisbatan hokim, shamol so‘ziga 
nisbatan tobedir, kun so‘zi esa uch so‘ziga nisbatan hokim, esgan so‘ziga nisbatan 
esa tobedir. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z shimoldan esgan mayin 
shamol birikuvi, tobe so‘z esa uch kundan beri birikuvi sanaladi. 
To‘rtta qora ko‘ylakli semiz kishi birikuvida 4 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) 
semiz kishi; 2) (qora) ko‘ylakli kishi; 3) qora ko‘ylak; 4) to‘rtta kishi. So‘z 
birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z qora ko‘ylakli semiz kishi birikuvi, tobe so‘z 
esa to‘rtta so‘zi sanaladi. 
Yelkasi jarohatlangan askar, shoxlari egik daraxt singari birikuvlarda 1 tadan 
so‘z birikmasi mavjud, chunki egalik shaklidagi so‘zlar nomustaqil ega vazifasida 
kelganda tobe bog‘lanishni yuzaga keltirishi mumkin, ammo so‘z birikmasini 
hosil qila olmaydi: yelkasi jarohatlangan, shoxlari egik so‘z birikmalari 
bo‘lolmaydi. 
So‘z birikmalari zanjiri gapning egasi yoki kesimi, ba’zan har ikkalasi 
atrofida birlashishi mumkin. 
Ega atrofidabirlashgan so‘z birikmasi zanjiri:Badanni junjituvchi sovuq 
shamol izg‘ib yuribdi. 
Kesim atrofidabirlashgan so‘z birikmasi zanjiri: Bu masalani tezda yechish 
kerak. Sayohatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga 
intildilar. 
Ega va kesim atrofida birlashgan so‘z birikmasi zanjiri: Kishi moliga suq 
podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan 
juda qattiq ta’sirlandi. Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida 
dushmanlik olovini to‘ldiradi. 
Anvar BAXRANOV 
 
 
 
 
 
 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” qo‘llanmasi 

Download 345.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling