So‘z birikmalari zanjiri
Download 345.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Sõz birikmalari zanjiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anvar BAXRANOV
So‘z birikmalari zanjiri Ikki va undan ortiq so‘z yoki so‘z birikmasi bir so‘z yoki so‘z birikmasiga birlashsa, so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi: singlimning kitobi + ukamning kitobi = singlim va ukamning kitobi. Gap tarkibida bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi. So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin.Masalan,Xalqimizning an’analari va udumlari birikuvida 2 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) xalqimizning an’analari; 2) xalqimizning udumlari. Xalqimizning so‘zi an’analari va udumlari so‘ziga hokimlik qilmoqda. Natijada zanjir paydo bo‘lmoqda:○→□←○. Shartli ravishda hokim so‘z (ergashgan qo‘shma gaplarda bo‘lgani kabi) to‘rtburchak shaklida, tobe so‘z esa doira shaklida ifodalanmoqda. Paxta gulli chinni piyola birikuvida 3 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) chinni piyola, 2) gulli piyola; 3) paxta gulli. Piyola va gulli so‘zlari hokim so‘zlar, chinni, gulli, paxta so‘zlari tobe so‘zlar, gulli so‘zi ham hokim, ham tobe so‘z vazifasida qo‘llangan, ya’ni bu so‘z paxta so‘ziga nisbatan hokim, piyola so‘ziga nisbatan tobedir. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z chinni piyola, tobe so‘z esa paxta gulli birikuvi sanaladi. Uchta paxta gulli chinni piyola birikuvida 4 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) chinni piyola, 2) gulli piyola; 3) paxta gulli; 4) uchta (paxta gulli chinni) piyola. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z paxta gulli chinni piyola birikuvi, tobe so‘z esa uchta so‘zi sanaladi. Shimoldan esgan shamol birikuvida 2 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) esgan shamol; 2) shimoldan esgan. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z shamol so‘zi, tobe so‘z esa shimoldan esgan birikuvi sanaladi. Shimoldan esgan mayin shamol birikuvida 3 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) mayin shamol; 2) esgan shamol; 3) shimoldan esgan. Shulardan shamol va esgan so‘zlari hokim so‘zlar, mayin, esgan, shimoldan so‘zlari tobe so‘zlar, esgan so‘zi ham hokim, ham tobe so‘z vazifasida qo‘llangan,ya’ni bu so‘z shimoldan so‘ziga nisbatan hokim, shamolso‘ziga nisbatan tobedir. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z mayin shamol birikuvi, tobe so‘z esa shimoldan esgan birikuvi sanaladi. Uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol birikuvida 5 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) mayin shamol; 2) esgan shamol; 3) shimoldan esgan; 4) uch kun; 5) uch kundan beri esgan. Shulardan shamol, esgan, kun so‘zlari hokim so‘zlar, mayin, esgan, shimoldan, (uch) kundan beri so‘zlari tobe so‘zlar, esganva kunso‘zi ham hokim, ham tobe so‘z vazifasida qo‘llangan,ya’ni esgan so‘zi shimoldan va (uch) kundan beri so‘zlariga nisbatan hokim, shamol so‘ziga nisbatan tobedir, kun so‘zi esa uch so‘ziga nisbatan hokim, esgan so‘ziga nisbatan esa tobedir. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z shimoldan esgan mayin shamol birikuvi, tobe so‘z esa uch kundan beri birikuvi sanaladi. To‘rtta qora ko‘ylakli semiz kishi birikuvida 4 ta so‘z birikmasi mavjud: 1) semiz kishi; 2) (qora) ko‘ylakli kishi; 3) qora ko‘ylak; 4) to‘rtta kishi. So‘z birikmasi zanjiri uchun hokim so‘z qora ko‘ylakli semiz kishi birikuvi, tobe so‘z esa to‘rtta so‘zi sanaladi. Yelkasi jarohatlangan askar, shoxlari egik daraxt singari birikuvlarda 1 tadan so‘z birikmasi mavjud, chunki egalik shaklidagi so‘zlar nomustaqil ega vazifasida kelganda tobe bog‘lanishni yuzaga keltirishi mumkin, ammo so‘z birikmasini hosil qila olmaydi: yelkasi jarohatlangan, shoxlari egik so‘z birikmalari bo‘lolmaydi. So‘z birikmalari zanjiri gapning egasi yoki kesimi, ba’zan har ikkalasi atrofida birlashishi mumkin. Ega atrofidabirlashgan so‘z birikmasi zanjiri:Badanni junjituvchi sovuq shamol izg‘ib yuribdi. Kesim atrofidabirlashgan so‘z birikmasi zanjiri: Bu masalani tezda yechish kerak. Sayohatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. Ega va kesim atrofida birlashgan so‘z birikmasi zanjiri: Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to‘ldiradi. Anvar BAXRANOV “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” qo‘llanmasi Download 345.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling