So’z birikmasi va gap (2 soat) reja


Download 210.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi210.48 Kb.
#1503174
  1   2   3
Bog'liq
10-mavzu



SO’Z BIRIKMASI VA GAP (2 soat) 
 REJA: 
1. Tarixiy sintaksis haqida ma’lumot. 
2. So‘z birikmasi. 
3. 
Gap

Таянч сўз ва иборалар: sintaksis, sintaktik kategoriyalar, morfologik 
kategoriyalar, boshqaruv, bitishuv, moslashuv, yozma adabiy til, gap tuzilishi, gap
bo‘laklari, gap, so‘z birikmalari.
Hozirgi o ‘zbek tilining so‘z birikmalari, gap bo‘laklari, gap tuzilishi uzoq
yillik tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Qadimgi turkiy va so‘nggi davrlar tilining 
tuzilishi bilan hozirgi zamon tili tuzilishini qiyoslar ekanmiz, yozma adabiy til 
fonetik , morfologik jihatdangina emas, tuzilish tomonidan ham takomillasha
borganini ko‘ramiz. Shunisi muhimki, sintaksisdagi o‘zgarishIar ko‘pincha
morfologiya va leksika tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar tufayli ro‘y bergan.
Masalan, vosita kelishigining iste’moldan chiqishi so‘zlam ing boshqaruv 
munosabatini o‘zgartiradi va hol doirasini kengaytiradi. Sifatdosh-predikat bilan 
subyekt orasida qratqich - egalik aloq si kelib chiqib , subyektning qaratqich
kelishigi qo‘shimchasini va sifatdoshning-predikat egalik qo‘shim chasini olishi
bunday ergash gaplarning so‘z birikmasiga o ‘tishiga sabab bo‘ladi: men 
keiganda, mening kelganimda va boshqalar. Demak,sintaktik kategoriyalar tarixi
o‘rganilar ekan, morfologik kategoriyalar taraqqiyotiga ham aham iyat berish kerak. 
Shuningdek, yangi so ‘zlarn in g p aydo b o‘lishi yangi so‘z birikmalarini keltirib 
chiqaradi. Sintaksis taraq qiyotidagi ikkinchi omil — boshqa tillarning ta ’siridir. 
Tarixda o‘zbek tiliga, ayniqsa fors-tojik tilining ta’siri sezilarli bo‘lgan. Bu tilnig 
ta’siri bilan yangi so‘z birikmalari guli’no, la’li Badaxshan kabi) va ergash
gaplar (Yüsüf Hojakim, musiqiyda mashhurdur, Andijäniydur(B N ); yana bir jins 
orük bolurkim, dânasim âlib, ichigà mag‘iz salib quruturlar, subhâniy derlâr, bisyör 
lazizdur(BN)] vujudga keladi, bog‘Iovchilaming qabul qilinishi bilan (yâ:, yâki, ne 
kabi) so'zlarni hamda gaplarni biriktirishning yangi usuli kelib chiqdi. 
Ma’lumki, so‘z birikmalari ikkiga bo‘linadi: tobe birikmalar, teng birikmalar. 
Teng birikmalarda so‘zlar o‘zaro teng munosabatga kirishsa, tobe birikmalarda 
so‘zlar o‘zaro tobe-hokim munosabati orqali bog‘lanadi. Tobe birikma tarkibidagi 
bosh va ergash so‘zlar qanday vositalar bilan bog‘lanishiga qarab, uch turga 
bo‘linadi: boshqaruv, moslashuv, bitishuv.
Bitishuv. Bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlar hech qanday grammatik 
vosita yordamisiz o’zaro birikadilar.Sifat, son, ko’rsatish olmoshi, sifatdosh bilan 
ot va ot bilan ot, shuningdek , ravishdosh yoki ravish bilan fe’l va ot yoki olmosh 
bilan fe’l bitishuv aloqasiga kirishadi. Qadimgi turkiy tilda so’zlar, asosan, bitishuv 
munosabatiga krishgan. Buning sababi so’zlarni o’zaro bog’lashda xizmat qilgan 


grammtik vositalarning kam bo’lishidir. Grammatik voistalarning qo’llanishi bilan 
so’zlarning o’zaro aloqaga kirish xarakteri ham o’zgaradi. O’zaro relyativ 
munosabatda bo’lgan ayrim birikmalarning taraqqiyotida ham tobe so’zning 
ma’lum forma bilan shakllanishga tomon borganligini ko’ramiz: kular yuz isig so’z 
ula nang tavar (QB)- molu dunyoni ochiq yuz, issiq so’z bilan ula. Bu jumlada 
bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlar hozirgi o’zbek tilida ko’makchi yordamida 
boshqaruv yo’li bilan aloqaga kirishadi. (Ochiq yuz bilan ula, issiq so’z bilan ula); 
yalavach barur er (QB)- elchi bo’lib (elchilikka) boradigan odam. Qag’un buq yerga 
tushdi (MK)- qovun biq etib yerga tushdi. Bitishuv munosabatiga kirishgan 
so’zlarning taraqqiyotidagi ikkinchi hodisa bunday birikmalarning qo’shma so’zga 
aylanishidir: sakiz on, to’qqiz o’n (qadimgi turkiy til)-sakson, to’qson. 
Ulug’ turuknung so’zun y (a) qshы ko’rdi (O’N); yaxshi kordi – hozirgi 
zamon tilida qo’shma fe’ldir. 
Qadimgi va eski turkiy tilda bir otga bog’langan bitishuv munosabatidagi 
bo’laklar tarkibi jihatdan sodda-bir yoki ikki aniqlovchidangina iborat bo’ladi. Eski 
o’zbek tilida esa bunday sifatlovchi bo’laklarning soni ham, tarkibi ham 
murakkablashadi: past bo’yluq, bo’lma saqallыq, qo’ba yuzluk tanbal kishi. Ma’lum 
so’z formasining yoki ma’lum forma funksiyasining o’zgarishi ham gap bo’laklari 
orasidagi sintaktik munosabatni o’zgartiradi. Masalan: astыn, ustin, keyin, yuqaru, 
tegra, chыnla kabi so’zlar vosita yoki jo’nalish kelishigi shaklida bo’lib, hokim so’z 
bilan boshqaruv munosabatlarida bo’lgan. Keyinroq bu kelishik formalari o’z 
funksiyalarini yo’qotgach, hokim so’z bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Bu 
jarayon mazkur so’zlarda eski turkiy tildayoq ro’y bergan edi. 

Download 210.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling