11
17. Hayo bilan andisha-qo’sh ziynat.
Ushbu gapda gramatik bog’lanishlar sonini aniqlang.
A) 1ta teng, 1 ta tobe bog’lanish
B) 3ta teng, 1 ta tobe bog’lanish
C) 1ta teng, 3 ta tobe bog’lanish
D) 1ta teng, 2 ta tobe bog’lanish
18. Chaqaverib chaqa qildi tanamni,
O’sha kuni ko’rdim katta enamni.
Qo’shmisrada qo’llangan ibora qaysi so’z turkumi
bilan tobe-hokim munosabatida bo’lgan?
A) ot B) ravish C) ravishdosh D) sof fe’l
19. Manaviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar
o’giti bilan singadi.
Gapdagi teng va tobe bog’lanishlar sonini aniqlang.
A) 2 ta teng, 8 ta tobe bog’lanish
B) 1 ta teng, 7 ta tobe bog’lanish
C) 2 ta teng, 6ta tobe bog’lanish
D) 1 ta teng, 6 ta tobe bog’lanish
20. Kattalardan o’rgangan hikmat va tajribalarni ular
tekinga qo’lga kiritishmagan.
Gapdagi gramatik bog’lanishlar haqida to’g’ri
mulohazani aniqlang.
A) 4 ta tobe, 1 ta teng bog’lanish
B) 5 ta tobe, 1 ta teng bog’lanish
C) 6 ta tobe, 1 ta teng bog’lanish
D) 7 ta tobe, 1 ta teng bog’lanish
21. Xalqparvarlik va vatanparvarlik yoshlarning asosiy
fazilati bo’lmog’i darkor.
Berilgan gapdagi so’zlarning o’zaro bog’lanishlari
miqdori va turini aniqlang.
A) 2 ta teng, 5 ta tobe bog’lanish
B) 1 ta teng, 5 ta tobe bog’lanish
C) 1 ta teng, 4 ta tobe bog’lanish
D) 1 ta teng, 6 ta tobe bog’lanish
22. Qaysi qatorda so’z birikmasi berilgan?
A)
qochib qoldi
B)
olib kirdi
C) sog’inib keldi
D) sevintirib qo’ydi
23. Tongda atrofda bulbullarning xush ovozi eshitildi.
Ushbu gapda nechta so’z birikmasi mavjud?
A) 5ta B) 4ta C) 3ta D) 6ta
Do'stlaringiz bilan baham: