So‘z birikmasi va gap turlari bo‘yicha test savollari:
1. Quyidagi atamalarning qaysi biri sintaksisga tegishli?
A) orttirma nisbat B) modal so‘z C) taqlid so‘z D) bosh so‘z
2. Sintaksis nimalarni o‘rganadi?,
A) So‘zlarning bir-biriga bog‘lanishini B) gap va uning turlarini C) so‘z birikmasini D) A,B,C
3. So‘zlarning o‘zaro biriktirish qonun-qoidalari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) morfologiyada B) leksikologiyada C) fonetikada D) sintaksisda
4. Gaplarning qurilish xususiyatlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) leksikologiyada B) fonetikada C) morfologiyada D) sintaksisda
5. Tilning qaysi birliklari fikrni shakllantirishga xizmat qiladi?
A) faqat gaplar B) so‘zlar, qo‘shimchalar va ularda mujassamlashgan ma’nolar C) ohang, tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gaplar D) so‘z birikmalar va gaplar
5. So‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi, gap va uning turlari o‘rganiladigan tilshunoslik bo‘limi nima deb ataladi?
A) morfologiya B) sintaksis C) leksikologiya D) grammatika.
6. Ot-fe’l birikuvidan qanday birliklar hosil bo‘lmaydi?
A) gap B) so‘z birikmasi C) ko‘makchi fe’lli so‘z shakli D) qo‘shma fe’l
7. Qaysi qatordagi birikuv erkin birikma sanaladi?
A) aybini bo‘yniga qo‘ymoq, qilichni bo‘yniga qo‘ymoq. B) ariqning boshiga etmoq, onasining boshiga etmoq. C) ko‘rikdan o‘tkazmoq, ko‘rikdan o‘tkazmoq.D) dorini qulog‘iga quymoq, gapni qulog‘iga quymoq.
8. So‘z birikmasini toping.
A) tashrif buyurmoq B) ko‘ngli keng C) gullar ochildi D) so‘z birikmasi berilmagan.
9. Ot+fe’l shaklidagi birikmalarda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi vositalar ko‘rsatilgan javobni toping.
A) kelishiklar B) tartib va ohang (ohang) C) ko‘makchilar D) kelishik va ko‘makchilar
10. Shoshmasdan bajarmoq, to‘g‘riga yurmoq kabi birikmalardagi so‘zlar o‘zaro qanday yo‘l bilan bog‘langan?
A) moslashuv usuli bilan B) ko‘makchili boshqaruv usuli bilan C) bitishuv usuli bilan D) kelishikli boshqaruv usuli bilan
11. Qaysi qatorda so‘z birikmasi bor?
A) O‘zbekiston Oliy Majlisi B) va’da bo‘yicha C) mehnatiga yarasha D) ota yurt
12. Bosh so‘z ravish bilan ifodalangan otli birikmani toping.
A) hammadan kuchli B)farovon hayot C) haqiqatga yaqin D) ko‘p gapirmoq
13. Bosh so‘z sifatdosh bilan ifodalangan so‘z birikmasini toping.
A) vazifani bajarib B) kelajakka umid C) chet elda o‘qigan D) o‘qigan bola
14. Qaysi qatorda so‘z birikmasi yo‘q?
A) elga xizmat B) bir-biriga oqibatli C) sohil bo‘ylarini kezmoq D) ko‘ngli keng
15. Ot+ravish shaklidagi birikmalarda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi asosiy vositalarni toping.
A) kelishiklar B) ko‘makchilar C) tartib va ohang D) kelishik va ko‘makchilar
16. Bosh so‘z ravishdosh bilan ifodalangan fe’lli birikmani toping.
A) gulni sevmoq B) senda ko‘p C) hurmat bilan yondashgan D) idishlarni arta-arta
17. Quyidagilarning qaysi biri qaratqichli birikma?
A) oltin soat B) yurtimiz yoshlari C) uzum edi D) peshin chog‘i
18. Sifat+ot shaklidagi birikuvlarda quyidagi vositalarning qaysi biridan deyarli foydalanilmaydi? 1) kelishik qo‘shimchalaridan; 2) ko‘makchilardan; 3) ohangdan; 4) so‘z tartibidan.
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 2, 4
19. Boshqaruvli birikmani toping.
A) yaqinda keldi B) chindan aytdi C) kecha keldi D) boshqaruvli birikma mavjud emas.
20. Bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan so‘z birikmasini aniqlang.
A) bolalar haqida g‘amxo‘rlik B) maktab hovlisi C) qaytadan yozmoq D) gapirishga oson
Do'stlaringiz bilan baham: |