So‘z birikmasi va iboraning farqli tomonlari adolat Uskinboyeva Amanboyevna


Download 65.5 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1164995
TuriСтатья
1   2   3
Bog'liq
6082-Текст статьи-15090-1-10-20220608

Solishtiring:
1) yoqimli musiqa, musiqani tinglamoq – erkin soʻz birikmalari
2) ikki lola, bir qancha gul – bogʻlik soʻz birikmalari
3) ko‘ngli ochiq, ogʻzi qulog‘ida – frazeologik birikmalardir
Har bir soʻz birikmasi mazmuniy yaxlitlik va grammatik jihatdan shakllanish xususiyatiga ega. Soʻz birikmasidan farqli ravishda boshqa barcha birikuvlar soʻzning kengayishi hisoblanadi.
Biz nutqimizda iboralardan tez-tez foydalanamiz. Misol uchun, ranjitmoq so‘zi o‘rniga arpasini xom oʻrmoq iborasi orqali va yana: xursand boʻlmoq so‘zi o‘rniga boshi osmonga yetmoq iborasini ishlatishimiz mumkin. Bu holda esa nutqiy taʼsirchanlik ortishi aniq. Biroq bu jarayonda mustaqil soʻz oʻrniga sintaktik qurilmadan foydalanamiz. Bu esa, oʻz navbatida, yagona soʻz bilan berilishi mumkin boʻlgan maʼno ifodasining bir necha soʻzning oʻzaro munosabatga kirishuvi orqali berilayotganini koʻrsatadi.
Soʻzning ifodaviy tomonini tovushlar tashkil etsa, iboraning ifoda tomonini esa so‘zlar tashkil etadi. Qiyoslang: Farzand - koʻzining oq-u qorasi, ulug‘lamoq - koʻkka koʻtarmoq.
Frazeologizmlarning eng asosiy belgilari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: Frazemaning tarkibida ikki yoki undan ortiq leksema qatnashgan bo‘ladi; Frazema yaxlit bir lug’aviy maʼnoni ifodalaydi; Frazemaning tarkibidagi soʻzlar o‘z leksik maʼnolarini yoʻqotgan boʻladi; Frazema turg’un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimik holatda boʻladi; Frazemani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin; Frazema gapning tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifada keladi; Frazemani boshqa tilga soʻzma-soʻz tarjima qilib boʻlmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi4.
Xulosa qilib aytganda, so’z birikmasi hamda iboraning farqli tomonlari nutqdagi o’rnidan va bajaradigan vazifasidan aks etadi. O’xshash tomonlari har ikkisida ham kamida 2ta so’zdan hosil bo’lishi, farqli tomonlari grammatik va ma’no jihatdan bog’lanishida, gapda ko’chma ma’no anglatish yoki anglatmasligidadir.



1 Mansur Masharipov Ona tili (Ma`ruzalar to`plami) Abituriyentlar uchun qo`llanma Xorazm – 2017

2 А.И.Моисеев. К типологии словосочстаний в русском язике. Прогрям- ма и тезиси докладов к IX научно-методической конференции северо-западнот зопальиого объединения кафедр русского язьжа педагогическнх институтов, ч. I, Л., 1967, стр. 36.

3 Nizomiddin Mahmudov, Abduhamid Nurmonov. O'zbek tilining nazariy grammatikasi (sintaksis) 20б 21b

4 Ўзбек тили практикуми 1- қисм [Фонетика. Лексикология. Фразеология. Морфемика. Сўз ясалиши] 61 б.

Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling