So‘z birikmasi va iboraning farqli tomonlari adolat Uskinboyeva Amanboyevna


Download 65.5 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1164995
TuriСтатья
1   2   3
Bog'liq
6082-Текст статьи-15090-1-10-20220608

Solishtiring: 1) qozonning ichi qora
2) Nazokatning ichi qora.
Sintaktik soʻz birikmalari frazeologik birikmalardan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi3:
1) sintaktik soʻz birikmalari maʼlum soʻz birikmasi modeli asosida nutq jarayonida hosil boʻladi. Shuning uchun ham real sintaktik soʻz birikmalari nutq birliklari sanaladi. Frazeologik birliklar esa nutq jarayonigacha tayyor holda mavjud boʻladi. Nutqqa tayyor holda bir lugʻaviy birlik sifatida olib kiriladi;
2) sintaktik soʻz birikmalarida qismlarning sintaktik aloqasi erkin, frazeologik birikma kesimlari oʻrtasidagi sintaktik aloqa turgʻun boʻladi;
3) sintaktik soʻz birikmalari qismlari gap ichida alohida-alohida gap boʻlaklari boʻlib keladi. Frazeologik birikma qismlarining grammatik munosabati faqat shu birikma ichida amal qiladi. Frazeologik birikma bir butun sifatida gap ichida bir gap boʻlagi oʻrnida keladi:
a) Amirxon qoqilib yiqildi va labini tishlab oldi. (so‘z birikmasi: labini – to‘ldiruvchi, tishlab oldi – kesim)
b) Malika do‘konga chiqib, xarid qildi-yu, hamyoni uyida qolganini sezib, labini tishladi.(ibora: labini tishladi-kesim)
Yuqoridagi misoldan ko‘rishimiz mumkinki, ibora va soʻz birikmasi omonim bo‘lib kelishi mumkin. Quyidagi gaplar tarkibida kelgan turg‘un va erkin birikmalarni qiyoslang:
a) Qoplar xonaning ichiga sig‘madi (so‘z birikmasi: ichiga-hol, sig‘madi-kesim)
b) Gulmira sevinganidan ichiga sig‘madi (ibora: ichiga sig‘madi– kesim)
Iboraning so‘z birikmasidan yana bir farqi u so‘z birikmasi kabi har gal nutqning o‘zida yuzaga kelmaydi. Ibora xuddi so‘z kabi nutqqa tayyor holda kiradi. Shu sababli ham uning ikkinchi nomi turg‘un bog‘lama hamdir. Masalan, aravani quruq olib qochmoq, tirnoq ostidan kir qidirmoq, tomdan tarasha tushganday.
Qismlarining erkin yoki bogʻliqligiga koʻra soʻz birikmalari erkin va bogʻliq birikmalarga boʻlinadi. Erkin birikma qismlari oson boʻlinadi, bogʻliq soʻz birikmalari qismlari oʻzaro zich aloqaga kirishib, gapda bir gap boʻlagi oʻrnida keladi. Bunday birikmalar frazeologik birikmalarga yaqin keladi, lekin sintaktik aloqaning saqlanishi bilan frazeologizmlardan farqlanadi.

Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling