So'z boshi


Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish


Download 0.53 Mb.
bet24/40
Sana06.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1334148
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
Psixologiya

3. Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish
Iroda faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilma va o'zini o'zi boshqarish sifatida, eng avvalo, o'ziga, o'z hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har xil odamlarda turli darajada ifodalanishi hammaga ma'lum. Oddiy ong o'zining namoyon bo'lish tezligiga qarab farqlanadigan, bir qutbda irodaning kuchi, boshqa birida esa kuchsizligini ifodalaydigan irodaning individual xususiyatlari spektrini qayd qiladi. Kuchli iroda-ga ega bo'lgan kishi qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'lida uchray-digan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chog'da, qat'iylik, mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi.
Irodasi sustiikning namoyon bo'.Ushi xuddi kuchli irodaning xu­susiyatlari kabi rang-barangdir, Irodasi sustiikning engoxirgi darajasi psixika normasi chegarasidan tashqarida bo'ladi. Masalan, abuliya va apraksiya shunga kiradi.
Abuliya (yunoncha abule - harakatsizlik ma'nosini bildiradi) miya patologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishning yo'qli-gi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish zairurligini tushungan holda shunday qilolmaclikdir.
Apraksiya miya tuz'Ilishining shikasijanishi natijasida kelib chiqa-digan harakatlar muvbfiqligiriing murakkab buzilishidir. Asab to'qi-malarining buzilishi miyaning peshona qismlarida yuz bersa,' u holda xatti-harakatlarni erkin to'g'rilashda buzilish namoyon bo'ladi, natija-da iroda aktining bajarilishi qiyinlashadi.
Abuliya va apraksiya - psixikasi buzilgan odamlarga xos, nisbatah
kam uchraydigan hodisalar. f
Yaiqovlik kishining qiyinchiliklarni yengishdah bosh tortishga in-tilishi, irodaviy kuch-g'ayrat ko'rsatishni qat'iy ravishda istamasligi, iroda sustligining eng tipik ko'rinishidir. Yalqovlik kishining qiyofasi-dir, shuning uchun ham utii butun choralar bilan yo'qotish zarur. Yalqovlik, shuningdek ojizlikning boshqa ko'rinishlari - qo'rqoqlik, jur'atsizlik, o'zini tuta bilmaslik va boshqalar shaxsning rivojlanishi-dagi jiddiy kamchiliklar, ularni bartaraf etish jiddiy tarbiyaviy ishni va avvalo, o'zini o'zi tarbiyalashni tashkil etishni talab qiladi.
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyataing muvaffaqiyatini ta'minlaydi, kishi shaxsining eng yaxshi iomonlarini ko'rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ro'yxati juda katta: qahramonlik, sabotlilik, qat'iylik, mustaqillik, o'zini tufa bilish va boshqalar.
Xususan, qat'iyatlilik irodaning individual fazilati boiib, mustaqil ravishda mas'uliyatli qaror qabul qilish hamda'uni faoliyatda so'zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog'liq. Irodaning musta-qilligi boshqa kishilarning fikrlarini, ularning maslahatlarini hisobga olishda ushbu fikrlar va maslahatlarga nisbatan ma'lum tanqidiylikni nazarda tutadi.
Irodaviy fazilatni baholash atigi birgina «kuchii - kuchsiz» o'l-chovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, garchand hal qiluvchi bo'lmasa ham, katta ahamiyatga egadir.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi artlami o'z ichiga oladi:
- irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf
etishdan boshlash lozim;
-qiyinchiliklarni va to'siqlarni bartaraf etish ma'lum maqsadlar-
ga erishish uchun amalga oshiriladi; .
- qabul qilingan qaror bajarilishi kerak;
- maqsadga erishish bosqichlarini ko'ra olish juda muhimdir.
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat
qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo'lmagan qiyinchi-likni, keyinchalik esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda yenga borib, kishi o'zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi.
Qiyinchiliklarni va to'siqlarni bartaraf etish maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo'lsa, iro­daviy motivlar darajasi yuqori boisa, irodaviy motivlar kishida shun-chalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Irodani tarbiya-lashning zarur sharti faoliyatning oliy motivlarini - ilmiy dunyoqa-rashga asoslangan axloqiy prinsiplarni va e'tiqodlarni shakllantirish-dir.
Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa, kishining irodasi izdan chiqadi.
Agar kishi uzoqqa moijallangan maqsadni oldiga qo'ygan taqdir-da uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko'rishi, yaqin kelajakka moijallangan istiqbolni ko'ra olishi juda muhimdir. Shuningdek, sport bilan shug'ullanish kishi irodasini chi-niqtirishning muhim shartlaridan biridir.
Irodani tarbiyalash to'g'risida gapirganda, faoliyatning mu-vaffaqiyatli bajarilishi faqat u yoki bu irodaviy fazilatlar bajarilish sharti sifatidagi tegishli ko'nikmalarning borligiga, qo'yilgan maqsad­larga erishilishiga bog'liq ekanligini unutmaslik kerak.
Irodani ongli ravishda tarbiyalash jarayoni qanchalik tez boshlan-sa, shunchalik ko'p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Yana shuni xulosa qilish mumkinki, kishining kundalik rejimga, butun hayotining to'g'ri tartibda olib borilishiga qat'iy amal qilinishi kishi irodasining shakllanishi uchun eng muhim shartlar qatoriga kiradi.
Pirovardida shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilatlarning rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayoni-da, u bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi.
6-ma'ruza
SHAXSNINGINDIVIDUAL-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI

  1. Temperament va uning ko'rinishi.

  2. Xarakter haqida tushuneha.

  3. Qobiliyat va iste'dod haqida tushuncha.

1. Temperament va uning ko'rinishi
Psixologiya fani insonning ruhiy olami, muomalasi, xulqi, xarak-teri, temperamenti, qobiliyati va insonlararo munosabatini o'rganadi. Uning amaliy yo'nalishi tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida o'sishiga yor-dam beruvchi bir qancha jabhaiarni o'ziga qamrab oladi va tekshiradi.
Inson shaxsining eng muhim xususiyatlaridan biri uning indivi-dualligidir. Individuallik deganda, shaxsiy psixologik xususiyatlarning betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, tempe­rament, psixik jarayonlar, holatlarning xususiyatlari yig'indisi, iroda, faoliyat rnotivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, qobiliyanari va shu kabilar kiradi.
Insonning ruhiy olami beto'xtov harakatlar majmuasidan iborat bo'lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o'xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois, shaxs ruhiya-tida tashqi atrof-muhit to'g'risidagi taassurotlar, o'trhish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maq­sad va tilaklar, mulohaza, fikrva muammo, emotsional kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o'zaro o'rin almashib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi.
Ruhiy olam, uning sur'ati, mazmuni* shakli, ko'lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi har bir insonda rang-barang tarzda namoyon bo'lishi kuzatiladi. Shuning uchun boisa kerak, insonlar tabiat hodisa-lariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil j^oki qiyinchilik bilan javob q^ytarishga moyillik ko'rsatadilar.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida tempera-mentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to'g'risi dagi talqinlar xilma-xil bo'lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o'ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Tempera­ment lotincha «temperamentum» degan so'zdan olingan bo'lib, bu-* ning ma'nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi.
Temperament to'g'risidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (miloddan awalgi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan bo'lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo'llanib kelinmoqda.
Temperamentga ta 'rif beradigan bo 'Isak, u shunday ko 'rinishda bo 'ladi: psixikaning individual jihatdan o 'ziga xos, tabiiy shartlash-gan dinamik ko 'rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling