Lizing operatsiyalari hisobi


Download 10.04 Kb.
bet1/2
Sana21.10.2023
Hajmi10.04 Kb.
#1714469
  1   2
Bog'liq
8-Mavzu BH T VA

Lizing operatsiyalari hisobi


Lizing — bu kreditning pulsiz shakli bo`lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to`lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish.
Lizing (ing . lease foydalanish) — mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlan chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri.
Lizingning asosiy garovi bo'lib lizing shartlari
bo`yicha Mijoz egaligiga berilgan mol-mulklar
hisoblanadi.
Lizingning asosan, moliyaviy va oddiy turi bor.
Moliyaviy Lizing — muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital harajatlarini to`liq qoplashga yetarli to`lovlardan iborat bo`lib, mulk egasiga bir mikdor foyda ham beradi.
Oddiy Lizing — ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi.
Moliyalashtirish turini tanlashda lizing bir qator afzalliklarga ega:
  • lizing ob’ekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi va shu tufayli lizing ob’ekti mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
  • lizing ob’ektini tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilishni qo‘llash imkoniyati mavjud;
  • lizing shartlari ostida O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan texnologik jihozlar davlat bojlari va QQS to‘lashdan ozod qilinadi.

Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda 1 yildan 10—15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati tugagandan so`ng asbob-uskunlarni qoldiq qiymati bo`yicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga o`tadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini cho`zish; moddiy boyliklarni Lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqalar ko`zda tutilishi mumkin. Tomonlar Lizing shartnomasida ko`rsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yo`q. Lizing kompaniyalari mashina va usku-nalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablag`lardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga bankdan qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.

Download 10.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling