So'z boshi
Download 0.53 Mb.
|
Psixologiya
Referent guruh. O'z norma va tushunchalari bilan shaxsning ijti-moiy munosabatlarga kirishishda, xulq-atvorlarini boshqarishda va namoyon bo'lishida yetakchi ta'sir etuvchi guruh referent guruh deb ataladi. Bu atamani birinchi marta 1942 yil amerikalik psixolog X. Xaymen muomalaga kintgan. Shaxs yuqori baholaydigan guruhdagi norma va munosabatlar, ularning yurish-turishi, xulq-atvorii uning ichki mezoni bo'lib qoladi. Shaxs nafaqat o'z xulq-atvorini, balki boshqalarning xulq-atvorini ham shu andaza orqali baholaydi. Har bir guruhda kishilar o'rtasidagi munosabatlar 2 xil ko'rinishda kechadi:
bevosita, ya'ni bir-birini yoqtirish yoki yoqtirmaslik asosida; bavositalik asosida, bunda guruhdagi shaxslararo munosabatlar guruh faoliyati maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar. Normativ guruhlar. Shaxs bu guruhdagilarni ma'qullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo'ladi. Bunday guruhlarga, birinchi navbatda, oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, kasbiy guruhlarni ki-ritish mumkin. Masalan, o'zbek xalqi uchun dasturxon atrofiga o'tir-gan zahoti yuziga fotiha tortish, mezbonlarning mehmonlarga «xush kelibsizlar» deyishlari norma hisoblanadi va har bir oilada shunday harakatlarga nisbatan ijobiy ustanovka shakllanadi. Qiyoslash guruhlari. Shaxs bu guruhga kirishga, uning ma'qulla-shiga muhtoj boimaydi, lekin o'z harakatlarini j'o'lga solishda unga asoslanadi. Negativ guruhlar. Shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz kechadi. Chunki bunday guruhlar uning shaxsiy qarashlaridan mutlaqo farq qiladi. Diffuz guruh stixiyali, tasodifan to'plangan va shaxslararo muno- ? sabatlar bevositalik asosida qurilgan kishilar birligidir. Bu guruhlar miqdori bir necha kishidan minglab kishini tashkil qilishi mumkin, masalan, avtobus bekatida to'planib turgan odamlar diffuz guruhiga kiradi. Diffuz guruh ma'lum vaqt saqlanib tursa, guruh iy tabaqalanish boshlanadi, ya'ni lider ajralib chiqadi. Guruh ma'lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to'plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror-bir faoliyatning bo'lishi hamda u yerda odamlarning o'zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi. Guruhlarning turlari. Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo'ladi-gan, vaqtini birgalikda o'tkazadigan kishilar guruhi ham turli xil bo'-ladi. Masalan, agar odamlar ko'chada tasodifiy hodisaning tomoshabi-ni bo'lib turishgan bo'lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, olo-mon deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o'sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta'sir ko'r-satish imkoniyati bo'lishi kerak. Amerikalik psixolog C. Kuli hamkorlikning darajasiga ko'ra, gu-ruhlarni birlamchi va ikkkilamchi turlarga bo'lib o'rganishni taklif etadi. Birlamchi guruhda shaxslararo o'zaro ta'sir yuzma-yuz, bevosi-ta ro'y beradi. Masalan, oila davrasida, sinfda hisobchilar xonasida o'tirganlar birinchi guruhga misoldir. Ikkinchi guruhdagi odamlarning har doim ham bevosita muloqotda bo'lish imkoniyatlari bo'lmaydi. Ular o'rtasidagi munosabat va o'zaro ta'sir bilvosita bo'ladi. Jamoa - maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi. Jamoa o'spirin va yoshlar-ning shaxsini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratila-digan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi, maktabdagi o'quv-tarbiya jamoasi, korxona jamoasi, nihoyat kechagi maktab o'quvchilari o'rta ma'lumot olganidan keyin borib qo'shiladigan mehnat jamoalari shun-day bir ijtimoiy muhit hisoblanadiki, unda shaxsning voyaga yetishi va har tomonlama rivojlanishi yuz beradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling