So'z boshi


Download 0.53 Mb.
bet4/40
Sana06.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1334148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Psixologiya

Pedagogik psixologiyaning predmeti kishiga ta'lim va tarbiya be-rishning psixologik qonuniyatlarini o'rganish predmeti hisoblanadi. Pedagogik psixologiya bir necha guruhga bo'linadi:

  • ta 'Urn psixoiogiyasi (didaktikaning, xususiy metodikaning, dasturlashtirilgan o'qitishning, aqliy harakatlarini shakllantirishning psixologik asoslari va boshqalar)ni o'rganadi;

  • tarbiya psixoiogiyasi tarbiyaning psixologik asoslarini (o'quv-chilar jamoasi psixoiogiyasi, axloq tuzatish - mehnat pedagogikasi-ning psixologik asoslarini) o'rganadi.

Shuningdek, o 'qituvchi psixoiogiyasi, aqli zaif bolalarni o 'qitish va tarbiyalash psixoiogiyasi pedagogik psixologiyasining bo'limlari yoki tor sohalari hisoblanadi.
Tibbiyot psixoiogiyasi vrach faoliyati va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o'rganadi. U psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o'rtasidagi nisbatni o'rganadigan neyropsixolo-giyaga, dorivor moddalarning kishining psixik faoliyatiga ta'sirini o'rganadigan psixoformakoliyaga, bemorni davolash uchun psixik ta'sir ko'rsatish vositalarini o'rganuvchi va qoilanuvchi psixotera-piyaga, odamlarning psixik jihatdan salomatligini ta'minlash chora-tadbirlarining tizimini ishlab chiqish bilan shug'ullanuvchi/M/xopro/z-laktika va psixogigiyenaga bo'linadi.
Yuridik psixologiya huquq tizimining amal qilishi bilan bog'liq psixologik masalalarni o'rganadi. U jinoyat protsessi ishtirokchilari xulq-atvorining psixik xususiyatlarini (guvohlik ko'rsatrnalarining psi­xoiogiyasi, ayblanuvchi xulq-atvorining xususiyatlari, tergovga qo'yi-ladigan psixologik talablar va shu kabilarni) tadqiq qiluvchi sud psixoiogiyasi; jinoyatchining xulq-atvori, shaxsning shakllanishiga doir psixologik muammolar, jinoyatning motivlari va shu kabilar bilan shug'ullanuvchi kriminal psixologiyaga; axloq tuzatish-mehnat kolo-niyasida ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning psixologiyasini, ishontirish va majburlash usullari bilan to'g'ri yo'lga solishning psi­xologik muammolarini va shu kabi masalalarni o'rganadigan pe-nitensiar yoki axloq tuzatish-mehnatpsixologiyasiga bo'linadi.
Harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlaming psixologik jihatlarini, psixologik tashviqot va tashviqotga qarshi metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolari­ni va shu kabi boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Sport psixoiogiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchining jismoniy chiniqqanligi va safarbarlikka tayyorligining psixologik mezonlarini, musobaqalami tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq psixologik omillarni o'rganadi. Savdo psixoiogiyasi asosan tijorat ta'sirining psixologik shait-sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga oid va boshqa xususiyat­larini, xaridorlarga xizmat ko'rsatishning psixologik omillarini aniq-laydi, modalar psixoiogiyasi va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Keyingi vaqtlarda ilmiy ijodiyot psixoiogiyasi masalalari (ijodkor shaxsning xususiyatlari, ijodiy faollikni rag'batlantiruvchi omiliar, il­miy kashfiyotlar qilishda ichki sezgi hissining o'rni va bcwhqala)ni o'rganish boshlandi. Ilmiy ijodiyot psixologiyasining o'ziga xos bo'li-mini evristika tashkil etadi. Uning vazifasi faqat ijodiy (evristik) faoliyatning qonuniyatlarini tadqiq qilishdan emas, balki evristika jarayonlarini boshqarish metodlarini ishlab chiqishdan ham iboratdir.
Nihoyat, badiiy ijodiyot (adabiyot va san'at sohasida) va estetik idrok (shubhasiz ahamiyatga ega bo'lgan, lekin hali sust o'rganilgan soha) psixoiogiyasi ham mavjud.
Yosh psixoiogiyasi turli psixologik jarayonlarning ontogenezini va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o'rganadi. U bolalar psixologiyasiga, o'smirlar psixologiyasiga, yoshlar psixolo­giyasiga, katta yoshdagilar psixologiyasiga, gerantopsixologiyaga bo'­linadi. Yosh psixoiogiyasi psixik jarayonlarning yoshga oid xususiyat­larini, bilimlarni o'zlashtirishniflg yoshga bog'liq imkoniyatlarini, shaxs kamolotining omillari va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Yosh psixoiogiyasi o'rganadigan asosiy masalalardan biri o'qitish va aqliy jihatdan kamol toptirish hamda ularning o'zaro bog'liqligi muammosi bo'lib, u psixologlar tomonidan keng muhokama qilinib kelinayotir. Psixologlar aqliy kamolotning ishonchli mezonlarini qidirib topish va o'qitish jarayonida aqliy rivojlanish samaradorligiga * erishish imkonini beradigan shart-sharoitferni aniqlashga harakat qilishmoqda.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling