So'z boshi


Download 0.53 Mb.
bet23/40
Sana06.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1334148
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
Psixologiya

hirinchidan, individning ehtiybjlarini qondirish bilan bogiiq faoliyatga undovchi sifatidagi namoyon boiuvchi mdtiv tariqasidagi motiviashtirishdir. Bu holda motivlashtirish faollik' holati umuman rtima uchun paydo boiishini,'subyektning faoliyat'ko'rsatishiga qan-day ehtiyojlar undayotganini izohlab beradi;

  • ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratiiganligini, ni-ma uchun boshqa xu!q-atvor emas, balki aynan uning tanlanganligini izohlab beradi. Bu yerda motivlar xulq-atvor yo'nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo'hali-shini tashkil etadi;

  • uchinchidan, motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatini boshqa-radigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istakiar, qiziqishlar va boshqalar kiradi.

    Shunday qilib, ehtiyojlar ba'zi harakatlarning bajarilishini belgi­laydigan va boshqalariga xalaqit beradigan har xil motiv (sabab)larga aylanadi. Irodaviy harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko'pmi darajada anglanilgan xususiyatga ega boiadi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bogiiq holda intilish va istakni ham farq qilsa boiadi.
    Intilish hali tarmoqlanmagan, yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan iborat faoliyat motividir.
    Istak faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli darajada tu-
    shunib yetilganligi bilan tavsiflanadi. Bunda faqat ehtiyoj obyekti
    emas, balki uni qondirishning mumkin boigan yoilari ham
    tushuniladi. .. .;, . „, ■.''■
    Kishida turli ehtiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati bilan bir qator hollarda motivlar kurashi paydo boiadi: bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi, u bilan to'qnashtiriladi. Muhokama
    yoki motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi, ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi.
    Irodaviy xatti-harakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijrodagi irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi.
    Irodaviy hodisaning eng muhim bo'g'inlari - qaror qabul qilish va uni ijro etish ko'pincha alohida emotsional holatning, irodaviy zo'r berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo'la­di. Irodaviy zo'r berish emotsional hayajon shakli bo'lib, kishining harakatiga qo'shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo'q bo'luvchi yoki yetarli bo'lmaydigan ichki resurslarning (xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni) safarbar etuvchi va ancha zo'rayish holati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir.
    Irodaviy zo'r berish natijasida ayrim motivlarning harakatini to'xtatib qo'yib, boshqalarining harakatini haddan ziyod kuchaytirish mumkin.
    Tashqi to'siqni yengib o'tish lozim bo'lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo'lsa, u irodaviy zo'r berishni talab qiladi.
    Shuni xulosa qilamizki, iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo'yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir.
    Irodaviy hodisada (irodaviy harakatda) uni motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik manbai, uning yo'nalganligi va o'zini o'zi boshqarish vositalari aks etadi.

    Download 0.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling