So'z boshi


Xarakter haqida tushuncha


Download 0.53 Mb.
bet26/40
Sana06.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1334148
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
Psixologiya

2. Xarakter haqida tushuncha
Ijtimoiy hayotda turmush kechirayotgan va faoliyat ko'rsatayot-gan har qanday shaxs o'zining individual-psixologik xususiyatlari bi­lan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xis-latlarida o'z ifodasini topadi. «Xarakter» tushunchasi yunoncha so'z boiib, «charakter» - bosilgan tamg'a yoki qiyofa, xislat degan ma'no-ni anglatsa-da, lekin u psixologiyada torroq mazmunda qo'llaniladi.
Xuddi shu boisdan, insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib boimaydi, chunonchi, aqlning tiyrak-ligi, topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko'rishning o'tkirligi idrokning tanlovchanligi singari individual-psixologik xususiyatlar bunga yorqin misoldir.
Xarakter - shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo'ladigan barqaror individual xususiyatlari bo'lib, individ uchun turli xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Shaxs ba'zida o'z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishning uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixolog-larning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlik-dan xavfsirashga qaraganda, ular o'z yutuqlarini yuksakroq qadrlaydi-lar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo'l urishda davom ctaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlikdan cho'-chiydilar, o'ta ehtiyotkor bo'ladilar, qiyinchilikdan yuz o'giradilar, yengil ishga qo'l urishni lozim topadilar.
Xarakter xislatlarining namoyon bo'lishi bilan asab tizimi qiyoslansa, u holda, birinchisining ro'yobga chiqishi o'zgacha fizio­logik sharoitga asoslanishini ko'rish mumkin. Sobiq sovet psi-xologiyasida ta'kidlanishicha, asab tizimi umumiy turining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi.
B. M. Teplov, V. S. Merlin, Y. A. Klimovlarning tadqiqotlarida o'qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari aniqlangan. Xuddi shu bois, xarakter xislatlari paydo bo'lish ning o'zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi umumiy turining xusu­siyatlari hisoblanadi.
Ma'lumki, asab tizimining umumiy turi temperamentnmg fiziolo­gik asosi harndir. Shuning uchun temperament turi xarakterning indi­vidual o'ziga xos xislatlarining ro'yobga chiqishidagi mubim psixolo-gik sharoitlardan biri bo'lib hisoblanadi.
;•*■ L P. Pavlov tajribasining ko'rsatishicha, muayyan tizimda tashqi ta'sir hukm surganda, asab tizimi umumiy turining xususiyatlariga taalluqlj dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltiri-shi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.
Shaxs xarakterining tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig'indisidan iborat emas, balki o'zaro bir-biriga bog'liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi, Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo'lish notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo'lsa, uning ichi qoraligini taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo'min, yuvosh bo'lsa, albatta, uning ko'ngilchan ekanligini sezamiz.
Xarakterning tuzilish xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarakter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishining xusu­siyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o'zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgan.
Xarakterning barqarorligi ham, o'zgaravchanligi ham moslashish faoliyatining' zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xu­susiyatlari-turlicha turmush sharoitlarida qarshilik qiluvchi vaziyat-larga duch kelsa-da. uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu boisdan inson tashqi vaziyatga bog'liq bo'libgina qolmasdan, balki tashqi va-ziyatni uning shaxsan o'zi yaratadi, shuningdek maqsadga muvoflq-lashtiradi.
Odatda psixik xususiyatlarning o'zaro bog'liq tizimi simptomo-
komplekslar (omillar) deyiladi (yunoncha symptoma - belgi, mos
tusiiish, «kompleks» esa lotinchada aloqa, majmua degan ma'noni
-anglatadi). Qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza
yuritilsa, u holda, insonlarda bu tizim o'ziga ishonish, o'zidan
mag'rurlanish, maqtanchoqlik, o'zbilarmonlik, urushqoqlik, kekkayish
kabilai'birikmasida yuzaga keladi.
Boshqa toifadagi shaxslar o'zlarining kamtarinligi, ko'ngilchan-
ligi, iltifotliligi, dilkashligi, rostgo'yligi bilan ajralib turadilar. Vo-
qelikka shaxsning munosabati xarakter xislatlarining o'zaro bir-biriga
bog'liqliginibildiradi. '
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to'rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:

  1. jamoa (guruh)ga va ba'zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takab-burlik va boshqalar;

  2. mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xusu­siyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas'uliyatlilik, ma-s'uliyatsizlik kabilar;

3)narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo;
4) shaxsning o'ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag'rurlik, takabburlik, dimog'dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Kishining xarakterini tashkil etuvchi bu individual xususiyatlar, birinchi navbatda, irodaga va his-tuyg'ularga, shuningdek ma'lum ma'noda aqlga ham taalluqlidir.
Inson shaxsining xarakteri hamisha ko'p qirralidir. Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlar ajratib ko'rsatilishi mumkin, lekin ular bir-biridan ajratilgan, alohida holda mavjud bo'lmaydi, balki ma'lum ma'noda xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o'zaro bog'liq bo'ladi. Xarakterning strukturaliligi uning ayrim xususiyatlari o'rtasidagi qonuniy bog'liqlikda namoyon bo'ladi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdagi zaruriy sharoitlaridan bi­ri xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakterning plastik-ligi ikki xil ma'no kasb etadi. Xarakterning plastikligi uning barqaror­ligi singari muhitga faol ta'sir o'tkazishning shartlaridan biri hisoblanadi. Amallari maqsadga muvofiq va foydali kechishi uchun ular o'zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim.
Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishning za­ruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o'ziga xos individual xususiyatga ega bo'lib, uning tuzilish xislati sifatida mujassamlashadi. Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga bog'liqligiga binoan muayyan darajada shaxs muno-sabatlarining mazmuni bilan belgilanadi.
Xarakterning tarkib topishida kishining tevarak atrofdafd muhitga va o'z-o'ziga, hamda boshqa kishiga qanday munosabatoa bo'lishi muhirn hisoblanadi. Shu bilan birga, bu munosabatlar xarakterning eng muhim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo'ladi.
Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodali'igi oxirgs rnarraga yetib, va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda, xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqeha urg'u berilishi) deb ataladigan vaziyattug'iladi.
, Xarakterda urg'u berishning (aksentuatsiyasi) quyidag; eng mu­him turlari alohida ajratib ko'rsatiladi:
. - introvert tur uchun odamovilik, muomalada va atroflagilar bi­lan aloqa o'rnatishda qiynalish, o'zi bilan o'zi bo'lib qo'Sish ; osdir;
- ekstrovert turga his-hayajonga tamomila berilganHk, ba'zan mupmaja ya faoliyatning zarurligi va qimmatidan qat'i n. zar, unga intilish, ko'p gapirish, qiziqishlarining doimiy emasligi, ba'zan maq-tanchoqlik, yuzakilik, konformlilik xos;
~ boshqarib bolmaydigan tur - bunga g'ayri-tabiiylilv, muhoza-ralilik, e'tirozlarga murosasizlik, ba'zan esa shubhalanib qamsfa xos.
Xarakterning tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta'sirida amai-ga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs raunosabatlariga bog'liq bo.'isa, ular, o'z navbatida, ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizakiarda turiicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababdan, ijtimoiy tiizumni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xusu­siyati arigina. emas, balki xarakterning individual xususiyatlari (xislat­lari), tarkib topishiga ham katta ta'sir o'tkazadi.
Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog'liq tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o'rtoqiik, o" yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, baidjaft lik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit,' undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlar ko'rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o'ziga xos belgilari shakllanadi. Bolalar bog'chasi-dagi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus xislatlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o'zgarishlar yuzaga keladi. ;,,
Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat daraja-•da barqaror boiib, ularga ayrim o'zgarishlar kiritish juda qiyin ke-chadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko'p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog'liq. Inson-ning rostgo'ylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo'lib, uning ongli qarashlariga, aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin hoiatlarda ham namoyon bo'laveradi.
Shunday qilib, psixikaning Individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo'shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi.
Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xusu-siyatlariga va, avvalo, asab tizimi turiga bogiiqdir. Chunki xarakter bilan temperamentning o'zaro munosabati ularning fiziologik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo'lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat deyiladi.
Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyat-lariga bog'liqdir. Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga qarshilik ko 'rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda, flegmatik tipdagi odam o'zida tashabbuskorlik va qat'iylikni tarkib toptirishi qiyinroqdir. Jur'atsizlik va vahimani bartaraf etish melan-xolik uchun jiddiy muammo hisoblanadi.
Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o'zini tuta bilishni va o'ziga tanqidiy ko'z bilan qarashni, sangvinik-iarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi1.
Xarakter kishining xulq-atvor dasturidir. Kishining faoliyati, uning xulq-atvori, eng avvalo, uning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bilan belgilanadi va shaxsining yo'nalganligi - qiziqishlari, ideallari va e'tiqodining majmui doimo uning xulq-atvori va faoliyatining asosiy determinanti bo'lib qoladi.
Biroq shaxs yo'nalishida ko'plab umumiylik bo'lgan va maq-sadlari bir-biriga to'g'ri keladigan ikki kishida ana shu maqsadlarga erishish uchun ular foydalanayotgan usullarda jiddiy farqlar bo'lishi mumkin. Ana shu farqlar ortida shaxs xarakterining xususiyatlari turadi. Kishining xarakteridagi tipik holatlarda go'yo uning xulq-atvori uchun tipik dasturning poydevori qo'yilgan bo'ladi.
Shunday qilib, xarakterning xususiyatlari muayyan undovchi, vaj-sabab bildiruvchi kuchga ega bo'ladi, bu kuch ko'pincha xatti-harakat usulini tanlash, muayyan qiyinchiliklarni yengish zarur bo'lgan vaqtlarda, stress holatlarida eng ko'p darajada namoyon bo'ladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling