So'z boshi
Download 0.53 Mb.
|
Psixologiya
Bevosita muloqot shaxs bilan «yuzma-yuz» suhbat bo'lib, bunda uning har bir ishtirokchisi o'zi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo'llaydi.
Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi boiib, unda shaxslar, bo'-limlar va mexanizmlar ishtirok etishadi, (masalan, telegraf, telefon orqali gaplashish). Muloqotning ba'zi bir turlari ijtimoiy rollar orqali vujudga keladi. Bunday muloqot rolli muloqot deyiladi. Bunday holatda odamlar nafa-qat shaxslar sifatida, balki muayyan ijtimoiy rollarni bajaruvchi kishi-lar tarzidagi muloqotchilar bo'lishadi. Masalan, tergovchi va jabrla-nuvchi o'rtasidagi muloqot rollidir. Individning boshqa shaxsga o'z holati, kayfiyati, xohishini bildi-rishda mimikasi, harakati, imo-ishorasi orqali axborot berishi mazmunli muloqot deb ataladi. Muloqotga kirishishda nafaqat so'zlar bilan, balki harakatlar, imo-ishoralar ham muhim o'rin tutadi. Shaxslar muloqotga kirishar ekan, muloqot uchta jihatni o'z ichiga qamrab oladi: kommunikativ (axborot berish); interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish); perseptiv (o'zaro birgalikda idrok qilish). Shaxs muloqotga kirishishda boshqa bir shaxsning o'zinikidan bi-limini sayoz, men bilgan narsani bilmaydi, dunyoqarishi «juda past» deb o'ylashi ham muhim hisoblanadi, chunki shaxs o'zining «men»i bilan ajralib turishga harakat qiladi. Muloqot jarayonida axborotni boshqa kishiga yo'llayotgan kishi kommunikator, uni qabul qilayotgan kishi retsepiyent deb nomlatiadi. Axborotni tarqatish imo-ishoralar orqali amalga oshadi. Shu bilan birga, muloqotni vujudga keltiruvchi vositalar bor. Bunday vositalarni ikki turga bo'lish niumkin, nutq orqali bo'ladigan muloqot va nutqsiz muloqot. Muloqotning psixologik vositatari: verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz) og'zaki nutq - imo-ishora yozma nutq - mimika -r pantomimika Verbal muloqotning asosiy vositasi insonning nutqi bo'lib, u alo-qaning universal vositasi hisoblanadi, chunki axborotni nutq orqali larqatganda, uning mazmuni deyarli to'liq beriladi. Verbal muloqot orqali shaxs o'zining fikr-mulohazalarini bemaiol bayon eta oladi. Og'zaki nutq bir vaqtning o'zida ikki ko'rinishda bo'ladi: dialogik nutq; monologik nutq. So'zlovchilarning bab-baravar, teng, birgalikda faollik ko'rsatishi dialogik nutq hisoblanadi. Shaxsning o'z fikrlarini og'zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi monologik nutq deyiladi. Nutq, o'z navbatida, boshqa noverbal muloqot vositalari bilan birga olib boriladi. Bunday nutqsiz vositalarga, birinchidan, imo-ishoralar va mimika kiradi. Mimika - muloqot vaqtida shaxsning yuzidagi dinamik ko'rinishi, ya'ni shaxs yuzidagi o'zgarishlar. Imo-ishoralar ijtimoiy shakllangan harakatlar bo'lib, shaxsning psixik holatini ko'rsatadi. Ular asosida insonni u yoki bu hodisa, shaxs yoki predmetga nisbatan bo'lgan munosabatini aniqlashimiz niumkin. Insonning imo-ishoralari asosida biz uning holatini tushunib olamiz. Inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar bilan birga, uning psixik holatini, ayniqsa, his-tuyg'ularini ifodalovchi harakatla-rigapantomimika deyiladi. Nutqsiz muloqotning ikkinchi guruhiga ovozdagi o'zgarish, uning nzunligi (diapazon), ohangi kiradi. Bularning hammasi axborotning nluimiyatini oshiradi va nutqqa o'ziga xos «qo'shimcha» bo'lib xizmat qiladi. Muloqotda nutq muhim o'rin tutadi, ayniqsa, uning ravonligi, atamalarning o'z joyida va to'g'ri ishlatilishi va hokazolar. Nutq eshittirilib, yo ovoz chiqarmasdan aytilishi yoki kar-soqov kishilarda biron-bir mohiyatga ega bo'lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin. t Muloqotda axborot beruvchi bilan axborot qabul qiluvchi o'rtasi-da o'zaro hamkorlik yuzaga keladi. Axborot shaxsning tashqi ko'rini-shi, kiyimi, mimikasi, ovozi, tez gapirishi yoki salmoqlab gapirishiga bog'liq bo'ladi. Shaxs axborotni ikkinchi bir shaxsga nutq orqali berish bilan birga, jest, mimikalarni qo'shib beradi yoki u yozma usulda, ko'rgaz-mali shaklda ham bo'lishi mumkin. Muloqot davomidagi emotsional holat muloqotga kirishayotgan shaxsning xatti-harakatigata'sir qiladi. Ko'p hollarda muloqotda majburiylik bo'ladi, ya'ni guvoh va gu-mon qilinuvchi muloqot qilishga majbur, buning ustiga, qonunga aso-san, muloqot qilmasa, shaxs jazolanishi mumkin. Muloqotdagi har bir fakt shaxs ongi orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu faktlar shaxslar-da ba'zi bir narsalarni bo'rttirib ko'rsatishga olib kelishi mumkin. Ba'zan muloqotga kirishayotgan shaxs o'z maqsadini yashiradi, nati-jada ma'lum bir vaqtdan keyin uning bu maqsadi yuzaga chiqadi. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot ikki kishi-lik va bir necha (ko'p) kishilik bo'lishi mumkin. Muloqotning maqsa-didan kelib chiqib, u har xil darajada tugashi mumkin, ya'ni keskin agressiv holatda yoki yangi muloqotni davom ettirish va butunlay muloqotga boshqa qaytmaslik ham mumkin. Har bir muloqotda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari-ning bir necha maqsadlari, ya'ni dalillarni yana bir marotaba aniqlash, o'zidagi bor dalillarni boyitish, shaxsning yuqoridagi voqealarga alo-qadorligi qay darajada ekanligidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. Muloqot doimo inson xarakteri bilan bog'liq bo'ladi, masalan, shaxs janjalkash bo'lishi mumkin, bu janjal ziddiyatlarning natijasida yuzaga keladi yoki shaxsning ziddiyatni keltirib chiqaradigan holatlarini o'rganish kerak bo'ladi. Xulosa qilib shuni ta'kidlashimiz mumkinki, muloqot, avvalam-bor, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida yetakchi o'rinni egallaydi. Muloqotning verbal va noverbal turlari shaxslararo munosabatlarda doimo ishtirok etadi. 2. Insonlarning bir-birlarini tushunish va idrok etish mexamzmlari Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot orqali xo-dim o'z xizmat burchini bajaradi, qonun asosida muloqot tartibga soli-'.' uadi. Muloqotning vositalari .huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida nafaqat «til», shuningdek yuqorida aytib o'tganimizdekj imo-ishora, eng asosiysi muloqot davomida shaxsning yuzidagi o'zgarishlar ham muhim hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining muloqoti xizmat faoliyati davomida quyidagi xusu-siyatlarni o'z ichiga oladi. Til so'z belgilari tizimi bo'lib, u psixik faoliyatni ifodalovchi, shu bilan birga, nutqda foydalartfladigan aloqa vositasidir. Biroq nutqning buzilishi muloqot jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bosh miya qo-big'ining ayrim qismlari zafarlanishi natijasida nutqning izdan chiqi-shidan iborat psixopatologik nuqson afaziya deyiladi. Nutqning buzilishi insonning yozma nutqiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Nutqdagi lurli buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi agrafiya deyiladi. Agrafiya holatida Odam yozish qobiliyatini butunlay yo'qotadi yoki so'zlardagi harflarni tushirib qoldiradi, harflarni bir-biriga qo'sha olmaydi. Agrafiya katta odamlarda bosh miya po'stlog'i faoiiyatining buzilishi natijasida ro'y bersa, bolalarda u duduqlik natijasida kelib chiqadi. Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U ijtimoiy axloq normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida muloqotning vazifalari turlicha. Shu boisdan, muloqotning quyidagi vazifalarini ko'rsatishimiz mumkin. Muloqotning psixologik vazifalari: informatsion; regulyativ; signal; nazorat; tarbiya. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling