So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/85
Sana22.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1649183
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85






SO‘Z BOSHI 
Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va 
mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-
o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, 
zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga 
intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi. 
SH.Mirziyoev 
Ta’lim tizimi mazmuni - yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy 
ettirish, tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, 
ta’lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma-malaka, faoliyat 
usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emotsional 
baholashga doir munosabatlardir.
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishda avvalambor ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish, ta’lim turlari va ularni yanada rivojlantirish eng 
muhim va dolzarb masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida kishilarning bilim olishiga alohida 
e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 41-
moddasida: har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim 
olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat 
nazoratidadir, deb e’tirof etiladi
1
.
Bugungi kunda taraqqiy etgan barcha kompaniya va firmalarda 
ishchi kuchi sifatini oshirishga nihoyatda katta e’tibor berilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos va mos yo‘lini tanlashi kadrlar 
tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni hayotiy 
zaruratga aylantirdi.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan 
kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib 
turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni 
insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, 
yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy 
munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda 
maktablar 
tizimi 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
etadi. 
Axborot 
texnologiyalari yetakchi o‘ringa chiqib olgan hozirgi kunda 
rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini 
1
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 



yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari 
ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga 
asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.
Jumladan, joriy yilning 24 yanvar sanasida Prezidentimizning 
Oliy majlisga murojaatnomasida ilgari surilgan fikrlar bevosita 
«Qiyosiy ta’lim» bilan bog’liq. Zero, «Oliy ma’lumot olaman, o‘z 
ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin 
yoshlarimizning 
tahsil 
olishi 
uchun 
hamma 
qulayliklarni 
yaratishimiz shart. Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida 
takomillashtirilishi kerak. Oliy o‘quv yurtlariga bosqichma-bosqich 
akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Ta’limning barcha 
bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot 
texnologiyalari joriy etilishi shart» degan fikrlarida jon bor. 
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini 
o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma’naviy - axloqiy kamolotini 
olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. 
Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda 
katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini 
topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, 
inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai - nazardan 
qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarda insonni 
tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda 
biryoqlamalikka berilib ketish ko‘zga tashlanadi.
Shuning uchun ayrim mamlakatlarda insonni faqat zamonaviy 
ishlab chiqarish ilmi bilan qurollantirish, axborot texnologiyalari, 
boshqaruv 
malakalarini 
o‘rgatishga ustivor soha sifatida 
qaralmoqda. Ulardagi maktablar ta’lim - tarbiyasi oldiga ham 
shunday vazifa qo‘yilgan bo‘lib, kichik olam (Najmiddin 
Kubro)ning moddiy ehtiyojlari yetakchi o‘ringa, ma’naviy ehtiyojlar 
keyingi o‘ringa tushib qolayotir. Demak ta’lim har doim 
rivojlanishda buladi. Bu rivojlanish albatta xorijiy tajribani 
o’rganish, amalga joriy etish orqali takomillashadi.
Ushbu “Qiyosiy ta’lim” o`quv qo`llanmasi ham ta’lim 
jarayonining il’gor xorijiy tajribasini o‘rgatishi bilan bir qatorda 
jahon mamlakatlari ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim dasturlari va 
texnologiyalari, iqtidorli talabalar bilan ishlash dasturi, xalqaro 
tashkilotlarning ta’limdagi roli haqida so`z yuritilgan bo‘lib, XXI 
asr xalqaro ta’lim makoni qolaversa, oqituvchilarni tayyorlashning 
bosqichli tizimining qiyosiy tahlili batafsil yoritilgan. 




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling