So’z o’yini


Download 392.41 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi392.41 Kb.
#1592028
1   2   3
Bog'liq
so\'z o\'yini nilufar 1.2 NJ (2)

NAZARIY QISM
O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir. O‘qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi kasbiy faoliyatning ongli tahlili me‘yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish. Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik me'yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. V.A.Slastenin(1) o'tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish. O‘qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. V.A.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar kreativlik. Bu hayolot fantastlik faraz qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar. “SO‘Z VA HODISALARNI ESLASH”(2) ta'limiy o‘yini Sinf o‘quvchilari kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so‘z tanlaydi
Daraxt, paxta so‘zi bilan o‘yin boshlanadi. Dovuchcha, danak, do‘mbira, doira, dolana, paxta, piyola, parta, pomidor kabi "d", "p" hartlari bilan boshlanadigan so‘zlar topiladi. Daraxt, paxta so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga da-, pax- bo‘g‘in qo‘shib so‘z hosil qilis: dali,dada paxtakor paxtazor.Berilgan so‘zlarga ohangdosh so‘zlar topish: paxta, taxta, shaxta, vaxta, daraxt, karaxt kabi. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha so‘zlarni eslash: paxta, momiq, chigit, shona, g‘o‘za, ko‘sak; Daraxt, barg, gul, meva, danak, kurtak, tomir, ildiz. Berilgan so‘zlar ichidan birini tanlash: paxta, xat, daraxt, xatar. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq birorta hodisani eslash, hikoya, ertak, sarguzasht to‘qishga harakat qilish. "TOPOG‘ON" o‘yini. Tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong‘oq; Xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon; Taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna; Ovchi. Muzqaymoq, bo‘ri, hayvonot bog‘i, qafas, daraxt: Tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh. Berilgan so‘zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha toping. “BEGONA” o‘yini: Bunda beshta so‘z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so‘z begona asardan olinadi. Masalan: "O‘gay” "Erka", "Mehnatsevar", "Sehrli sandiq", "Ajdar" bitta "Kulol" begona so‘z. Shu begona so‘zdan ertakni davom ettirishadi. Bola dasturda belgilangan bilimlarni kamida davlat ta’lim standarti talablari darajasida o‘zlashtirishi kerak. O‘qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag‘ishlovchi mana shunday o‘yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o‘quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi. “KIM KO‘P SO‘Z TUZADI” o‘yini: O‘quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so‘zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf (tovush) so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. Masalan. "a" tovushiga oid so‘zlar toping. So‘z boshida: ayiq, asal,... So‘z orasida: sariq, maktab So‘z oxirida: bog‘cha, chana... kabi. “BERILGAN BOG‘INLARGA BITTADAN HARF QO‘SHIB, SO‘ZLAR HOSIL QILING” o’yini. Bir bo‘g‘inli so‘z berilib, unga bir harf qo‘shish orqali o‘quvchilar yangi so‘z hosil qilishlari kerak. Masalan: Far: farq, fard. Farz Dar: dard, dars, darz kabi. KEYINGI MOS HARFLARNI QO‘YIB YANGI SO‘ZLAR HOSIL QILISH o’yini
Berilgan so‘zlarni, oxiridagi harfni o‘zgartirish orqali o‘quvchilar yangi so‘zlar hosil qiladilar va kim ko‘p so‘z tuzsa, ana o‘sha o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Masalan: KIYIN - KIYISH, KIYIK, Kl YIM, KIYIB kabi. SO‘ZLARDAGI BIROR HARF(TOVUSH)NI SHUNDAY O‘ZGARTIRINGKI, QOFIYASI MOS SO‘ZLAR HOSIL BO‘LSIN o’yini O’qituvchi so‘zlar aytadi va o‘quvchilar so‘zdagi biror tovushni o‘zgartirib unga mos qofiyadosh so‘zlar topadilar. Masalan: PILLA - T1LLA, PAXTA – TAXTA, PUL – GUL, POL – MOL, PARTA-MARTA....kabi O‘quvchilarining o‘qish malakasini rivojlantirish va nutq o‘stirishda ilg‘or usullardan foydalanish. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi mantiqiy metodlar, interfaol usullarda o‘z aksini topadi. Dars berish usullari ta'lim beruvchining faoliyatini tashkiIlashtirish vositasidir. Ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovchi dars berish va o‘qitish usullari interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va texnologiyalardan namunalar keltiramiz: Taqdimot va muzyorarlar bu mashg'ulotni boshlash uchun mo‘ljallangan qisqa mashqlardir. Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘rtasidagi «to‘siq»ni yoqotishga qaratilgan usul. Bu metod asosida guruh o‘quvchilari orasidagi o‘zaro ishonch, hurmat, o‘zaro yaqinlikni his etishga o‘rgatish yotadi. Aqliy hujum yoki aqliy hamla - bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos muammo, vazifa xususida barcha o‘quvchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni yaratishi yotadi, ya'ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to'xtaladi. Debat bu usulning maqsadi o‘zaro baxs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir. GAPLARNI OXIRIGA YETKAZISH - bu mashqda o‘quvchi o‘z g‘oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi. DAVRA SUHBATI - ta'lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir- birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-javobga kirishadilar. GURUHDAGI MUNOZARALAR - qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir. a) KATTA GURUHDA MUHOKAMA - bunda butun guruh muayyan mavzuga doir bo‘lgan g‘oyalar yoki hodisalarni muhokama qilinadi. Muhokama rejalashtirilgan yoki uyushtirilgan mavzular atrofida o‘tkaziladi. b) KICHIK GURUHLARDA MUHOKAMA - mazkur o‘quv tadbirida ixtiyoriy holatda masalani ko‘tarish, muammoni muhokama qilish, hal etish, ko‘tarilgan
muammolar yechimini topish va g‘oyalarni baholash uchun yig‘ilgan to‘rt-olti kishi ishtirok etadigan davra. ROLLI O‘YIN - dramma yoki “qoyilmaqom qilib o‘xshatish". Rollar o‘quvchilarga aynan mo'ljallanganligini va ularga "go‘yoki chinakamiga" harakatlanish imkonini beradi. SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISH - bilimlarni tekshirish va o‘qitish jarayonini baholash uchun foydalaniladi. BOSHQARILAYOTGAN XAYOLOTLAR – o‘qituvchi tayyorlab qo‘ygan fantaziyasini o‘qiydi yoki guruhning o‘zi shunday bir hayoliy holatni rivojlantiradi. IJODIY MEHNAT - rasm chizish, andozalash, qo'shiq, tarixlar, chizgilar yozish va o‘yinlar o‘ylab topishni mujassam etadi. "AKVARIUM" mashqi - bu guruh ichida guruh tarzida tashkil etiladi, ya’ni sinf ikki guruhga birlashtiriladi davraga bir guruh vakillari taklif etilib, berilgan savollarga javoblarini aytadilar. Ikkinchi guruh esa, birinchi guruh a'zolarining ma'lumotlarini eshitadilar. Ular yakunlagach, yuqoridagi savol bo‘yicha qolgan joylarini to‘ldiradilar. Ikkala guruh bir - birlarining taqdimotlarini nazorat qilishlari so‘raladi. O‘YINLAR VA BARDAMLAShTIRUVChI MASHQLAR - bir xillikni yangilashtirish, kuch-quvvatni oshirish va ishni davom ettirish ishtiyoqini kuchaytirish uchun foydalidir. Bunda turli harakatli o‘yinlar o‘tkazish lozim. Bu turdagi mashqlar dam olish daqiqasi sifatida ham talqin etiladi. KLASTER - (lot."g‘uncha", "bog‘lab") axborotlarni yoyish usuli bo‘lib, undan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni tushunishlari uchun erkin, ochiq fikr yuritishlariga katta imkoniyat beradi. Demak, yuqoridagi berilgan interfaol metodlar kabi tajribalarga asoslangan ta'lim usullari orqali o‘quvchilarda faollik va dars samaradorligining oshishi ta'minlanadi. O‘qituvchi ish faoliyatida mustaqil ravishda mavzuga mosini tanlash va qo‘llash imkoniga ega. Quyida berilgan metodlarning ba’zilaridan boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish darslarida qanday foydalanish mumkinligi misollarda berilgan. O’YINLAR VA BARDAMLASHTIRUVChI MASHQLAR - kichik treninglar, o‘yinlar, qo‘shiq va she’rlar mazmuniga ko‘ra harakatlar qilish asosida amalga oshirilib, o'yin, o'qish, mehnat kabi faoliyat turlaridan foydalanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyat turi o‘qish bo‘lishiga qaramay, bir faoliyatdan to‘la ikkinchisiga o‘tish bolada qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli, dars jarayonida turli ta'limiy o‘yinlar qo‘llangan - holda darslar tashkil etiladi. Bular bilan bir qatorda, yuqorida ham to‘xtalib o‘tgan edik, o‘quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari o‘tkazish orqali ruhiy, jismoniy toliqishini oldini olib, darsga bo‘lgan diqqatini jAamlashga olib keladi. O‘tkazilayotgan dam olish mashqlari avvalo, dars mavzusiga qolaversa. fanga mos bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda dam olish mashqlari asosan harakatli o‘yinlar, she'r, qo‘shiqlar mazmuniga ko‘ra harakatlar, kichik yoshdagi o'quvchilarga mos psixologik testlar, qiziqarli hangomalar, topishmoqlar ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Quyida bardamlashtiruvchi mashqlardan namunalar keltirib o‘tamiz. “Mevali salat” harakatli o‘yini. Sinf o‘quvchilari besh turdagi mevalar nomlari asosida guruhlarga birlashtiriladilar, ya'ni "olma", "nok", "shaftoli’ “behi", "anor". Boshlovchi qaysi mevalardan salat tayyorlashini aytsa, o‘quvchilar belgilangan meva nomlariga ko‘ra joylarini almashadilar va boshlovchi bo‘sh o‘rinlardan biriga tez o‘tirib olishi kerak. O‘tirolmay qolgan o‘quvchi boshlovchi vazifasini bajaradi. O‘yin shu zaylda 1-2 daqiqa davom etadi. Masalan, boshlovchi: "Men barcha mevalardan salat tayyorlamoqchiman". - deb aytsa barcha "mevalar o‘rinlarini almashtiradilar, yoki "Men olma va nokdan salat tayyorlamoqchiman”,- deb aytsa faqat boshlovchi aytgan mevalar o‘rinlarini almashtiradilar. “O‘zaro bog‘liqlik” O‘quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o‘quvchi rasmdagi predmet haqida gapirib beradi. Masalan: “Bu olma. Olma bog‘da o‘sadi va mevalarga kiradi. Uni o‘quvchilar juda yaxshi ko‘rishadi”. Keyin ikkinchi bola ham o‘zidagi predmet haqida gapiradi va o‘zidagi predmet bilan birinchi o‘quvchidagi predmetni o‘zaro bog‘liqligini aytishi kerak. Masalan: “Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o‘quvchilar yaxshi ko‘rishadi. Quyosh istib tursa olma va boshqa mevalar pishadi”. Keyin uchinchi o‘quvchi o‘zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o‘zidagi predmet orasidagi bog‘liqlikni topishi kerak. O‘yin shu tartibda davom etadi. “Umumiylikni izlash” O‘quvchilar aylana qurib o‘tiradilar. Olib boruvchi o‘quvchilardan biriga to‘pni otayotib, bir-biri bilan bog‘lanmagan 2 ta so‘zni aytadi. Masalan: maktab va o‘quvchi, kitob va javon, quyosh va gul va hokazo. To‘pni tutib olgan o‘quvchi so‘z juftligi orasidan umumiy belgini aytib to‘pni qaytaradi. “Safar” O‘quvchilarga maktabdan yoki uylaridan ma'lum bir joygacha bo‘lgan yo‘lini tasvirlash topshirig'i beriladi. O‘quvchilar bir necha kun davomida “obekt” ni mustaqil kuzatadilar va uni og‘zaki tasvirlab beradilar. Sinchkovlik, ziyraklik. kuzatuvchanlik, atrof - muhitga diqqat - e’tibor talab etiladigan bu o‘yib vositasida Vatanni sevish, tabiatga muhabbat, yon atrofga e’tiborli bo‘lish hislarini tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, mazkur o‘yinlardan foydalanganda o‘quvchilarning nutqi rivojlanad, lug'at boyligi vanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi. Yuqorida keltirilgan ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarning darsda faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o‘stirishga yo‘naltitirilgan har bir mashg‘ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi.
1.Ta’limda o’yinli mashg’ulotlardan foydalanish maqsad va vazifalari
Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;
- o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
- shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
- hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
- o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;
- o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchlar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
DIDAKTIK O’YINLI DARSLARNING TURLARI VA ULARNING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI

DIDAKTIK O’YINLI DARSLAR YAKUNIDA BAJARILADIGAN


PEDAGOGIK VAZIFALAR:

O’YINLI DARSLARNING O’QITISH JARAYoNIDAGI DIDAKTIK FUNKSIYALARI



2. Didaktik o’yinli mashg’ulotlarning o’ziga xos xususiyatlari

Didaktik o’yinli mashg’ulot
lar

Mavzu mazmuni qanday bo’lganda mazkur mashg’ulotdan foydalaniladi.

Mashg’ulotlarning didaktik funktsiyalari

Talabaning
faoliyati

Syujetli-rolli

Fanning turli sohalarida qo’lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish, tabiatdagi va kundalik hayotdagi muammolarni hal etish imkoniyati bo’lganda

Kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat ob’ektlari va tabiiy hodisalar o’rtasidagi aloqalar va bog’lanishlarni adabiy-badiiy tarzda yoritish

Muayyan rollarni bajarish orqali bilim, ko’nikmalarni egallash

Ijodiy o’yin

Avval o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyati bo’lganda

Muammoli vaziyatlarni avval o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni ijodiy qo’llash orqali hal etish

Ijodiy izlanish orqali yangi mavzuni o’zlashtirish

Ishbilar-monlar o’yini;
Auktsion

Turli ob’ektlarga tavsif berish, ularni taqqoslash imkoniyati bo’lganda

Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida o’quvchlarning dunyoqarashini kengay-tirish, kasbga yo’llash

Auktsionda ishtirok etish orqali yangi mavzuni o’zlashtirish

Konferen-tsiya

Fanning turli sohalariga oid bilimlar mujassamlashgan va qo’lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish imkoniyati bo’lganda

Qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, kasbga yo’llash

«Olimlar» maqomini olib, muayyan mavzularda izlanishlar olib borish

Matbuot konferen-tsiyasi

Fanning turli sohalarini qamrab olgan, o’quvchlarning avval o’zlashtirgan bilimlaridan foydalanish lozim bo’lganda

Qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash

«Olimlar» va «Muxbirlar» maqomini olib mavzuni o’zlash-tirish

O’qituvchi-pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishga qizg’in tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:
1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo’lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular o’yin davomida hal qilinishi;
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi;
4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
5. Mashg’ulotlar davomida didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konferentsiya mashg’ulotlari ham muhim o’rin tutadi.
Konferentsiya mashg’ulotlari o’quvchlarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni o’tkazishdan 1 hafta oldin mashg’ulot mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg’ulotda «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchlarning ixtiyorida bo’ladi. Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan o’quvchlarni tanishtiradi.
II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.
III. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va guruhdagi boshqa o’quvchlar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
IV. Ilmiy konferentsiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g’oyalarni ta’kidlab, darsni yakunlaydi.
V. O’quvchlarni baholash. Mashg’ulotda faol ishtirok etgan o’quvchlar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
«Kasb ta’limi metodlari» mavzusida o’tkaziladigan ilmiy konferentsiya mashg’uloti quyidagi loyiha bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
Mavzu: «Kasb ta’limi metodlari».
Mashg’ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O’quvchlarni mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
Bu mashg’ulotni o’tishdan bir hafta oldin o’quvchlarni 4ta guruhga ajratamiz va ularga pedagogika fani sohasida faoliyat ko’rsatayotgan «Olimlar» maqomini beramiz.
III. Yangi mavzuni o’rganish: O’quvchlar guruhi o’z mutaxassisliklariga tegishli bo’lgan quyidagi mavzulardan biri bo’yicha ma’ruza tayyorlaydi.
1. Kasb ta’limi metodlari va ularning tavsifnomasi.
2. Reproduktiv va muammoli izlanish metodlari.
3. Ishlab chiqarish jarayonida interfaol metodlar.
Har bir yo’nalish bo’yicha «Olimlar» maqomini olgan o’quvchlar o’zlariga tegishli mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurollar asosida qo’shimcha materiallardan foydalangan holatda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, o’quvchlar o’rtasida bahs va munozara o’tkaziladi. Quyida didaktik o’yin texnologiyasining konferentsiya metodidan foydalanilgan mashg’ulotning texnologik xaritasi keltirilgan.

Texnologik
bosqichlar

 O’qituvchining faoliyati

Talabaning faoliyati

I bosqich.
Tashkiliy qism, 5-daqiqa.
II bosqich.
O’quvchlarning
bilish faoliyatini tashkil etish,
5-daqiqa.
III bosqich
Yangi mavzuni o’rganish,
60-daqiqa.
IV bosqich.
Natijani tahlil qilish va yakunlash,
10-daqiqa.

O’quvchlarni mashg’ulotning mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.
Bajariladigan o’quv topshiriqlari va ularning didaktik maqsadi bilan o’quvchlarni tanishtiradi.
O’quvchlardan «Olimlar» guruhlarini va ularning mustaqil ishlash jarayonini tashkil etadi.
O’quv materialining topshiriqlar yordamida mustaqil o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Har bir guruhning o’quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini tinglaydi.
Ma’ruza yakunida o’quvchlar bilan savol-javob, o’quv bahsi o’tkazadi.
O’quvchlar faoliyatini tahlil qiladi, ularga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarni beradi.

Mashg’ulotning mavzusi, maqsadi, borishi va bajarilishi kerak bo’lgan topshiriqlarni anglaydi.
Bajariladigan o’quv topshiriqlari yuzasidan ko’rgazmalar va didaktik maqsadni anglaydi.
O’quv faoliyatini tashkil etadilar, «Olimlar» guruhiga berilgan topshiriqlarni bajaradilar.
1-guruh
2-guruh
3-guruh
4-guruh
Har bir guruh o’quv materiali yuzasidan ma’ruzalar tayyorlaydi.
O’quvchlar bilan o’tkaziladigan savol-javob, bahs-munozarada faol ishtirok etadi.
O’quv faoliyati va erishilgan natijani tahlil qiladi va baholaydi.
Mustaqil ish va ijodiy topshiriqlarni oladi.

V. Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
V1. Uyga vazifa berish.
O’quvchlarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o’quvchlar o’zaro hamkorlikda avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini ijodiy qo’llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlar ijodiy o’yinlar deb ataladi. 
Ijodiy o’yinli mashg’ulotlardan «Geomertiya» fanini o’qitishda va «Pifagor teoremasi» mavzusini o’rganishda foydalanish mumkin. Bunda o’quvchlar teng sonli guruhlarga ajratiladi. Bu yerda har qaysi guruhi ijodiy izlanib, kelgusidagi ishlarini rejalashtirishga o’rganadilar. O’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni bajarib, dalil va isbotlar asosida o’z javoblarini bildiradilar.
Ijodiy o’yin mashg’ulotlarida guruhdagi barcha o’quvchlar hamkorlikda ishlaydilar, avvalgi mashg’ulotlarda o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llaydilar. Bu esa ularda o’z bilim va iqtidoriga nisbatan ishonch hissini uyg’otadi.
«Ta’lim muassasasini boshqarish» mavzusidagi didaktik o’yin texnologiyasining ijodiy o’yin metodidan foydalanilgan mashg’ulotning texnologik xaritasi



Texnologik
bosqichlar

 O’qituvchining faoliyati

Talabaning faoliyati

I bosqich.
Tashkiliy qism,
5-daqiqa.
II bosqich.
O’quvchlar-ning bilish
faoliyatini tashkil etish,
5-daqiqa.
III bosqich.
Yangi mavzuni o’rganish,
60-daqiqa.
IV bosqich.
Erishilgan natijani tahlil qilish va yakunlash,
10-daqiqa.

O’quvchlarni mashg’ulotning mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.
O’quv topshiriqlarining didaktik maqsadi bilan o’quvchlarni tanishtiradi.
O’quvchlardan «rahbarlar» guruhlarini va ularning mustaqil ishlash jarayonini tashkil etadi.
O’quv dasturidan o’rin olgan topshiriqlarni mustaqil o’zlashtirilishini ta’min-laydi.
«Rahbarlar» uchrashuvi guruhini tashkil etadi. Har bir o’quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini tinglaydi.
O’quvchlar faoliyatini tahlil qiladi, ularga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarni beradi.

Mashg’ulotning mavzusi, maqsadi, borishi va bajariladigan topshi-riqlarni anglaydi.
O’quv topshiriqlarining didaktik maqsadi yuzasidan ko’rsatmalarni anglaydi.
O’quv faoliyatini tashkil etadi. «Rahbarlar» guruhi berilgan topshiriqlarni bajaradilar.
1-guruh «O’MKHTB boshlig’i»
2-guruh «Mktab direktori»
3-guruh «Akademik litsey direktori»
«Rahbarlar» uchrashuvi guruhida ishtirok etadi. Har bir guruh o’quv materiali yuzasidan ma’ruzalar tayyorlaydi.
O’z o’quv faoliyati va erishilgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi.
Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini oladi.

Shunday qilib, didaktik o’yinli mashg’ulotlar orqali o’quvchi-o’quvchlar yangi kasblar bilan tanishadilar, egallagan bilimlarini iqtisodiyotning qaysi sohalarida qo’llash mumkinligini ko’rsatadilar, ushbu fanga bo’lgan qiziqishlari ortadi, qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil foydalanishga, o’z o’rtog’ining fikrini sabot va chidam bilan tinglashga, bilimlarini nazorat qilishga, o’z-o’zini baholashga o’rganadilar.
3.O’qitishning faol pedagogik texnologiyalari
O’qitishning an’anaviy va noan’anaviy usul va metodlari farq qilinadi. Ular mohiyatiga ko’ra faol va osoyishta turlarga ajratiladi. Ularning har biri o’z tarixi va shakllanish mexanizmiga ega. Bularning orasida uzoq yillar davomida sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan va yuksak pedagogik samara beradiganlari juda ko’p. Insoniyat o’zini va atrof-muhitni anglab yetishi jarayonida ta’lim va tarbiya uchun asqotadigan xilma-xil texnologiyalarni yaratgan. Ularning aniq son va sifatini hech kim aniq belgilay olmaydi. Bunga hozirgi davrda mavjud bo’lgan turli davlatlarning ta’lim tizimlarida amal qilinayotgan turfa pedagogik texnologiyalar misol bo’la oladi. Gap ularning qaysi biridan kim qanday samara bilan foydalanishidadir. Katta samara bermaydigan yoki o’zini oqlay olmagan texnologiyalar kun tartibidan tushib qolaveradi va ular insoniyat sivilizatsiyasining tarixiy “sandig’iga” jamlanib boraveradi.
Har qanday o’quv fani, ma’lumki, quyidagi komponentlarni o’zida jamlaydi:
- kursning davomliligi (muddati);
- o’qitishning maqsad va vazifalari;
- o’qitishning mazmuni;
- maqsadli guruhning tashkil etilishi;
- o’qitish jarayoni;
- o’qitish metodikasi;
- o’quv quvvati;
- baholash.
O’qitishning mazmuni o’quv birligining davomiyligi va o’zlashtirish darajasi orasidagi uzviy bog’lanishning grafigi tarzida ifodalanishi mumkin. Bunda uch toifadagi o’zlashtirish darajalari farq qilinadi va ular majburiy (past), zaruriy (o’rtacha) va maqsadga muvofiq (eng yuqori) ko’rsatkichlarga ega bo’ladilar.
Har qanday pedagogik texnologiya qo’llanilishida didaktikaning asosiy va yordamchi tamoyillari (printsiplari), albatta, amal qiladi:
- ma’lumdan noma’lumga;
- oddiydan qiyinga yoki murakkabga;
- aniqdan mavhumroqqa (abstraktga);
- kuzatishdan nazariy umumlashmalarga;
- umumiy yoki odatdagidan xususiyga yoki noodatdagiga va boshqalar.
Ayrim faol pedagogik texnologiyalar tavsifi haqida ma’lumotlar keltirilganda ularning qiyosiy bahosi oydinlashadi.
Ma’ruza o’qitishning eng keng tarqalgan shakli bo’lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o’rinni egallaydi. U o’qituvchi mehnatining oliy shakli darajasida e’tirof etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko’rinishi, deb ham ataladi. Bunda o’qituvchining faolligi va tinglovchilarning nofaolligi ko’zda tutiladi. Biroq munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo’lishiga erishish mumkin.
Iqtisodiyot o’quv predmetlarini, odatda, ko’proq ma’ruzalar tarzida bayon etiladi. CHunki bunday kurslar ko’proq nazariy yoki umumlashtiruvchi xarakterga tabiatan ega bo’ladilar. Pedagogik terminologiya nuqtai nazaridan ularni bilish, aqliy umumlashtirish mashg’ulotlari deb hisoblash mumkin. Bunda metodikaning barcha boshqa metodlari kamroq samarali bo’lib qoladilar. Ma’ruzani tashkil etish paytida o’qituvchi o’quv predmetining eng muhim jihatlarini alohida ta’kidlash evaziga muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Ma’ruzada tinglovchilar boshqa samarali metodlar bilan o’qitilgandagi kabi tayyorgarlik (bilim) oladilar. Faol metodika yordamida o’qilgan ma’ruzalar davomida tinglovchilarni faollashtirish evaziga o’qitish jarayonining teng huquqli ishtirokchilariga aylantirish mumkin. Bunda o’quv materiali tez va soz o’zlashtiriladi.
Ma’ruzani faol tadbirga aylantirish uchun uning mavzusi va tuzilmasi orasidagi bog’lanishning yechimini topish zarur bo’ladi. Ma’ruzalar o’quv predmetining bosh masalasi ko’nikma hosil qilish emas, balki bilim o’zlashtirish bo’lganidagina samara beradi. O’qitishning barcha mavjud masalalarini uch guruhga ajratish mumkin:
- bilimlar;
- ko’nikmalar;
- ko’rsatmalar.
O’qitish masalalaridan kelib chiqqan holda uning metodi tanlanadi. Agar ta’lim jarayonida tavsiflash, yodga tushirish, sanab o’tish, kategoriyalar bo’yicha taqsimlash, ta’riflar keltirish, baholash va tushuntirish kabi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi lozim bo’lsa, albatta, ma’ruza shaklidagi o’quv mashg’ulotlari tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Hayot bilan, kundalik turmush bilan, muhim voqealar bilan aloqadorlikda bayon etilgan ma’ruza materiali oson o’zlashtiriladi. Suzishni yoki avtomobilь boshqarishni ma’ruza mashg’uloti yordamida o’rgatib bo’lmasligi ravshan. SHu boisdan, uquv va ko’nikma hamda malaka egallanishi birinchi o’rinda turadigan faoliyatda ma’ruzaning tutgan o’rni juda kichikdir. Nazariy bilimlar va dunyoqarash ahamiyatiga ega bo’lgan ma’lumotlar ma’ruza yordamida berilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma’ruza davomida o’qituvchining xatti-harakatlari, imo-ishoralari, nutq komponentlari muhim rolь o’ynaydi. Ma’ruzachi auditoriya bilan yaxshi aloqa o’rnatishi uchun uning dinamik siljib turishi tavsiya etiladi. Ovoz ohangining o’zgarishi va o’rinli pauzalar ham yordamchi omillarga aylanadi. Bayon mo’’tadilligining o’zgarishi, o’rinli kalimalarning galma-gallanishi, qiziqarli ma’lumotlarning bezak tarzida ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Ma’ruzaning to’laqonliligi ko’rgazmali vositalardan qay darajada foydalanilishiga ham bog’liqdir. Rasmlar, jadvallar, plakatlar, diagrammalar, moddiy ob’ektlar va AKTning turli elementlaridan o’rinli foydalanish ma’ruzaning ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi quvvatini oshiradi.
Har qanday ma’ruza tarkiban uch qismdan iborat bo’ladi:
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa.
Ma’ruza turlari pedagogning mahoratiga bog’liq ravishda turfa ko’rinishlar va mazmunga ega bo’ladi. Ma’ruzaning pedagogik samarasi o’qitishning barcha tashkiliy shakllariga qiyoslanganda eng yuqori bo’ladi.
Munozara. Ko’pchilik o’quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim standaritlari, o’qitish dasturlari, o’quv rejasi va ta’lim muassasasining o’ziga xosligiga bog’liq ravishda hamda tinglovchilar (bilim oluvchilar) kontingenti bilan aloqadorlikda munozara tarzidagi o’quv mashg’ulotlarini taqozo etadi. Birinchilan, tinglovchilar faolligi ta’minlanadi. Ikkinchidan, shubhali vaziyatlarga o’rin qoldirilmaydi. Uchinchidan, bilim oluvchilarning istak-xohishlari to’la qondiriladi. Eng muhimi, bunday sharoitda o’quv materiali to’la-to’kis o’zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko’rinish va mazmunda bo’ladi. Ko’rsatma va ta’kidlarning ishonchliligi yuqori darajada bo’ladi.
Munozara ikki turli bo’ladi:
- boshqariladigan;
- erkin munozara.
Boshqariladigan munozarada o’qituvchining ishtiroki sezilarli darajada bo’ladi, lekin bu ishtirok uning o’quv jarayonidagi hakamlik mavqeidan oshib ketmasligi lozim. Erkin munozara esa bilim beruvchi va oluvchilarning demokratik tarzdagi ishtiroki bilan o’tkaziladi. Bu har ikki turdagi munozaralarda o’quv haqiqati birinchi o’rinda turadi. Ilmiy bilimlar jonli mushohada, abstrakt tafakkur orqali nisbiy va absolyut haqiqat yo’li bilan qo’lga qiritilishini hisobga olinsa, bilish jarayonining taraqqiyotini belgilovchi tushuncha, kategoriya, faraz, xulosa, qoida, nazariya, qonun va qonuniyatlar munozara davomida mazmunan buzilmasligi muhimdir.
Munozaraning natijasini o’qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda oraliq jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy bilish nazariyasiga zid kelmasligi o’qituvchining kasbiy salohiyati bilan ta’minlanadi.
Erkin munozarani anarxiyaga aylantirmaslik-eng muhim pedagogik vazifadir. Uning o’quv qimmatini boshqariladigan munozaradan kamroq baholab bo’lmaydi.
Munozara mashg’ulotlari uchun quyidagi shartlarning bajarilishi muhimdir:
- reglamentga rioya qilish;
- boshlashdan oldin chuqur fikriy tahlil qilish;
- ishtirokchilarning maksimal miqdordagi sonini qo’lga kiritish;
- o’qituvchining o’quvchilariga nisbatan hukmron bo’lmasligi.
Passiv o’quvchilarning ishtirokini ta’minlash-aksariyat o’qituvchilar uchun amalda bajarib bo’lmaydigan jarayondir. Ularni jonlantirish uchun:
- savollar beriladi;
- har bir shaxsning xususiy fikri so’raladi;
- to’g’ri javoblar rag’batlantiriladi;
- noto’g’ri javoblar va xatolar to’g’rilanadi va to’ldiriladi.
Munozaraning muvaffaqiyati o’quvchilarning qiziqishi, bilimi, ahilligi, hur fikrliligi va jamoadagi sog’lom pedagogik-psixologik muhitga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Guruhiy ish. Bu so’nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o’qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta ham ma’lumot yoki kasb guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli (4-6 nafar) o’quvchilarning qandaydir muhim o’quv tadbirida ishtirok etishi va ularning hamkorlikdagi faoliyati bunday mashg’ulotning samarasini belgilaydi. Bajarilish darajasi va uning sifatini o’qituvchi nazorat qiladi. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi ya’ni galma-gallanishi lozim. Guruhlar bir jinsli (o’g’il bolalar, erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki jinsli (har ikki jins vakillaridan iborat) bo’lishi mumkin. Ta’lim yo’nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi.
Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o’quv mebellarini talab qiladi. O’qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo’lishi lozimligi ham qiyinchilik tug’diradi. 
Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo’yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallari o’zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo’l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi. O’quv materiali guruxlarga alohida-alohida bo’lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Yechimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa o’qituvchi bosh hakam tarzida so’nggi va hal qiluvchi so’zni aytadi. O’quv materialining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi bunda o’ta muhim omildir.
Muammoli topshiriqlar o’qituvchidan katta va qiyin mehnatni talab qiladi. SHu boisdan, ularning sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan variantlarini topish va qo’llash murakkab jarayondir.
Loyihaviy topshiriqlar. Biror o’quv materialini atroflicha va chuqur o’rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O’rganish, tahlil qilish, baholash, xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbirni o’tkazish uchun bazaviy va boshlang’ich tayanch ma’lumotlar talab qilinadi. O’quv predmetini o’zlashtirishning bosqichlarida davriy ravishda tatbiq qilinadi. Bunday topshiriqlar o’quv ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari yetaklaydi.
Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi, mavzuning muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma’lumotlar yig’indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo’ladi.
Rolli o’yinlar (ishchanlik yoki ishbilarmonlik o’yinlari). Bunday o’yinlar muammoli topshiriqlarning bir ko’rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday mashg’ulotlarning asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik, ijodkorlik, artistizm, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlarni namoyish qilishga keng imkon beradi. O’qituvchi har bir o’quvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi juda muhimdir. Birinchi va ikkinchi darajali ishtirokchilar bo’lmasligini ta’minlash ham talab qilinadi. O’quv mashg’uloti hayotdagi aniq vaziyatga ko’proq yaqinlashadi.
Yorib o’tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi. Bu texnologiya menejerlarni qayta tayyorlash o’qishlaridan iborat bo’lib, uning maqsadi har bir odamda mavjud bo’lgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan bo’g’ib qo’yilgan) qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo sifatida yechish uchun kundalik izlanishlarga aynan uyg’otish hisoblanadi.
Bu kurslar tinglovchining fikrlashi va hulqidagi shaxsiy stereotiplarni bartaraf qilish, o’z imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha yechish yo’llarini ko’ra olishlarini faollashtirish va o’zgartirish bo’yicha ishlab chiqilgan ko’p sonli mashg’ulotlardan iborat.
Bu kurslarning afzal jihatlari-inson omilini ishga solishga qaratilgan bo’lib, maxsus mablag’lar sarflashni talab qilmaydi, erishilgan samara so’nib qolmaydi, ya’ni olingan samara yangi shakl va mazmunda hamda sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan takror va takror samara olinishini ta’minlaydi. Bu texnologiya alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil bo’lgan favqulodda holatlardan noan’anaviy chiqish yo’llarini izlashga ham qaratilganligi bilan farqlanadi. Bunday yo’nalishdagi 50 dan ortiq kurslar va seminarlar AQSHning yuzga yaqin shaharlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarining yuzdan ziyod shaharlarida tashkil etilgan va ular muntazam faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu kurslarning tinglovchilari soni 60 ming nafar atrofidadir.
«Vakolatli ta’lim» texnologiyasi. Ushbu texnologiya 1995 yilda AQSHda “Ayollar yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan bo’lib, ta’limning xalqaro texnologiyasi sifatida 1997 yildan boshlab Ukrainada shakllandi va keyinchalik Ozarbajon, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Litva, Moldova, Tojikiston hamda O’zbekistonga tarqaldi. 2002 yilda Afg’oniston, Birma va Indoneziyada tegishli treninglar tashkil etildi. Hozirgi paytda dunyoning turli mamlakatlarida bu texnologiyaning shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom etmoqda.
Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar quyidagicha t’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim-genderlik adolati va zo’ravonliklarsiz munosabatlar asosida tashkil etiladigan o’quv jarayoni bo’lib, u bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo’li bilan guruhning o’z-o’zini tashkil qilish ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini beradi”.
Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta’limga nisbatan umumiy yondashuvlarga ega. O’zaro faoliyatda ular bir-birini boyitadi va kuchaytiradi. 
Vakolatlash ta’limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul hisoblanadi:
tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o’quv reja (ayrim o’quv fani, integrativ kurslar yoki ularning tarkibiy mavzulari);
rasmiylashtirilgan o’quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan va rasmiy reja bilan bog’langan darsdan tashqari ishlar-ularning sinfdan va maktabdan tashqari turlari farq qilinadi);
norasmiy o’quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg’ulotlar tashkil qilish va ularni ta’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish).
“Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg’ulotlar alohida tayyorgarlikdan o’tgan o’qituvchi-trenerlar tomonidan tashkil etiladigan va o’tkaziladigan treninglar tarzida amalga oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan va ma’lum yo’nalishda ta’lim berish (rahbarlik qilish) hamda mashqlar bajarish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener deyiladi.
Rolli o’yinlar (ishchanlik yoki ishbilarmonlik o’yinlari). Bunday o’yinlar muammoli topshiriqlarning bir ko’rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday mashg’ulotlarning asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik, ijodkorlik, artistizm, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlarni namoyish qilishga keng imkon beradi. O’qituvchi har bir o’quvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi juda muhimdir. Birinchi va ikkinchi darajali ishtirokchilar bo’lmasligini ta’minlash ham talab qilinadi. O’quv mashg’uloti hayotdagi aniq vaziyatga ko’proq yaqinlashadi.
3. Muammoli ta'lim tеxnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo’g’ini muammoli ta’lim yo’nalishi sanaladi.
Muammo
grekcha πρόβλημα. so’z bo’lib, keng ma'noda o'rganish, hal qilishni talab qiladigan murakkab nazariy yoki amaliy savoldir; fanda - har qanday hodisalarni, ob'ektlarni jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar ko'rinishida ishlaydigan va uni hal etish uchun etarli nazariyani talab qiladigan qarama
qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar tushunadigan tarzda shakllantirilgan: "Men nimani bilaman, qanday ekanligini bilmayman", ya'ni nimaga erishish kerak
ligi ma'lum, ammo buni qanday amalga oshirish noma'lum .
Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin. 
Muammoli ta’lim texnologiyalari – o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.
Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli vaziyat yaratish usullari:
O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntirish va uni yechish yo’lini topishni taklif qilish;
Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish;
Hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni taklif etish.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
O’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi;
O’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi;
O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar:
Muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish;
Solishtirish, umumlashtirish;
Dalillarni aniqlash va qo’llash;
Vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish;
O’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim bosqichlari: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali).
Muammoni hal etish bosqichlari:
1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi.
2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya yotadi.
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega.
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2. Muammoning qo’yilishi.
3. Muammoning yechimini topish.
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi.
Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli o’qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o’quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi.
Bunda:
• nostandart masalalarni tuzish bo’yicha;
• shakllantirilmagan savol bilan;
• ortiqcha ma’lumotlar bilan;
• o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
• yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish;
• olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
• hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash;
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi Muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir.
2.2Matematika darslarida muammoli ta’lim.
Og`zaki ko`rsatmalik ta’lim jarayonida o`quvchilar o`qituvchining tushuntirishi orqali bilimlarni ongli ravishda o`zlashtiradilar hamda ularni amalda qo`llash malakalari hosil bo`ladi.
Asta-sekin uzluksiz ta’limning mazmuni tubdan o`zgartirildi, ya’ni matematika ta’limni maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha takomillashgan izohli-illyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-illyustrativ ta’limda o`rganilayotgan ob’ekt mohiyati izohlanadi, hayotiy dalillar bilan bog`lanadi hamda o`qituvchining ana shu o`rganilayotgan ob’ektga nisbatan ko`rsatadigan misol va xilma-xil ko`rgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi bilan yakunlanadi.
Izohli-illyustrativ ta’limda o`qituvchi dalillarni o`zi bayon qilib beradi, o`zi ularni tahlil qiladi va yangi tushunchalarning mohiyatini tushuntiradi, ya’ni teorema, qoida va qonunlarni o`zi ta’riflaydi.
Izohli-illyustrativ ta’lim metodi umumta’limiy maktablarimizda qo`llanish darajasiga nisbatan an’anaga aylandi va hozirda ham qo`llanilmoqda. Hozirgi zamon ilmiy-texnika revolyusiyasi davrida izohli-illyustrativ ta’lim metodi o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi, ularni o`rganilayotgan mavzu materialini puxta bilishlariga bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantira olmaydi hamda fanga bo`lgan qiziqishlarini yuqori darajada shakllantira olmaydi. Shuning uchun maktablarimizda ta’lim jarayonini jadallashtirish g`oyasi keng tarqalib, ta’limning yangi metodi - muammoli ta’lim metodi qo’llanila boshladi.
Ta’lim metodlarining turini aniqlash o`quv jarayonini tashkil qilish prinsiplarini o`zigagina emas, balki aqliy faoliyat xarakteriga ham bog`liqdir, bu esa o`z navbatida fikrlashning reproduktiv va produktiv turlarini o`zaro qo`shib olib borish bilan belgilanadi. Izohli-illyustrativ ta’lim jarayonida barcha bilimlar, ko`nikmalar va malakalar o`zlashtirishning reproduktiv metodi asosida amalga oshiriladi, ya’ni o`quvchilar fanning tayyor natijalarini, tayyor faoliyat usullarini o`zlashtiradilar, bu esa ularda xotira va reproduktiv fikrlash malakalarini shakllantiradi. Faqatgina produktiv ijodiy fikrlash malakalari o`rganilgan nazariy mavzu materialiga bog`liq bo`lgan masala yoki misollarni yechish davomida egallanadi, xolos. Birok reproduktiv fikrlash natijasida to`plangan ma’lum hajmdagi bilim va malakalar o`quvchilarning mustaqil bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli bo`lmaydi. Shuning uchun ham ta’limni jadallashtirish g`oyasini turli yo`nalishlari turli olimlar (M.A.Bankov, M.A.Danilov, M.Maxmutov, Yu.K.Babanskiy va boshqalar) tomonidan eksperiment qilinib ko`rildi va nazariy jihatidan isbotlandi.
O`tkazilgan eksperiment va kuzatishlar natijasida ta’lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatlarini jadallashtirish hamda ularning intellektual imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish umumiy qonuniyatlari ishlab chiqildi. Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat:
1. O`rganilayotgan mavzu materiallari yuzasidan muammoli savollar sistemasini tuzish.
2. Tuzilgan muammoli savollar sistemasi aoosida suhbat metodi orqali tushuntiriladigan mavzu materialini o`rgatish va uning tub mohiyatini ochib berish.
3. Muammoli savollar asosida izlanish xarakteridagi o`quv vazifalarini qo`yish.
Yuqoridagi bosqichlar asosida o`quv materiali tushuntirilganda o`quvchilar o`zlari darrov tushunib yetmaydigan dalil va tushunchalarga duch keladilar, natijada o`rganilayotgan mavzu materiali bilan o`quvchilar orasida muammoli vaziyat hosil bo`ladi.
T a ‘ r i f. O`rganilayotgan ob’ekt (bilishga doir nazariy material yoki masala) bilan o`rganuvchi sub’ekt (o`quvchi) orasidagi o`zaro harakatlarning o`ziga xos bo`lgan turiga muammoli vaziyat deyiladi.
Muammoli vaziyat - bu o`quvchilarni o`rganilayotgan mavzu materialidagi dalil va tushunchalarning qanday hosil bo`lishini bilmaslikdan ham ana shu mavzu materialining tub mohiyatini olib beruvchi matematik tushuncha, aksioma va teoremalarni o`rganilayotgan mavzu materialiga tadbiq qila olmaslik paytida vujudga keladigan intellektual qiynalishdir.
Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o`quvchilarning tez fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida o`quv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy g`oyasini belgilab beradi. Muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi o`quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o`quvchilar tomonidan muammoli vaziyatlarni mustaqil xal qila bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.
T a ‘ r i f. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni muammoli ta’lim deyiladi.
Yuqoridagi mulohazalardan muammoli ta’lim nazariyasi o`quvchi intellektual imkoniyatlarini ochib beruvchi rivojlantiruvchi xarakterdagi ta’lim tashkil kilishning psixologik, pedagogik yo`llari va usullarini tushuntiradigan ta’lim jarayoni ekanligi ko`rinadi.
Muammoli ta’limda o`qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab tushunchalar mazmunini tushuntira borib o`rganilayotgan mavzu materiali bilan o`quvchilar orasida muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga keltiradi, o`quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada o`quvchilar bu faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar, tushuncha, qoida va teoremalarni o`qituvchi yordamida aniqlab ifoda qilinishi yoki ma’lum bilimlarni yangi vaziyatlarda qo`llanishini o`rganadilar, natijada o`quvchilarda aqliy operatsiya va bilimlarni amaliyotda qo`llanish malakalari shakllanadi.
Maktab matematika kursida o`rganiladigan nazariy mavzu materiallari masala va misollarni ularning mazmuniga ko`ra muammoli va muammoli bo`lmagan turlarga ajratish mumkin.
Agar o`rganilayotgan mavzu materialidagi masala va misollari yechish jarayoni o`quvchilar uchun yangi matematik tushuncha, daili va qoidalarni o`z ichiga olgan bo`lib, avvalgi usul bilan yechish mumkin bo`lmasa-yu, yechishning yangi usullari talab etilsa, u holda bunday masala yoki misol mazmunan muammolidir, aksincha, shunday masala yoki misollar o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga yechish uchun berilishi mumkinki, bunday masala va misollar o`quvchilar uchun muammoli bo`lmay qoladi, chunki ular masala va misol yechilishining yangi usullarini mustaqil izlanmasdan, o`qituvchining tushuntirishiga qarab o`zlashtirib oladilar, berilgan masala yoki misol faqatgina koeffitsientlari bilan avvalgilaridan farq qiladigan darajada bo`ladi.
1-misol. Masalan, boshlang`ich sinf o`quvchilariga quyidagi misollarni berish mumkin:

Download 392.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling