Soʻz turkumlari tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning maye


Download 40.91 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi40.91 Kb.
#1023574
Bog'liq
Soʻz turkumlari


Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining, oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiggplarining, sintaktik h b k

umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmaganS. t. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, tatslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.

Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan St. ga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Mas, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.

Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.

Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-asrda Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.

So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik — grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.


Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.

Aniq, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar maʼnosiga koʻra, atoqli va turdosh otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.

Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.

Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida hosil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. Otning takroriy shakli koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor gʻalla.

Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig’ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).

Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.

Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, OʻzME kabi.

Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.


Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rang-tus, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va sh.k.ga koʻra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va boshqa Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa

Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. Sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Mas, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang, balosi yuqar.


Son (tilshunoslikda) —1) mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son gʻam sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga kura belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qoʻllanib, bir necha predmetlarningyigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, miqdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi.
Sonlar maʼno xususiyatiga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor Sonlar predmetning miqdori, sanogʻiga koʻra belgisini koʻrsatadi. Oʻzbek tilida miqdor Slar 6 turga boʻlinadi: sanoq S, dona S, chama S, jamlovchi S, taqsim Son va kasr Son Sanoq Son — predmetning sanogʻini bildiruvchi miqdor Son turi (bir, ikki, oʻn, yuz). Dona Son — predmetning miqdorini donalab koʻrsatuvchi miqdor Son Bunday Sonlar sanoq Son ga ta qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirkta daftar). Predmetlarni donalab koʻrsatishda Sonlar juft, metr, nusxa, nafar, bosh, tup kabi hisob (numerativ) soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: bir juft qoʻshiq, ikki metr atlas, besh tup oʻrik va boshqa Chama Son predmetning noaniq miqdorini, taxminan hisobini koʻrsatadi. Miqdor Sonning bu turi 2 usul bilan: sanoq Songa tacha, lab, larcha affikslaridan birini qoʻshish (oʻntacha, oʻnlab, oʻnlarcha) va turli Sonlarni juftlash yoki ayrim soʻzlar bilan birga qoʻllash [birikki kun, oʻnoʻn ikki yashar bola, besh oylar chamasi avval, oʻttizga yaqin (qariyb oʻttizta) uy buzildi] orqali hosil qilinadi. Jamlovchi Son bir turdagi predmetlarning yigʻindisini ifodalaydi, ularni jamlab koʻrsatadi; sanoq Songa ov, ala affiks larini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshov, oltov; uchala, toʻrtala). Taqsim Son predmet miqdorini teng qismlarga taqsimlash, guruqlash yoʻli bilan bildiradi va sanoq Songa tadan affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi (beshtadan boʻlib kelmoq, toʻrttadan qalam ushlamoq). Kasr S butunning qismlarini bildiradi va, odatda, sanoq Sonning chiqish va bosh kelishik shaklidagi birikmasi orqali ifodalanadi: uchdan ikki ( t ), oʻndan bir ( h ). Yarim (yorti), chorak, nimchorak soʻzlari ham kasr Sonlardir. Tartib Son predmetning anik, miqdorini, ketma-ketligini ifodalaydi. Ular sifatlarga yaqin boʻlib, ular kabi predmet belgisini bildiradi; sanoq Sonlarga —(i)nchi (baʼzan lamchi) affiksining qoʻshilishidan hosil boʻladi: birinchi, ikkinchi, oʻninchi; birlamchi, ikkilamchi.
Tuzilishiga kura, Sonlar 4 turga boʻlinadi: sodda Son — birgina soʻzdan ifodalanadi: bir, oʻn, ellik, ming; murakkab Son — ikki yoki undan ortiq oʻzakning birikuvidan hosil boʻladi: oʻn ikki, qirq besh, bir yuz ellik olti, ikki ming toʻrtinchi; juft Son — birdan ortiq Sonning nisbiy teng bogʻlanishi asosida tashkil topadi va taxminan miqdorni bildiradi: besholti kishi, oʻnoʻn besh kun, ellikoltmish xonadon; takroriy Son — bir xil oʻzaklarning aynan takrorlanishidan hosil boʻladi va jamlash yoki taqsimlash maʼnolarini ifodalaydi: birbir aytib chikdi, beshtabeshta boʻlib saflanmoq, kitobni oʻntaoʻnta qilib taxlamoq.

Tarkibiy qismlarining birikish usuli va bildiradigan maʼnosiga koʻra, Sonning 2 turi farqlanadi: koʻpaytma Son — qismlari bildirgan miqdorning koʻpaytmasidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi murakkab S: besh ming (5x1000), uch yuz (3x100), uch million (Zx1000000); qoʻshilma Son — qismlari bildirgan miqdorning yigʻindisidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi S: oʻn sakkiz (10+8), yetmish besh (70+5) va shu kabi Sonlar gapda, asosan, aniqlovchi, oʻrniga qarab boshqa barcha ran boʻlaklari vazifasida kela oladi; 2) grammatik miqdor maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi; Son kategoriyasi. Oʻzbek tilida Son kategoriyasining 2 turi mavjud: birlik Son — bir turdagi narsabuyumlardan bittasini (oʻquvchi, daftar, daraxt); predmetning bir (yakka) shaxsga tegishliligini (ukam, daftaring, qalami); olmoshlarda shaxsning yakkaligini (men, sen, u); feʼllarda harakatni bir (yakka) shaxs bajarishini (oldim, kelding, koʻraman, oʻqiysan, boradi) bildiradi; koʻplik Son — predmetning birdan ortikdigini, koʻpligini, uning birdan ortiq (koʻp) shaxsga tegishliligini (kitoblar, daraxtlar; kitobimiz, maktabingiz, uylari); olmoshlarda shaxsning birdan ortiq (koʻp)ligini (biz, siz, bizlar, ular); feʼllarda harakatni birdan ortiq shaxs bajarishini (bordik, borganmiz, boramiz; ishlasak, ishlasangiz) bildiradi. Otlarda birlik Sonni koʻrsatadigan maxsus qoʻshimcha yoʻq, koʻplik Son esa lar affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Koʻp tillarda birlik Son koʻplik Songa qaramaqarshi qoʻyiladi. Biroq ayrim tillarda (som tillarida, Avstraliya va Amerikaning mahalliy tillarida) ikkilik S, baʼzan uchlik Son gʻam uchraydi.


Olmosh (lotincha: pronomen) — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmoshlarning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi. Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (Olmosh - ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (Olmosh - sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan miqdor (Olmosh - son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmoshlarga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi: kishilik Olmoshlari — men, sen, u, biz , ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi, oʻzlik Olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi; koʻrsatish Olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi; soʻroq Olmosh — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi; belgilash-jamlash Olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi; boʻlishsizlik Olmosh — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi.
Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada “harakat” soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqa

Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil Feʼllar, yordamchi Feʼllar. Mustaqil Feʼllar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k. (qarang Soʻz turkumlari). Yordamchi Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi Feʼllar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi); 2) Feʼlning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar (bular, odatda, “koʻmakchi Feʼllar” deb yuritiladi). Feʼlning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi Feʼllar. Mac, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.


Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi Feʼllardan farklanuvchi “toʻliqsiz Feʼl” (lugʻaviy maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi Feʼl)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.

Feʼl turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega (qarang Soʻz yasalishi, Shakl yasalishi). Yasama Feʼllar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi Feʼllari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.

Feʼllar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi Feʼlning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida Feʼlning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxsson kategoriyasi.

Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat bosh nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqa Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida yasaladi va harakatning subʼyektning oʻziga obʼyekt sifatida karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t affikslari yerdamida yasaladi va obʼyektsiz Feʼlni obʼyektiv Feʼlga aylantiradi, obʼyektli Feʼldan yasalganda esa unga yana obʼyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va boshqa Majhul nisbat shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki obʼyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obʼyektsiz (oʻtimsiz) Feʼllardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqa Birgalik nisbati sh affiksi yerdamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obʼyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishli Feʼlning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz Feʼl shakli esa ma affiksi yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor) maʼnosi “yoʻq” soʻzi va “emas” toʻliqsiz Feʼli bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.


Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruqistak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi: borsam, borsang, kursa kabi; 3) shartli mayl — bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a)r edi, maye edi yerdamida yasaladi va bu shakldagi Feʼl bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas eding; 4) maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yerdamida yasaladi va harakatni bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi: soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman, aytmoqchi emasman; 5) ijro mayli — harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman, oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan, koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra Feʼlning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa

Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3 shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs, koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).

Oʻzbek tilida Feʼlni maʼlum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang), harakat nomi (q) shakllaridir.

Bulardan tashqari Feʼlning turli modal maʼno, takror maʼnosi va boshqa maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor. Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol, ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq, qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa

Feʼllar qanday grammatik shaklda qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qoʻllanganda — kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida; harakat nomi shaklida esa ot turkumiga oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravish lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravish lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.

Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi; 3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi; 4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).

Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.

Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.



Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:
Ko‘makchi;
Bog‘lovchi;
yuklama.
Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham, mustaqil so‘z-gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la olmasligi, ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga o‘xshashdir. Shuning uchun ham undov, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida — alohida turkumni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
Koʻmakchi — yordamchi soʻzlarning bir turi. Gapda ot yoki otlashgan soʻzlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. K. aslida mustaqil soʻzlardan hosil boʻlgan. Shunga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: 1) sof (asl) K.; 2) funksional K. (koʻmakchi vazifasida qoʻllanuvchi soʻzlar). Sof K. mustaqil lugʻaviy maʼnolarini batamom yoʻqotgan yordamchi soʻz boʻlib, boshqa soʻzlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi: sayin, orqali, tufayli, yangligʻ, bilan va boshqa Funksional K. mustaqil maʼnoli soʻzlar boʻlib, maʼlum oʻrinlardagina koʻmakchi sifatida qoʻllanadi. Funksioval K.ning morfologik shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlari: 1) ot K. (tomon, yon, oʻrta va boshqalar); 2) sifat K. (boshqa, qarshi, tashqari va boshqalar); 3) feʼl K. (koʻra, qarab, buylab va boshqalar); 4) ravish K. (burun, avval, ilgari va boshqalar).
Ot, va otlashgan so’zlardan keyin kelib, ularni boshqa so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog’laydigan yordamchi so’zlar ko’makchi deyiladi: O’z qo’li bilan to’g’riladi. Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.
Ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sof ko’makchilar lug’aviy ma’nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig’. Bunday ko’makchilar urg’u olmaydi, urg’u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi (22; 61).
2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar (22; 63) gapda o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan ko’makchi bo’lib keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi:
1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda;
2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog’li, doir, muvofiq, o’zga, boshqa; 3) fe’ldan: qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;
4) ravishdan: avval, so’ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, binoan.
3. Ko’makchi-bohlovchilar bog’lovchi vazifasini ham bajaradigan ko’makchilar: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin o’tsin deb(deya), u ko’p mehnat qildi.
4. Ko’makchi otlar o’z lug’aviy ma’nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kelib, harakat bilan predmet o’rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlardir. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi: old, o’rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so’zdan keyin kelgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig’i ostida. Aks holda, ular o’rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vertikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.
2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;
3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.
1) bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:
Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko’makchisi birgalik, vosita, tez bosg’lanish, payt, ish-harakat ob’ekti, holat, maqsad ma’nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.
Uchun (qisqa shakli: -chun) ko’makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma’nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O’qimagani uchun bilmadi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.
D i q q a t ! -la, -chun shakllari o’zi bog’lanib kelgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo’llarim-la, Vatan-chun.
Uchun, bilan, kabi, singari ko’makchilari qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan ham qo’llanishi mumkin: shuning uchun, bunung kabi, shuning singari.

2. Ko’makchilar va kelishiklar


Ko’makchilar vazifasi jihatidan kelishiklarga o’xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi kelishik qo’shimchasi o’rnida yoki kelishik qo’shimchasi ko’makchi o’rnida almashib kelishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari o’rnida almashib kelishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib berdi - Borganini gapirib berdi. Biroq hamma vaqt ham ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi ishlatilavermaydi: Do’stiga yordamlashdi gapida jo’nalish kelishigi qo’shimchasi o’rnida ko’makchini qo’llab bo’lmaydi.

Bogʻlovchi (grammatikada) — yordamchi soʻz. Gap va gap boʻlaklarini bir-biriga bogʻlaydi. Bogʻlovchi ishlatilishiga koʻra, yakka Bogʻlovchilar („va“, „ammo“, „lekin“, „agar“, „chunki“, „uchun“ va boshqalar), takrorlanuvchi UYUSHIQ BÒLAKLAR („baʼzi“, „bir“, „goh“, „yo“ va boshqalar) ga boʻlinadi. Bogʻlovchi grammatik maʼno va vazifasiga koʻra, teng bogʻlovchi va ergashtiruvchi bogʻlovchilarga ajratiladi. Teng bogʻlovchilar „va“, „hamda“ — biriktiruv bogʻlovchilarga („bahor keldi va daraxtlar uygʻondi“); „ammo“, „lekin“, „birok“, „balki“ — zidlovchi bogʻlovchilarga („u ishga bordi, biroq ishlamadi“); „yo“, „yoki“, „yoxud“, „goh... goh“, „dam... dam“ — ayiruvchi bogʻlovchilarga („dam havo ochiladi, dam yomgʻir yogʻadi“); „na... na“ — inkor bogʻlovchilarga („na yomgʻir yogʻadi, na havo ochiladi“) boʻlinadi. Biriktiruvchi bogʻlovchining vazifasini „bilan“ koʻmakchisi, „ham“, „da“, „u“ („yu“) yuklamalari ham bajarishi mumkin. „U“ („yu“) yuklamasi zidlovchi bogʻlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi bogʻlovchi koʻpincha bosh gapga qoʻshilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʻlab keladi. Ular — „ki (m)“ — aniqlov bogʻlovchi („deydilarkim, oyda ham dogʻ bor“); „chunki“, „shuning uchun“, „negaki“, „toki“ — sabab va maqsad bogʻlovchi („keldi, shuning uchun quvondim“); „goʻyo“, „goʻyoki“ — chogʻishtiruv Bogʻlovchi („u tik agʻanadi, goʻyo ostidan kesilganday boʻldi“); „agar“, „basharti“, „garchi“ — shart va toʻsiqsizlik bogʻlovchi („agar kelsa, gaplashaman“)larga farqlanadi.


Gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gapning qismlarini bog‘laydigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplarni o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘ oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.)
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1. YAkka bog‘lovchilar. 2. Takroriy bog‘lovchilar.
YAkka bog‘lovchilar uyushgan bo‘laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo‘llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go‘yo, basharti, garchi, go‘yoki, holbuki, vaholanki.
Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o‘rtanmas Omon (H.O.) Bu gullarni Azizxon, go‘yo ona o‘z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol). Ahli majlis Otabekni ko‘klarga ko‘tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas va nimadandir g‘ijingandek ko‘rinar edi. (A.Qod.)
Takroriy bog‘lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari, shuningdek qo‘shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, ba’zan..., ba’zan, bir...,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go‘zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg‘ubor bo‘lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘ or ishni. (Cho‘lpon). Dam bobomga, dam uning o‘rtog‘iga tikilaman. (O.) Dadasi... erkatoy o‘g‘lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.)
Takroriy bog‘lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo‘llanishi mumkin, ham, ba’zan, bir so‘zlari esa yakka holda qo‘llansa bog‘lovchi bo‘la olmaydi. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo‘lgan yoki dunyodan ko‘z yumgan yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o‘zingiz uzasizmi? (S.Ahmad).
Bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) teng bog‘lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
1. Teng bog‘lovchilar
Teng bog‘lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo‘laklarini va gaplarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. (Stefan TSveyg). Agar so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.O.)
Teng bog‘lovchilar biriktiruv, zidlov va ayiruv bog‘lovchilariga bo‘linadi.
1) biriktiruv bog‘lovchilar guruhiga va, hamda, bilan, ham kabi so‘zlar kiradi. Bu bog‘lovchilar gapning uyushiq bo‘laklarini, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘laydi. Biriktiruv bog‘lovchisi va eng ko‘p qo‘llanadigan bog‘lovchidir. Bu bog‘lovchi:
1) gapning uyushiq bo‘laklarini bog‘laydi: Aqlli odam olimlar, fozillar va tadbirli xunarmandlarning suhbatlarida bo‘ladi, ulardan bahra oladi («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»);
2) qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashga xizmat qiladi va turli ma’no munosabatlarini ifodalaydi. Masalan: Hamid Rahmat bilan birga Otabekni Ziyo akanikiga taklif qilgali kelgani edi va biz ularni osh-suv qilib jo‘natgan edik. (A.Qod.)
Ham, hamda bog‘lovchilari ham gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun qo‘llanadi. Sultonmurod ham do‘st Zayniddin cheksiz quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi.
Ham so‘zi bog‘lovchi bo‘lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap bo‘laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko‘p ishlatiladi. Quyosh ham oltin to‘rlarini to‘kib, mag‘ rur ko‘tariladi (O.)
Biriktiruvchi bog‘lovchilari bilan ko‘makchisi, -da, -u(-yu) yuklamalari ham qo‘llanadi.
Bobom asta ko‘zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. (O.) Onayu bola – gulu lola. (Maqol). SHudgorda Jannatxola bilan Zebixon qoldi. (S.A.)
1) zidlov bog‘lovchilari guruhiga biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi so‘zlar kiradi. Bu bog‘lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘laklarni yoki gaplarni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Biroq, ammo, lekin bog‘lovchilari gap bo‘laklarini bog‘lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to‘ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi. Qo‘shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashda esa keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo‘layotganini, ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko‘p, lekin bir-biriga o‘xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do‘stning eskisi yaxshi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). O‘xshash mevalarni saralaydi, xidlaydi, biroq egisi kelmaydi. (O.)
Zidlov bog‘lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo‘lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog‘laydi:
Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lashda –da, -u (-yu) yuklamalari ham qo‘llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.)

2) ayiruv bog‘lovchilar guruhiga yo, yoki, yo..., yo, yoxud, dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, ba’zan..., ba’zan, bir-bir kabi so‘zlar kiradi.


Bu bog‘lovchilar narsa, voqea-hodisalarni boshqarishdan ajratish yoki ularning galma-gal bo‘lishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.
Bulardan yo, yoki, yo..., yo, xoh..., xoh bog‘lovchilari uyushgan bo‘laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi: Poshshaxon Umrinisabibining qizini yo ko‘rmadi, yo ko‘rsa ham nazarga ilmadi. (Cho‘lpon). «YO podshoh biron erga chiqadi yoki elchi kelishi kutiladi», - dedi Zayniddin. (O.) Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman. (S. A.)
Ba’zan..., ba’zan, dam..., dam, goh..., goh bog‘lovchilari esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib, takrorlanib turishni ifodalaydi. Dam tekisliklar bo‘ylab balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong‘i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O‘.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har nechuk javob bermadi (A. Qod.)
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga tobelanish yo‘li bilan bog‘laydi.
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga qarab: 1) aniqlov bog‘lovchisi; 2) sabab bog‘lovchilari; 3) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari; 4) maqsad bog‘lovchisi; 5) shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilariga bo‘linadi.
1) aniqlov bog‘lovchlariga ya’ni, -ki (-kim) so‘zlari mansub bo‘lib, ular ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun qo‘llanadi. Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi. Mirzo Ulug‘ bek joyiga o‘tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi nomani tutdi. (O.Y.)
2) sabab bog‘lovchilariga chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki kabi so‘zlar kiradi. Bu bog‘lovchilar ergash gapni bosh gapga bog‘lab, sabab, payt ma’nolarini ifodalaydi. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo‘lmaydi. (Amir Temur o‘gitlari) Ko‘chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.) U ikki, balki uch yildan buyon o‘z to‘yini kutar edi. (O.)
3) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari: go‘yo, go‘yoki. Bu bog‘lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko‘rsatadi. Sen menga baxsh etding ko‘rkam bir yoshlik, go‘yo qalbimda ulg‘aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo‘lishadi, go‘yo yoshliklarini sog‘inganday boshlarini quyi solishadi (O.)
4) maqsad bog‘lovchisi toki qo‘shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog‘laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G‘ .)
5) shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo.
Bu bog‘lovchilar shart va to‘liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo‘lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to‘liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g‘ oya uchun kurash bilan o‘tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo‘lsa ham, kechagidan ko‘ra qo‘rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)
Bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi so‘zlar
Boshqa so‘z turkumiga oid ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi o‘rnida qo‘llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da.
Masalan: Umrim shirin o‘tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o‘tirishibdi (O.)

Yuklama — yordamchi soʻzlarning bir turi; ayrim gap boʻlagiga yoki gapga qoʻshimcha maʼno berish uchun qoʻllanadi. Yuklama tuzilishiga koʻra 2 xil boʻladi: Yuklamaqoʻshimcha (qoʻshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklamasoʻz (ayrim soʻz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. oʻzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʻzlarga qoʻshilganda anglatadigan maʼnolariga koʻra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: soʻroq va taajjub Yuklamalari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni soʻroq gapga aylantiradi: Bu kitobni oʻqidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, soʻz maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini qoʻshish uchun ishlatiladi. Mas: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim boʻlmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turli soʻzlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Mas: U faqat oʻsha voqea haqida soʻzlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) oʻzi aloqador boʻlgan gap boʻlagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mas: Oʻgʻli otasining xuddi oʻzi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Va yordamchi vazifasida keladi.


Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘zlar yuklamalar deb ataladi. Masalan: Haqiqiy kasbu kamol faqat ilm bilan hosil bo‘ladi. (M.Hasaniy). Quyosh ham atayin nurlarini to‘kib, mag‘ rur ko‘tarildi. (O.)
YUklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a) qo‘shimcha holatdagi yuklamalar: -mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina, -qina), -ku; b) so‘z holatidagi yuklamalar: axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To‘ydan faqat Anor xabardor (H.O.) Eshik «g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab ukasi Darvishali kirdi. (O.) Bir vaqi G‘iyosiddin Kichkina, xudi shu erda, daricha ostida o‘tirib, uni erkalatmasmidi.
1. Yuklamalarning turlari
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so‘zlarga beradigan qo‘shimcha ma’nolariga ko‘ra yuklamalarni quyidagicha turlarga bo‘lish mumkin.
1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya.
-mi yuklamasi so‘roq, taajjub, hayrat kabi ma’nolari bildiradi. Masalan: - Kelinning suluvligi Marg‘ilonda ma’lum ekanmi? (A.Qodiriy) Men dalada ishlashish kerakmishmi? (O.)
-chi yuklamasi so‘roq, kuchaytiruv, harakatga undash, buyruq, iltimos, ta’kid ma’nolarini bildiradi. Masalan, - Sizga-chi, Anvar (A.Qodiriy) - O‘g‘ling qaytsin-chi, bo‘lmasa... (A.Qod.) - Loaqal bir og‘iz o‘g‘lingizga aytib o‘tishga va’da bering-chi, -dedi (A.Qod.) - O‘rtoqjon, bir narsa desang-chi. (Cho‘lpon).
-a (-ya) yuklamalari so‘roq, taajjub, hayratlanish ma’nolarini bildiradi. Masalan, Bu gap oramizda qolsin-a! (T.Malik) Gulnorni sevishimni bilardi-ya (O.) - Qizim, bugun mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? – deb qolmasinmi! (A.Qod.)
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim), ham, hatto, hattoki, axir, nahot (nahotki).
-ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim) yuklamalari ma’noni kuchaytirish, to‘liqsizlik, tezlik va davomiylik ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llanadi. Masalan, Shundan keyin men uzoq safarga ketdim-u, Masturaning taqdiridan bexabar bo‘ldim (A.Q.) - O‘z qizingiz-ku, tengini topib bering-da! (Cho‘lpon) Mirzo Ulug‘ bek maktubni o‘qib tugatmasdanoq o‘rnidan turib ketdi. (O.Yo.) Ko‘plar yomg‘irdan qochib ulgirmasdayoq, oftob charaqlab ketdi. (S.A.)
Ham, axir, hatto, hattoki, nahot (nahotki) so‘z yuklamalari fikrni ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, Tursunboy hamma narsadan kechganda ham birgina shu Zebidan kechmas edi. (S.A.) Oyim o‘rta bo‘yli, oppoq, nozik tabiat ham ipakday muloyim, istarasi issiq xotin edi. (Zarifa Saidnosirova) Axir bu qal’ani olguncha ozmuncha talofat berildimi? (P.Q.) Sizni otasi o‘rnida ko‘rsak-u, nahotki sizdan beso‘roq ish tutsak (A.Q.) Uzoq cho‘zilgan bu suhbatda Miryoqubning qulog‘i bir marta g‘alati dingkaydi, hatto uning qop-qora chiroyli ko‘zlarida allaqanday sehrli olovlar yondi. (Ch.)
Bir qissakim, buning so‘ngida
Sevishganlar topishgusidir. (H.O.)
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina (-kina, -qina). Bu yuklamalar turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko‘rsatish va ma’no jihatdan ajratish uchun qo‘llanadi. Masalan, O‘zi haqida o‘ylamay, faqat xalqqa ilm berishga bel bog‘lagan olim kishi xudi shamga o‘xshaydi, sham o‘zini yondiradi, xalqqa ziyo bag‘ishlaydi. (M.Xasaniy) Yoqimli do‘stgina suhbati olis yo‘lni yaqin qiladi. (M.Xasaniy) Dunyoda ko‘rib o‘taturgan barcha orzuimiz, havasimiz faqat sengagina qarab qolgan (A.Qod.)
Faqat yuklamasi o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llanishi ham mumkin. Miryoqubning topishi yolg‘iz mingboshi orqali bo‘lsa, unga «epaqa» nomini qo‘yish to‘g‘ ri bo‘larmidi. (Cho‘lpon)
4. Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq. Bu yuklamalar o‘zi mansub bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Ilm o‘rganib, ilmiga amal qilmagan kishi naq er haydab, uni ekmagan kishiga o‘xshaydi. (M.Xasaniy) Hayosi yo‘q po‘sti shilib olingan yog‘ och va xuddi yog‘i tugagan chiroqqa o‘xshaydi. (M.Xasaniy)
5. Gumon yuklamasi: -dir barcha so‘z turkumlariga qo‘shilib kela oladi va o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo‘shadi: - Sizga nimadir va’da bergandir-da? (Isfandiyor)
6. Inkor yuklamasi na... na uyushiq bo‘laklar va qo‘shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo‘lishsizga aylantiradi. Inkor shaklli gap bo‘laklari va gaplar oldida kelganda, bo‘lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi. Bu buyruqqa na ona e’tiroz qildi va na qiz (Cho‘lpon). Na qor, na yomg‘irdan darak bor. (O.)
2. Yuklamalarning yozilishi
1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi?
2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen-chi? Keldi-ku!
D i q q a t! Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kelgan -u(-yu) yuklamasi kirilcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi: Gapu sўz kўpaydi. Yangi alifboda esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Gap-u so’z ko’paydi.
3) faqat, ham, hatto, axir kabi so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi.

Alohida olingan so’z turkumlari 3 guruhga bo’linadi


Alohida olingan so’z turkumlari 3 guruhga bo’linadi.Modal so’zlar – so’zlovchi o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildiradigan so’zlarTaqlid so’zlar – holatga va tovushga taqlidni bildiruvchi so’zlarUndov so’zlar – haydash, chaqirish, buyurish, undash va his- hayajonni bildiradigan so’zlar

MODAL SO’ZLAR DEB, so’zlovchi o’z fikriga bo’lgan munosabatini


bildiradigan so’zlarga aytiladi.
UNDOV SO’ZLAR DEB, HIS-HAYAJON,
BUYRUQ-XITOB, HAYDASH-CHAQIRISH
MA’NOLARINI IFODALOVCHI
SO’ZLARGA AYTILADI
TAQLID SO’ZLAR DEB,
OVOZGA VA HOLATGA
TAQLIDNI BILDIRVCHI
SO’ZLARGA AYTILADI.
Modal so`zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar 1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar: 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.6. Achinish: afsus, attang, esiz.7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.8. Quvonch: xayriyat.9. Mavjudlik va mavjud emaslik:bor, yo`q. Undovlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. His-hayajonundovlari :ie, o, voy, voy-ey, eh; : ho, o`h-ho`, ehe;hay-hay ; oh-oh; e-ha, eh, ha-ya, o; ha.
2. Buyruq-xitobundovlari :hoy, hay(bir marta aytilsa), hey, allo, ey; ma, tss, jim, marsh; bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey; ishsh, ho`k, tak; pisht, drr, xix, hov-hov, cho`k, tek, hayt, chu.
TAQLID SO’ZLAR MA’NO JIHATDAN QUYIDAGI TURLARGA BO’LINADI
:1. Tovushga taqlidbildiradigan so`zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g`arch-g`urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov
.2. Holatga taqlidbildirgan so`zlar: yalt-yult, apil-tapil, g`uj-g`uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo`lt-mo`lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang.
Undov taqlid, modal so‘zlar haqida nazariy tushunchalar
Avvalo, tilshunos olimlar Sapayev Q, Sayfullayeva R, Sh.Raxmatillayevning undov, taqlid, modal so‘z turkumlarining ta’rifi, ma’no turlari va xususiyatlari haqidagi nazariy qarashlarini solishtirib chiqamiz.
Tilshunos olim Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili (mоrfеmikа,so‘z yasаlishi vа mоrfоlоgiya) o‘quv qo‘llanmasida undov, taqlid, modal so‘zlar haqida quyidagicha ma’lumotlarni aytib o‘tgan.
Undоv so‘zlаr kishilаrning his-hаyajоnini, buyruq-хitоb, hаydаsh, chаqirish mа’nоlаrini ifоdаlаydi. Undоv so‘zlаr lеksik mа’nо ifоdаlаy оlmаsligi, kеlishik, egаlik, sоn аffikslаrini оlmаsligi jihаtidаn mustаqil so‘zlаrdаn fаrq qilаdi.
Shuningdеk, nutqdа bоshqа so‘zlаr bilаn grаmmаtik аlоqаgа kirishа оlmаsligi, gаpning birоr bo‘lаgi vаzifаsini bаjаrа оlmаsligi hаm bu so‘z turkumining аsоsiy хususiyatlаridаn biridir. Ulаr fаqаt оtlаshgаndаginа gаpning bоsh yoki ikkinchi dаrаjаli bo‘lаgi vаzifаsini bаjаrishi mumkin. Маsаlаn: Оh urаrmаn, оhlаrim ursin sеni. (Qo‘shiqdаn).
Undоvlаr intоnаtsiya jihаtidаn judа hаm rаng-bаrаngdir. Bir undоvning turli хil intоnаtsiya bilаn tаlаffuz etilishi ulаrning mа’nоsigа tа’sir qilаdi. Маsаlаn: «Оh» qаndаy go‘zаl mаnzаrа gаpidаgi оh undоvi bilаn «Оh», zоlim fаlаk, yiqil bоshimgа gаpidаgi оh undоvining mа’nоsi bir хil emаs.
Undov so‘zlarni ikkiga guruhga bo‘ladi. Undоvlаr mа’nоsigа ko‘rа ikki хil bo‘lаdi: a) his-hayajon (emostional) undovlar; b) buyruq-xitob undovlari.
1.His-hаyajоn (emоtsiоnаl) undоvlаri so‘zlоvchining tuyg‘ulаri, kеchinmаlаri, turli his-hаyajоnini bildirаdi. Оh, eh, e, vоy, o‘hho‘, ehhе, оhhо, uh, mа, hi (him), bе, hоy, hе, ey, hа, uf, tuf, dоd, vоy, vоydоd, оbbо, urа, o‘ho‘, ehа, ehhе, iе, huv, hаy, hеy, bаs, rаhmаt, qаni, sаlоm, хаyr, оfаrin, bаlli, bаrаkаllа, аnа, mаnа, bе.
His-hаyajоn bildiruvchi undоvlаr ham o‘z navbatida ma’lum guruhlarga ajratib, misollar bilan asoslab beradi.
sеvinch, shоdlik, ko‘tаrinki ruhiy hоlаtni ifоdаlаydi. Маsаlаn: «Оh», qаndаy go‘zаl mаnzаrа! «О», quyosh zаrchisi, bеrib хushхаbаr, Hаyot rubоbini sаyrаtguvchisаn;
хаfаlikni, оg‘ir ruhiy hоlаtni ifоdаlаydi. Маsаlаn: «E-vоh», оsmоn yirоq, yеr qаttiq! Chаrхing buzilsin, fаlаk! (P.Тursun). Hаy, аttаng. Qаni, o‘rtоq Оdilоv, siz аyting, shu gаplаr rоstmi? (А.Qаhhоr);
tааjjublаnish, hayratlanish, ajablanish, kutilmаgаnlik, shubhа, ikkilаnish, e’tirоz kаbilаrni ifоdаlаydi. Маsаlаn: «Bаy-bаy-bаy». Меning hаsrаtim siznikigа urvоq hаm bo‘lmаs ekаn (P.Тursun).
2. Buyruq-хitоb (impеrаtiv) undоvlаrga esa quyidagicha ta’rif beriladi. Buyruq - хitоb undоvlаri оgоhlаntirish, хitоb qilish, tаklif, chаqiriq, buyruq, mаn qilish, do‘q qilish, hаydаsh kаbi mа’nоlаrni bildirаdi. Buyruq - хitоb undоvlаri quyidаgilаr: o‘h, oh, hеy, hоy, hаy, ey, obbo, balli, rahmat, salom, hormang, xayr, xo‘sh, cho‘k, kuch-kuch, tu-tu, bеh-bеh, pish-pish, mоsh-mоsh, ho‘-ho‘, gаh, kisht, kisht-kisht, chuh, ishsh, хo‘sh, cho‘k, mo‘h-mo‘h kаbilаr. Shu bilan birga buyruq-xitob undovlariga quyidagi misollarni keltirib o‘tadi. Мisоllаr:
«Оh-оh-оh», shundаy shоirlаrning sаdаg‘аsi bo‘lsаng аrziydi. (Оybеk). «O‘h», nеgа bundаy qilding, jоn ukа? (А.Мuхtоr.) «Оbbо» jiyan-е, biznikini tоpib kеldingmi? (Оybеk). Hа «bаlli»! Аnа endi o‘zingizgа kеldingiz. (Uyg‘un) Olima Sayfullayeva R., tadqiqotida taqlid so‘zlarni ot, sifat, son, ravish, olmosh, fe’l so‘z turkumlari kabi mustaqil ma’no anglatishini aytib o‘tadi. “O‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o‘rganilgan. Substantsial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi [WRm] sifatida e’tirof etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi va har bir gapning o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gapning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‘lishi shartligi e’tirof etildi”,-deb aytib o‘tadi.
So‘z-gap o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi:
1. Modal. 2. Undov. 3. Tasdiq-inkor. 4. Taklif-ishora.
Kishilarning his-tuyg‘usini, haydash, to‘xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so‘z-gap ko‘rinishi – undov so‘z-gap. His-tuyg‘u undoviga [eh], [voy], [oh], [barakalla], [rahmat], [ofarin] kabi so‘z, buyruq -xitob undovlariga [pisht], [beh-beh], [pisht-pisht], [chuh] kabi xitob so‘z kiradi.
So‘z-gapning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq/inkor so‘z ko‘pincha modal tarkibida o‘rganilgan. [Ha], [mayli], [xo‘sh], [xo‘p] so‘zi tasdiqni, [yo‘q], [mutlaqo], [aslo], [sira] so‘zi – inkorni ifodalovchi so‘z-gap.
Taklif/ishora so‘z-gapga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan [ma], [mang], [qani], [marhamat] so‘zi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi. So‘z-gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, [so‘zsiz], [tabiiy] so‘zi sifatdan, [albatta] ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, [har qalay], [har holda] modal so‘z-gapi so‘z birikmasidan, [nasib bo‘lsa], [xudo xohlasa] kabilar gapdan kelib chiqqan. Sof so‘z-gapga [albatta], [alhamdulilloh]; [eh], [hoy], [oh], [o‘h]; [ha], [yo‘q], [mutlaqo]; [ma], [mang] kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi mansub. O‘zbek substantsial tilshunosligida so‘z-gap [W?]-lashgan (modallashgan, undovlashgantasdiq/inkorlashgan,taklif/ishoralashgan)so‘zlar,[W?]lashayotgan(mo dallashayotgan,undovlashayotgan,tasdiq/inkorlashayotgan,taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, [W?]-simon (modalsimon, undovsimon, tasdiq/inkorsimon) so‘z-gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan.
Tilshunos olim Sh.Raxmatillayev esa undov deb, avvalo, kishining his­hayajonini bevosita ifodalaydigan tovush birliklariga aytiladi: oh, eh, uh, uf, e, be, voy, a, o, iye, he, hah, ehha, o‘hho‘, voydod kabi.
Ba’zi undovlar aniq bir his­hayajonni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Masalan, be undovi rozi bo‘lmaslik, qo‘shilmaslik kabi his­hayajonni ifodalaydi. Tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladigan hoy undovi ishlatiladi.
Ko‘pchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his­hayajonlarni ifodalashga xizmat qiladi. Undovning turli ma’nolari deb talqin qilinadigan bunday hodisa nutq sharoitida, kontekstda (qurshovda) aniqlashadi. Masalan, eh undovi
“sevinch”ni ifodalash uchun ishlatilsa, bir ohang bilan, “xafalik”ni ifodalash uchun ishlatilsa, boshqa bir ohang bilan talaffuz qilinadi. Ayni bir undovning bunday turli his­hayajonni ifodalashini yozuvda aks ettirish qiyin. Shu tufayli undov bilan yonma­yon keladigan jumla tarkibida undovning qanday his­hayajonni ifodalab kelayotganini aniqlashtiruvchi vositalar ishlatiladi: Eh, qanday go‘zal manzara!
Undovlarga xos ana shunday ko‘pqirralilik ularni ma’no ifodalashiga ko‘ra tasniflashni qiyinlashtiradi.
Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma’no turi deb xitob birliklariga aytiladi.
Bular his­hayajon birliklaridan keskin farq qiladi: biror harakatni qilish­qilmaslikka ko‘rsatma beradi.
Harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatilishga xoslangan: chu, tss (otga), xix (eshakka) v.h
Harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar ham asosan hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatishga xoslangan: dirr, tak (otga), ish (eshakka) v.h
Undovlarning alohida guruhi-kishilar orasidagi muomala­murojaat birliklari keltiriladi. Undovga aylanmagan, hali leksemalik xususiyatini saqlagan bu birliklarni undov turkumiga kiritish o‘ta shartli bo‘lib, quyidagicha ma’nolarni bildirish uchun xizmat qiladi:
Ko‘rishishni, xayrlashishni bildiradi: assalomu alaykum, xayr v.h
tabrik, istak, minnatdorlik va unga javobni bildiradi: hormang – bor bo‘ling, salomat bo‘ling; qutlug‘ bo‘lsin - qulluq; rahmat - arzimaydi kabi. 3)Biror faoliyatni ko‘tarinki ijobiy baholashni bildiradi: balli, barakallo,ofarin
Q.Sapayev “Taqlid so‘zlar” ta’rifi haqida quyidagicha fikirlarni aytadi. Kishi bоrliqdаgi nаrsаlаrning turli tоvushlаri, shаrpаlаri, hаrаkаt vа shu’lа ko‘rinishlаrigа o‘z tоvushi bilаn tаqlid qilаdi yoki ulаrning tоvush dеb tаsаvvur qilinаdigаn hоlаtini yarаtаdi.
Тurli shаrpа-tоvushlаrning yoki shu’lа-hаrаkаtlаrning hоlаti bo‘lgаn so‘zlаr tаqlidiy so‘zlаr dеyilаdi. Маsаlаn: Gurs, tаrs, qаrs, gumbur-gumbur, yalt-yalt, yarq, lip-lip vа bоshqаlаr.
Taqlid so‘zlarni ham undov so‘zlar kabi ikki guruhga ajratadi.
1) tоvushgа tаqlid bildiruvchi so‘zlаr, 2) shu’lа-hаrаkаtgа tаqlid bildiruvchi so‘zlаr. Тоvushgа tаqlid bildiruvchi so‘zlаr tаbiаtdаgi хilmа-хil tоvushlаrni nutq tоvushlаrigа ko‘chirishdir. Маsаlаn: tаrs-tаrs, qаrs, qаrs-qurs shаq, shаq-shuq, tаrаq-turuq, vish-vish, gumbur-gumbur, piq-piq, shildir-shildir, pish-pish, gupgup, lip-lip, yalt-yalt, yalt-yult, shаrаq-shаrаq, shаrаq-shuruq kаbilаr. Тоvushgа tаqlidni bildirаdigаn so‘zlarni ham yana guruhlarga ajratib,misollar bilan asoslab beradi: 1. Оdаmgа хоs tоvushlаrgа tаqlid qilinаdi:
а) nutq оrgаnlаrining ishtirоki bo‘lgаn tоvushlаrgа: Тurg‘unоy охiri bоsgаn оyog‘ini ko‘tаrоlmаy, to‘хtаb, Маstоnning еlkаsigа bоshini qo‘ydi vа «piq-piq» yig‘lаdi. (А.Qаhhоr).
b) nutq оrgаnlаri ishtirоk qilmаgаn tоvushlаrgа tаqlid qilinаdi. Bundа tаshqi
оrgаnlаrning tоvushlаrigа hаm, ichki оrgаnlаrning tоvushlаrigа hаm tаqlid qilinishi mumkin.
Маsаlаn: Оyshа хоlа zаrdа bilаn «duk-duk», «duk-duk» yurib bоrаrkаn eshik оldidа turgаn... хurjungа ko‘zi tushdi. (Sh.Тоshmаtоv).
Hаyvоn, pаrrаndа, hаshоrаtlаrgа хоs tоvushlаrgа tаqlid qilinаdi. Маsаlаn: ... burchаkdа kulchа bo‘lib yotgаn mushuk shоshib o‘rnidаn turdi vа Sidiqjоngа qаrаb «miyov» dеdi. (А.Qаhhоr)
Тurli jоnsiz nаrsаlаrning, qurоllаrning tоvushlаrigа tаqlid qilinаdi. Маsаlаn: Hаmmа yoqni tеmirning «shаqir-shuqur» sаdоsi qоplаdi.
Shu’lа - hаrаkаtgа tаqlid bildirаdigаn so‘zlаr.Tаbiаtdаgi хilmа-хil shu’lа, hаrаkаt ko‘rinishlаrini tоvush оrqаli ifоdаlаydi: lip, lip-lip, lim-lim, bij-bij, lik-lik, yalt, yalt-yalt, yarq, yarq-yarq gir-gir, lаpаng-lаpаng, аpil-tаpil kаbilаr.
Shu’lа-hаrаkаtgа tаqlid bildirаdigаn so‘zlаrdа:
1.Shu’lа-hаrаkаt tоvush оrqаli tаsvirlаnаdi: pаr-pаr (yonmоq), pir-pir (lаb, ko‘z uchishi), dir-dir (titrаmоq), qаlt-qаlt (qаltirаmоq), хippа, (g‘ippа) (bo‘g‘mоq), gup-gup, guppа-guppа (qоr yog‘mоq), gup (hid urmоq), g‘ir (etib bоrmоq), shаrt (qirqmоq, o‘rindаn turmоq), cho‘rt (kеsmоq), duv-duv (yosh to‘kmоq), pаqqа (qo‘lgа tushmоq), yurаkning shig‘, shuv, jiz, jаz etishi, ko‘zni chirt yummоq, qultqult (yutmоq), miq etmоq, tаqа-tаq (bеrk) vа bоshqаlаr. Маsаlаn: Аrаvаlаrdаn gumburlаb tоsh-shаg‘аl аg‘dаrilishi, yangrоq аrrа tоvushi, bоlg‘а, bоsqоnlаrning «gup-gupi» qulоqlаrni bitirаrdi.
Bulаr аslidа tоvushgа tаqlid bildiruvchi so‘zlаr bo‘lib, hоzir ulаrdа tоvush mа’nоsi yo‘qоlgаn. Quyida keltirilgan ba’zi so‘zlarni tovushga taqlid deb ham, shu’laga taqlid deb ham bolmaydi. Shuning uchun bu so‘zlarni qaytadan ko‘rib chiqish lozim deb o‘ylayman. Shu’laga va harakatga taqlid so‘zlarni ham o‘z navbatida ichki guruhlarga ajratib chiqadi.
1.Narsaning hаrаkаtini ko‘rish оrqаli tаsvirlаnаdi: lip-lip, lik-lik, gir-gir, yaltyalt, yilt-yilt, lаpаng-lаpаng, аpil-tаpil, dikаng-dikаng (o‘ynаmоq, chоpmоq), mo‘lt-mo‘lt (qаrаmоq) vа bоshqаlаr. Мisоllаr: Lаgаnchа «gir-gir» аylаnib, аshulа, dutоr-tаnbur vаng‘illаy bеrаdi. (Оybеk).
2.Narsaning turg‘un hоlаti оrqаli tаsvirlаnаdi: lo‘q, lаng (оchiq), dаng (qоtmоq), qulоg‘i ding (bo‘lmоq), pаg‘а-pаg‘а (bulut) vа bоshqаlаr. Мisоllаr: Кishi оtini gijinglаtib, dаrvоzаlаri «lаng» оchilgаn sаrоygа yanа kirib kеtdi.
3.Kishining ruhiy hоlаti ko‘rish оrqаli tаsvirlаnаdi: hаng-mаng (bo‘lmоq) vа bоshqаlаr: Кo‘zim endi ilingаn ekаn. Тоshхоn bоrib uyg‘оtdi... «Аkаm kеldi, turing... Теz bоring», - dеdi... «Hаng-mаng» bo‘lib qоldim.
4. Narsaning ko‘p vа zich ekаni ko‘rish оrqаli tаsvirlаnаdi: vij-vij, vijir-vijir, bij-bij, bijir-bijir kаbi. Маsаlаn: Yupqа tеri оstidаn yaltirаb turgаn sаp-sаriq yog‘ «vij-vij» qаynаydi. (О.Yoqubоv).
Таqlidiy so‘zlаr yakkа shаkldа vа tаkrоrlаngаn hоldа ishlаtilаdi. Таkrоrlаngаn shаkllаr dаvоmlilik, tаkrоrlаnish mа’nоlаrini аnglаtаdi. Маsаlаn, U piq etib kuldi gаpidа bir mаrtа bo‘lgаn hаrаkаt ifоdаlаnsа, U piq-piq kuldi gаpidа kulish hаrаkаtining dаvоmli bo‘lgаnligi аnglаshilаdi. - Ko‘chа vа hоvlilаrdа muzlаb yotgаn qоr «g‘аrch» qilаrdi. (О.Yoqubоv).
Таkrоrlаngаn shаkldаgi ikkinchi kоmpоnеnt fоnеtik jihаtdаn o‘zgаrgаn bo‘lishi mumkin. Bundаy chоg‘dа tоvush yoki hаrаkаtning hаr хil sifаtdа dаvоm etgаnligi аnglаshilаdi: tаq-tаq, g‘аrch-g‘аrch, tаp-tаp, g‘аg‘-g‘аg‘ - оvоzlаr bir хil; tаq-tuq, g‘аrch-g‘urch, tаpir-tupur, g‘аg‘-g‘ug‘ - оvоzlаr hаr хil.
Bа’zаn tаqlidiy so‘zlаrgа, хususаn, tоvushgа tаqlid bildirаdigаn so‘zlаrgа -ir (-ur) qo‘shilаdi: tаq-ir=tаq -ir, duk-ur=duk-ur, dup-ur=dup-ur, hiq-i=-hiq-ir kаbi.
Таqlidiy so‘zlаr tоvushning аtаmаsi emаsligi vа nоminаtivlik хususiyatigа egа emаsligi bilаn undоvlаrgа yaqin tursа hаm, mа’nо vа grаmmаtik хususiyati bilаn undаn fаrq qilаdi. Undоvlаr so‘zlоvchining his-hаyajоnini, buyruq-хitоbini bildirsа, tаqlidiy so‘zlаr iхtiyoriy vа iхtiyorsiz yuz bеrgаn hаyqiriqlаr, jоnli vа jоnsiz nаrsаlаr tоvushigа, hаr хil hаrаkаt, shu’lа, hоlаtgа tаqlidni bildirаdi.
Таqlidiy so‘zlаrning sintаktik vаzifаsi undоvlаrgа nisbаtаn аnchа kеngdir. Shuningdеk, tаqlidiy so‘zlаrdаn оt, fе’l vа bоshqа turkum so‘zlаri yasаlishi undоvlаrdаn yasаlishgа qаrаgаndа аnchа mаhsuldоr. Маsаlаn, hushtаk, хurrаk, g‘urrаk, g‘ijjаk, chаpаk, qаrsаk, qo‘ng‘irоq, bоdrоq, hiqildоq, shаqildоq, tаqа, qаhqаhа, dаg‘dаg‘а kаbi оtlаr; pichirlа, shitirlа, jаrаnglа, chiqillа, g‘ijirlа, tiqirlа, tаqillа, gurkirа, yarqirа, pishqir, bo‘kir, o‘kir, hаyqir, hurpаy kаbi fе’llаr tаqlidiy so‘zlаrdаn yasаlgаn; yarqirаmа, shаldirаmа, yaltirоq, yiltirоq, miltirоq kаbi sifаtlаr esа tаqlidiy so‘zlаrdаn hоsil qilingаn fе’llаrdаn yasаlgаn.
Shuningdеk, ko‘pginа tаqlidiy so‘zlаr qo‘shmа fе’lning аsоsiy kоmpоnеnti bo‘lib kеlа оlаdi: jiz etmоq, ship etmоq, g‘iq etmаslik, yilt etmоq, vаg‘-vаg‘ etmоq kаbi.
Таqlid so‘zlar оtlаshgаndа quyidagi gap bo‘laklari vazifasida keladi:
а) egа vаzifаsidа: Nоg‘оrаlаr «gumbur»i vа kаrnаylаr sаdоsi yanа оsmоnu
fаlаkkа chiqdi. (О.Yoqubоv).
b) sifаtlоvchi vаzifаsidа: Аtrоfdаgi issiqdаn qush qаnоti kuygudаy, bu yеrdа – «g‘ir-g‘ir» shаmоl! (Оybеk) (S.Nurоv).
v) to‘ldiruvchi vаzifаsidа: Тursunоy hеch nаrsаni ko‘rmаs, yurаgining «dukur-dukur»idаn bоshqаsini eshitmаs edi. (А.Мuхtоr).
g) hоl vаzifаsidа: Sоbir… yaхnа ko‘k chоyni «qult-qult» yutib, chоpiqqа
kirishdi. (Оybеk). «Viz-viz» uchib аrilаr, Gul o‘pаr shаrbаt yalаb.
d) kеsim vаzifаsidа: Yo‘llаr bo‘kdi, Etiklаr «shаlp-shаlp». (Мirmuhsin).
Таqlidiy so‘z аyrim hollarda so‘z-gаp sifаtidа hаm kеlаdi: «Vоv-vоv! Меn kеldim!» - dеdi it. (Sh.Sа’dillа).
R.Sayfullayeva o‘z ilmiy qarashlarida taqlid so‘zlani mustaqil so‘z deb talqin qiladi va buning bir necha ilmiy asoslarini sanab o‘tadi:
a)turkiy tillаrdа tаqlid miqdоrаn ko‘p vа mа’nо jihаtdаn rаng-bаrаng.
b)ulаrdаgi tоvushlаr tizmаsi mа’lum оb’ektiv vоqelikdаn xаbаr berib turаdi.
c)tаqlid gаp tаrkibidа mа’lum bir sintаktik pоzitsiya egаllаydi.
Tаqlid so‘z-o‘zbek tilining muhim ifоdа vоsitаsi. Ulаrning ifоdа tоmоni mаzmun tоmоni bilаn tаbiiy bоg‘lаnishgа egа. Bu quyidаgi so‘z qаtоrini qiyoslаsh аsоsidа hоsil bo‘lаdi:
tаq-tiq/tuq-tuq/to‘q-to‘q/tаq-tаq;
liq-liq/luq-luq/lo‘q-lo‘q/lаq-lаq;
tirs-tirs/tаrs-tаrs/tаrs-turs;
Ko‘rinаdiki, fоnetik qiyofаsi tоr unli vа qаttiq undоshdаn ibоrаt bo‘lgаn tаqliddаgi belgi dаrаjаsi keng unli vа qаttiq undоshdаn ibоrаt tаqlid ifоdаlаgаn belgidаn pаst. Bu tаqliddаgi shаkl vа mаzmunning tаbiiy bоg‘lаnishini ko‘rsаtаdi.
Tаqlid mоrfоlоgik jihаtdаn o‘zgаruvchаn, bu bilаn to‘lа mа’nоdаgi mustаqil so‘z bo‘lgаn rаvishdаn hаm ustun turаdi: оdаmlаrning g‘оvur-g‘uvuri v.h
Sintaktik vazifalari: kesim-atrоf g‘аlа-g‘оvur; egа-tаqir-tuqur tinmаdi; hоl- shаbаdа g‘ir-g‘ir esаdi; to‘ldiruvchi-odаmlаrning vаg‘ir-vug‘uridаn qulоqlаr bitgudek; aniqlоvchi-mаhаllаdа duv-duv gаp. Ko‘rinаdiki, o‘zbek tilidаgi tаqlid semаntik-mоrfоlоgik-sintаktik jihаtdаn mustаqil so‘z mаqоmigа egа.
Tаqlidiy so‘zlаr ikki guruhgа bo‘linаdi: 1)tоvushgа tаqlid bildiruvchi so‘zlаr, 2) shu’lа-hаrаkаtgа tаqlid bildiruvchi so‘zlаr.
Tоvushgа tаqlid bildiruvchi so‘zlаr tаbiаtdаgi xilmа-xil tоvushlаrni nutq tоvushlаrigа ko‘chirishdir. Mаsаlаn: tаrs-tаrs, qаrs, qаrs-qurs shаq, shаq-shuq, tаrаq-turuq, vish-vish, gumbur-gumbur, piq-piq, shildir-shildir, pish-pish
Shu’lа - hаrаkаtgа tаqlid bildirаdigаn so‘zlаr tаbiаtdаgi xilmа-xil shu’lа, hаrаkаt ko‘rinishlаrini tоvush оrqаli ifоdаlаydi: lip, lip-lip, lim-lim, bij-bij, lik-lik, yalt, yalt-yalt, yarq, yarq-yarq gir-gir, lаpаng-lаpаng, аpil-tаpil kаbilаr. Sh.Rahmatullayev taqlid so‘zlarni tasviriy birliklar deb nomlaydi va bu qarashlarda taqlidga bo‘lgan munosabat umuman boshqacha nazariyani yuzaga keltiradi.
Q. Sapayev talqinida modal so‘zlar gаpdа ifоdаlаngаn fikrning vоqеlikkа munоsаbаtini ko‘rsаtuvchi mоdаllik kаtеgоriyasi hаr bir gаpning muhim kоnstruktiv bеlgilаridаn biri hisоblаnаdi. O‘zbеk tilidа mоdаl mа’nоlаr bir qаnchа yo‘llаr bilаn - оt, fе’l vа rаvishlаrning аyrim shаkllаri, shuningdеk, yuklаmа vа mоdаl so‘zlаr bilаn ifоdаlаnаdi. O‘zbеk tilidа fikrning vоqеlikkа munоsаbаtini ifоdаlаsh uchun хizmаt qiluvchi аlоhidа so‘zlаr bоrki, ulаr mоdаl so‘zlаr nоmi bilаn yuritilаdi. Моdаl so‘zlаr (lоtinchа modus – «usul», «o‘lchоv») so‘zlоvchining gаpdа аnglаtilgаn fikrigа, vоqеа-hоdisаlаrgа munоsаbаtini ifоdаlаydi. Моdаl so‘zlаr gаpdа аnglаtilgаn fikrning so‘zlоvchi uchun qаnchаlik аniqligini, bu хаbаrni so‘zlоvchi qаndаy bаhоlаshini bildirаdi. Моdаl so‘zlаr, оdаtdа, umumаn gаpgа tеgishli bo‘lib, gаp bo‘lаklаri bilаn grаmmаtik аlоqаgа kirishmаydi. Shuning uchun ulаr gаp bo‘lаgi hаm bo‘lib kеlmаydi. Маsаlаn: Mеhnаt hаmdа turmush tаjribаsi, hunаri bo‘lmаgаn оdаm ishdаgi kishining o‘yini, tuyg‘usini аnglаmаydi gаpigа аlbаttа, shubhаsiz, ehtimоl kаbi so‘zlаr kiritilsа,ya’ni Ehtimol,mеhnаt hаmdа turmush tаjribаsi,shubhasiz, hunаri bo‘lmаgаn оdаm ishdаgi kishining o‘yini, tuyg‘usini аnglаmаydi bu gаpning mаzmuni o‘zgаrib qоlmаydi; bu so‘zlаr fikr so‘zlоvchi tоmоnidаn qаndаy bаhоlаnishini bildirаdi, xolos.
Modal ma’nolar R.Sayfullayeva talqinida so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalovchi modal ma’no ham gapning sintaktik qurilishiga ta’sir qilmaydi. Bularning ichida modal so‘zlar va modallik termining ustiga yuklangan ma’no anchagina keng qamrovli va murakkab hodisadir. Моdаl so‘zlаr (lоtinchа modus – «usul», «o‘lchоv») so‘zlоvchining gаpdа аnglаtilgаn fikrigа, vоqеаhоdisаlаrgа munоsаbаtini ifоdаlаydi. Unga [xullas], [demak], [chamasi], [tabiiy], [ehtimol], [shubhasiz], [shekilli] kabi so‘zlar misol bo‘ladi.
Gаpdа ifоdаlаngаn fikrning vоqеlikkа munоsаbаtini ko‘rsаtuvchi mоdаllik kаtеgоriyasi hаr bir gаpning muhim kоnstruktiv bеlgilаridаn biri hisоblаnаdi. So‘zlovchining munosabatini ifodalaydigan so‘zlar modal so‘zlar sanaladi. So‘zlashuv jarayonida albatta, darhaqiqat, ehtimol singari so‘zlarni ko‘p eshitasiz, lekin bunday so‘zlar borliqdagi narsa-hodisalar, belgi xususiyatlarini nomlamaydi.
Shu bilan birgalikda yordamchi so‘zlarga o‘xshab sof grammatik ma’no ham ifodalamaydi. Bunday so‘zlar bildirilayotgan axborotga so‘zlovchining tasdiq, ishonch, gumon kabi munosabatlarini bildiradi. Modal so‘z ishtirok etgan gap tarkibidan modal so‘zini tushirib qoldirsak ham gapning umumiy mazmuniga putur yetmaydi. Lekin, ishonch, tasdiq ma’nosi bo‘rtib turmaydi.
Masalan, Shalola kelgan, Shalola kelgandir, Shalola keldi, Shalola, albatta, keldi gaplarining birinchisida so‘zlovchining fikrga betaraf munosabati, ikkinchisida gumonsirash, uchinchisida aniqlik, to‘rtinchi gapda fikrning qat’iyligi namoyon bo‘lgan. Bundagi biror gapdan anglashilgan so‘zlovchining munosabati ikkinchi bir gapga ko‘chirilsa ham, gaplarning sintaktik tabiati o‘zgarmasdan qolaveradi. Yuqorida keltirilgan to‘rtta gapning birinchisida qat’iylik (Shavkat uyga borsin),
Ikkinchisida noaniqlik (Qaylardasan, sevikli erkam), uchinchisida afsus (G‘urbat axtarganga g‘urbat ekan bu dunyo), to‘rtinchisida gumon (Sen ham uni sevasanmi?) kabi ma’nolar nosintaktik hodisalar sifatida namoyon bo‘lgan. Ma’lum bo‘ldiki, [Pm] tarkibida tasdiq-inkor va modallik ma’nolari ham mavjud. Shuning uchun [Pm] da mujassamlashgan va turli vositalar bilan ifodalangan tasdiq-inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, aniqlik, qat’iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zarurat, majburiylik va h. ma’nolar gap tarkibida turlicha – kirish bo‘lak, kiritma bo‘lak kabi gapning boshqa bo‘laklari bilan tobehokimlik munosabatiga kirishmaydigan va shu boisdan so‘z birikmalarini ham tashkil eta olmaydigan modal va tasdiq-inkor so‘zlar vositasida kengaytiriladi. Masalan: 1. Nigora, ehtimol keladi. 2. Biz, shubhasiz, yutib chiqamiz. Gaplardagi ehtimol, shubhasiz so‘z-gaplari sodda gap tarkibiga kirar ekan, gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmasa-da, mazmunan (Pm) ning tegishli ma’nolarini muayyanlashtiradi. Modal kengaytiruvchilar bu bilan lisoniy gap mazmunini n utqda to‘laroq ochishga yordam beradi. Modal so‘zlar va modallik masalalarida ko‘plab tilshunos olimlarimiz o‘z tadqiqotlarini amalga oshirganlar.
Jumladan, quyida Sh. Rahmatullayev tasnifi bilan tanishamiz.
Modallar gap shaklga bir butun holda qo‘shilib, so‘zlovchining o‘zi anglatayotgan fikrning aniqligiga, chinligiga ishonch darajasini, voqelikdan taajjublanishini, afsuslanishini ifodalaydi:
Fikrning aniqligini ifodalovchi modallar: fikrning realligini ifodalovchilar: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (eskirgan); fikrning qat’iyligini ifodalovchilar: shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz; anglatilayotgan voqelikning yuz berishiga ishonch bildiruvchi: albatta; anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanini ifodalovchilar: o‘z­o‘zidan, tabiiy; fikrning chinligi eslatuvchi: rostdan, darvoqe, aslida.
Fikrning noaniqligini ifodalovchi modallar: fikrning taxminiy ekanini ifodalovchilar: shekilli, chog‘i, chamasi; fikrning gumonli ekanini ifodalovchilar: ehtimol, balki; fikrning tusmolli ekanini ifodalovchilar: xoy­naxoy, aftidan, mazmuni; fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham ifodalovchilar: har qalay, har holda: Jahonning kattaligi aniq o‘lchangancha yo‘q; h a r h o l d a, bir soldatning qalbidan kichik bo‘lur (G‘afur G‘ulom). Ayrim modallar yuz bergan voqea­hodisadan so‘zlovchining taajjubini, afsusini ifodalaydi: ajabo, attang, esiz, tavba, xayriyat.
Modallar, asosan, quyidagi turkumlarning negizidan ma’no taraqqiyoti asosida o‘sib chiqqan:
1. Ot leksema shakldan o‘sib chiqqan modallar:
tub leksema shaklga teng deb qaraladi: ehtimol kabi;
asli arabcha leksemaning tushum kelishigi shakliga teng bo‘lib, o‘zbek tili
nuqtayi nazaridan tub deb qaraladi: haqiqatan (haqiqat  an) kabi;
asli predlog va leksemadan iborat bo‘lib, o‘zbek tili nuqtayi nazaridan tub deb qaraladi: darhaqiqat (tojikcha dar predlogi va arab tilidan o‘zlashgan haqiqat leksemasidan iborat bo‘lib, tojik tilida analitik grammatik shaklli leksemashakl sifatida dar haqiqat tarzida ajratib yoziladi), darvoqe (Bu modal ham xuddi shunday tuzilgan: tojikcha dar predlogi  arabcha voqe’ = dar voqe’ -‘haqiqatda) kabi. Arxaik filhaqiqat modali esa arabcha fi predlogi, al aniqlik artikli va haqiqat(un) leksemasidan tuzilgan: fi al haqiqat  fil-haqiqat;
asli “ot leksema  atributiv shakl yasovchi” tarkibiga ega leksemashakldan o‘sib chiqqan va ma’noli qismlarga ajratilmaydigan bo‘lgan: shubha  siz = shubhasiz, shakl  li  shekilli kabi (Keyingi misolda kelgan kll tovushlarini talaffuz qilish qiyin bo‘lgani sababli kl tovushlari oralig‘iga i tovushi kiritilgan) kabi;
f) asli leksema va shakl hosil qiladigan morfemadan tuzilgan bo‘lib, modal turkum birligi sifatida o‘sib chiqqan, shakl hosil qiladigan morfemalar o‘z grammatik mohiyatini yo‘qotgan, ajratilmaydigan bo‘lgan. Bunday modallar asli:
“leksema  birlik sonlovchisi  III shaxs nisbatlovchisi  bosh kelishik ko‘rsatkichi” tarkibiga ega bo‘lgan: chama  I  si  II = chamasi, mazmun  I  i  II = mazmuni kabi;
“leksema  birlik sonlovchisi  o‘rin yoki chiqish kelishigi affiksi” tarkibiga ega bo‘lgan: haqiqat  I  da = haqiqatda, rost  I  dan = rostdan kabi (Keyingi modal ko‘pincha rostdan ham shaklida yuklama bilan ishlatiladi);
“leksema  birlik sonlovchisi  III shaxc nisbatlovchisi  o‘rin yoki chiqish kelishigi affiksi” tarkibiga ega bo‘lgan: asl  I  i  da = aslida, aft  I  i  dan = aftidan kabi.
2. Otdan boshqa turkum leksemashakllaridan o‘sib chiqqan:
Sifat leksema shakldan o‘sib chiqqan: tabiiy kabi;
Ravish leksema shakldan o‘sib chiqqan: albatta kabi;
Тojikcha xoh­noxoh fe’l shaklidan o‘sib chiqqan; bunda xoh - ista, no -
ma; xoh­noxoh - ‘ista­istama; o‘zbek tilida har ikki qism oxiridagi h tovushi y tovushiga, ikkinchi qismdagi birinchi o tovushi a tovushiga almashgan: xoh-noxoh
 xoynaxoy; ma’noda ham jiddiy o‘zgarish yuz bergan: ‘ista­istama  ‘tusmol’;
Bog‘lovchidan o‘sib chiqqan: balki.
Birikma shakl hokim a’zosining ellipslanishi (tushirilishi) natijasida yuzaga kelgan: o‘z­o‘zidan aniq  o‘z­o‘zidan kabi.
Birikma shaklning modalga aylanishi bilan yuzaga kelgan: har qalay, har holda kabi.
Biror turkum birligi asosida modal birlik o‘sib chiqqan bo‘lsa, bunday hollarda odatda omonimiya voqe bo‘ladi.
Fе’lning mаyl shаkllаri ifоdаlаydigаn mаslаhаt, so‘rаsh, istаk, оgоhlаntirish, buyruq, qistаsh, tа’qiqlаsh, shаrt kаbi mа’nоlаr mоdаl mа’nоlаrdir.
Аyrim оt vа rаvish shаkllаri оrqаli хоhish, istаk, zаruriyat, imkоniyat, mumkinlik kаbi mа’nоlаr, yuklаmаlаr оrqаli esа gumоn, tахmin kаbi mоdаl mа’nоlаr ifоdаlаnаdi vа bоshqаlаr.
Моdаl so‘zlаr bir butun lеksik birlik sifаtidа qаrаlаdi, ulаrning tаrkibi mоrfоlоgik elеmеntlаrgа аjrаtilmаydi.
R.Sayfullayeva taqlid so‘zlani mustaqil so‘z deb talqin qiladi va buning bir necha ilmiy asoslarini sanab o‘tadi: a)turkiy tillаrdа tаqlid miqdоrаn ko‘p vа mа’nо jihаtdаn rаng-bаrаng; b)ulаrdаgi tоvushlаr tizmаsi mа’lum оb’ektiv vоqelikdаn xаbаr berib turаdi; c)tаqlid gаp tаrkibidа mа’lum bir sintаktik pоzitsiya egаllаydi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv qo‘llanmasida undov, taqlid, maodal so‘z turkumlarini so‘z gaplarni ichida keltirib o‘tadi, ya’ni so‘z gaplarning ma’noviy guruhi sifatida ataydi va ularga alohida ta’rif berib o‘tadi. Har bir nazariyalar bir biridan faqat shakl jihatdan farq qiladi,mazmuni esa deyarli bir xil.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak undov, taqlid, modal so‘z turkumlarini Q.Sapayev alohida so‘z turkumlari deb, R.Sayfullayeva so‘z gapni tarkibiga kirgizib modal va so‘z gapga bir xil ta’rif beradi. Shuni aytib o‘tish joizki so‘z - gap sintaksisda, modal so‘z morfologiyada o‘rganiladi. Ushbu olimlarning undov, taqlid, modal so‘z turkumlariga bergan ta’riflarini o‘rganib chiqqan holda, shunday fikrga keldimki, alohida olingan so‘z turkumlarini, mustaqil so‘z turkumlari qatoriga qo‘shishimiz mumkin. Sababi undov, taqlid, modal so‘zlar mustaqil so‘z turkumlari bajargan vazifada kela oladi. Mustaqil so‘z turkumlaridan farqi shundaki, egalik, kelishik, shax-son qo‘shimchalarini qabul qila olmaydi.
3. Undov taqlid, modalni o‘qitishning ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilishi
Har qanday ilmiy tadqiqot muayyan mеtodologiya va mеtodlarga tayanadi. Har bir fan tajriba va izlanishlar asosida rivojlanib borgani kabi ona tili o‘qitish metodikasi ham ilg‘or tajribalar, turli fikr-mulohazalar asosida taraqqiy etib boradi. Maktabda ona tili o‘qitish usullariga doir barcha masalalarni birgina ishda qamrab olish qiyin bo‘lgani uchun o‘qituvchilar maktabda ona tilini o‘qitishga ijodiy yondashib, sinfdagi mavjud sharoit va holatni hisobga olgan holda, bayon etilgan fikrlarni to‘ldirib boradi.
Ona tili fanini o‘qitishda o‘quvchilarga ma’lum bir mavzu haqida nazariy jihatdan bilim berilgandan so‘ng, albatta, olingan bilimni mustahkamlash uchun metodlardan foydalanish zarur. Undov, taqlid, modal so‘zlarini o‘qitishda, tеkshirish mеtodidan foydalanish o‘quvchilar bilimini yanada oshiradi. Tadqiqotchining o‘rganayotgan ob’еkt mohiyatini haqqoniy yoritishida, qanday mеtodologiya va mеtoddan foydalanishi juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ilmiy tadqiqot jarayoniga qadam bosayotgan yosh izlanuvchi umumiy fan mеtodologiyasi va xususiy ilmiy mеtodlar haqida еtarli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari zarur.
Mustaqillik sharotida kеng rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zbеk tili fani ham mеtodologik, ham xususiy ilmiy tadqiqot mеtodlari nuqtai nazardan boyidi.
«Ona tili o‘qitish metodikasi»ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va hozirgi ahvoli, uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy to‘siqlarga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini, dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at ahllarini yetkazdi, insoniyatga ilmfan, madaniyat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar taqdim etdi. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis, Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim - tarbiya,ilmiy va badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir ko‘rsatdilar.
Bundan yigirma yillar oldin mashhur tilshunos Yu.Stеpanov ham “Hozirgi tilshunoslikning g‘oyalari va mеtodlari” asarida yosh tadqiqotchilar asarlarida mеtodologiya va muayyan xususiy ilmiy mеtodga tayanish masalasida kamchiliklar borligini aytib o‘tadi.
Ona tili ta’limining samarali usullarini izlab topish tarixi garchand uzoq davrlarga borib taqalsa-da, ammo «Ona tili o‘qitish metodikasi» fan sifatida XX asrning 30-yillaridan boshlab pedagogika bilim yurtlari, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida o‘qitila boshlangandan keyin shakllandi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fan sifatida shakllangach, dastur, darslik va shu yo‘nalishda o‘quv - metodik qo‘llanmalar yaratishga ehtiyoj ortdi.
Dastlab S.A. Fessaloniskiyning «Ona tili metodikasi» (1940-yil) talabalar uchun o‘quv qo‘llanmasi sifatida nashr etilgan. Mazkur qo‘llanmada o‘quvchilar nutqini o‘stirish masalalariga katta e’tibor berilgan.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining ilmiy tadqiqot metodlari. «Ona tili o‘qitish metodikasi» mustaqil fan sifatida o‘zining ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot metodlarini ishga solishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad DTS talablariga javob beradigan ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini aniqlash, ona tili darslarini tashkil etishning qulay shakllarini belgilash, o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish singari muhim muammolarning ilmiy yechimini topishdan iborat.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani pedagogik eksperiment, diagnostik tahlil, suhbat, kuzatish,o‘quvchilarning og‘zaki javoblari va yozma ishlarini tahlil qilish, ilmiy pedagogik adabiyotlar tahlili, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, maktab hujjatlarini ko‘zdan kechirish singari ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi.
Morfologiya- so‘z tarkibi, so‘zning asosi, qo‘shimcha, so‘z yasovchi qo‘shimcha, shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, old qo‘shimcha, so‘z turkumlari, mustaqil so‘z turkumlari, to‘plam, tasnif, fe’l,o‘timli va o‘timsiz fe’llar, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, ot so‘z turkumi, atoqli va turdosh otlar, shaxs otlari, narsa otlari, o‘rin-joy nomlari, sifat, asliy va nisbiy sifatlar, sifatlarning otlashuvi, son, sonning ma’no turlari, ravish so‘zlar, ravishlarning ma’no turlari, olmosh, yordamchi so‘z turkumlari, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, alohida so‘z turkumlari, undov so‘zlar, modal so‘zlar, taqlid so‘zlar.
Taqlidiy so‘zlar va undovlarni o‘rganish. Tilimizda mustaqil so‘z turkumlariga ham, yordamchi so‘z turkumlariga ham kirmaydigan talaygina taqlidiy so‘zlar va undovlar bo‘lib, o‘quvchilarni bu so‘zlar olamiga olib kirish ularning nutqiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Ma’lumki, taqlidiy so‘zlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: a) tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar; b) holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar.
O‘quvchilar lug‘atini tovushga taqlidni bildiradigan so‘zlar bilan boyitish maqsadida berilgan so‘zlarni (masalan, inga-inga, gumbur-gumbur, pix-pix, vizviz, vish-vish,vaq-vaq, miyov-miyov, bildir-bildir, hov-hovva h.k.), inson tovushiga taqlid so‘zlar, hayvon, qush, hasharotlar chiqaradigan tovushga taqlid so‘zlar, tabiat hodisalari chiqargan tovushlarga taqlid so‘zlarga ajratish va bu so‘zlar guruhini mustaqil davom ettirish, tovushga taqlid so‘zlarni to‘liq takrorlangan (masalan, gumbur-gumbur, guldur-guldur) va tovushlar takrori (masalan, taq-tuq, shaq-shuq) kabi guruhlarga ajratish, ular yordamida gaplar qurish, matn yaratish, taqlid so‘zlarda ma’noning torayishi (masalan, shaqshaqa, tartarak, sharshara), ularning qo‘llanilishi va imlosi ustida ishlashga oid amaliy ishlar bajariladi.
Holatga taqlid so‘zlar ustida ishlashda ham xuddi shunga o‘xshash ish usullaridan (masalan, holatga taqlid so‘zlar ro‘yxatini tuzish, berilgan so‘zlarning uyadoshlarini topish, bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish, matn yaratish va h.k.) foydalansa bo‘ladi.
Juft va takrorlanib qo‘llangan taqlid so‘zlar orasida chiziqcha qo‘yib yozish malakasi yuqorida tilga olingan har bir amaliy ish orqali o‘quvchilarga singdirib boriladi.
Mazkur mavzuni o‘rganish taqlidiy so‘zlardan foydalanib, tasviriy insho yozish bilan yakunlansa, hosil qilingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning amaliy qimmati yanada ortadi.
Undovlarni o‘rganishda ham, ularning ma’no guruhlari ustida ishlashda ham o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish muhim talab sanaladi. Berilgan undovlarni ma’no jihatdan his-hayajon undovlari (masalan, oh, eh, uh, o,e, voy, ura, ofarin, rahmat, hormang, balli, hay-hay, bay-bay, xo‘sh) va haydash-chaqirish undovlari (masalan, kisht, chuh, beh-beh, po‘sht-po‘sht) ga ajratish, bu har ikkala ro‘yxatni mustaqil davom ettirish, ularning yakka holda yoki takrorlab qo‘llanilganligini aniqlash va imlosini sharhlash, har bir undov so‘zning ma’no nozikligi ustida ishlash, ular yordamida gaplar tuzish yoki matn yaratish, oh- vohlari, dodiga et, voy-voylari singari ma’nosi toraygan undovlarning nutqda qo‘llanilishi ustida ishlash kabi amaliy ishlar o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy asarlardan,xalq dostonlaridan undov gaplarga misollar toptirishning ahamiyati benihoya katta.
Undovlarning ma’no guruhlari ustida ishlash, ularning imlosi ustida ishlash bilan qo‘shib olib boriladi.
Mazkur mavzuni o‘rganishda xalqimizning asriy urf-odatlaridan biri minnatdorchilikni ifodalovchi hormang, bor bo‘ling, rahmat, taishkkur, barakalla, ofarin, balli kabi undov so‘zlarni o‘quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib kirishga alohida e’tibor berish lozim.
Taqlidiy so‘zlar va undovlarni o‘rganishda xalq topishmoqlaridan foydalansa bo‘ladi. Masalan, Olisdan jangur-jungur, Yaqindan oddiy temir. Ajoyibdur oq laylak, Nog‘ora chalar taq-taq. To‘pim to‘p-to‘p etasan, Ursam uchib ketasan.
Xullas, taqlidiy so‘z va undovlar ustida ishlash o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Taqlidiy so‘zlar va undovlarga oid tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlar, birinchi navbatda, o‘quvchilar nutqini shu so‘zlar bilan boyitishga, ularni to‘g‘ri yozish, talaffuz qilish va ma’nosini farqlashga, bu so‘zlardan nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishga qaratilishi lozim.
O‘quvchilar berilgan matndan taqlid so‘zlarni ajratish, ularning imlosini sharhlash, ajratilgan so‘zlarni to‘liq takrorlangan hamda tovushlar takrori kabi guruhlarga ajratish, taqlid so‘zlarning gapdagi vazifasi ustida ishlash, taqlid so‘zlaridan yasalgan fe’llar ro‘yxatini tuzish; his-hayajon, murojaat, buyruq ma’noli so‘zlardan foydalanib gaplar tuzish, undovlarning ma’nosini tushuntirish, berilgan undovlarni his-hayajon undovlari va haydash-chaqirish, undash undovlari kabi guruhlarga ajratish, taqlid so‘zlar va undov so‘zlardan foydalanib matnlar yaratish yuzasidan o‘zaro bellashishlari, kuch sinashishlari mumkin.
«Taq-taq etdi, o‘zi yo‘q, Yalt-yalt etdi, izi yo‘q.»o‘yini. Bu o‘yinda sinf o‘quvchilari ikki guruhga ajratiladi va 1-guruhga tovushga taqlid so‘zlarning, 2guruhga tasvirga taqlid so‘zlarning ro‘yxatini tuzish topshiriladi. Bellashuvda o‘yin-topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruh yengib chiqadi.
Namuna: 1-guruh: taq-tuq, gumbur-gumbur, viz-viz, shov-shuv, shaqirshuqur, tiq-tiq; 2-guruh: yalt-yult, jimir-jimir, yarq-yarq, milt-milt.

So‘zlarni uyalariga to‘g‘ri ajratish bellashuvi. O‘qituvchi bellashayotgan guruhlarga to‘liq takrorlanish natijasida hosil bo‘lgan taqlid so‘zlarni alohida guruhga, tovushlar takrori orqali hosil bo‘lgan taqlid so‘zlarni esa alohida guruhga ajratib yozib, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish va belgilangan vaqtda muayyan miqdorga yetkazishni topshiradi. Xuddi shu o‘yin taqlidiy so‘zlarning ma’no guruhlari yuzasidan ham tashkil etilishi mumkin.


Bellashayotgan guruhlar o‘zaro insonning turli holati va kayfiyati tufayli sodir bo‘ladigan tovushlarga taqlid so‘zlar. (masalan, hah-hahhah; xi-xi-xi; ingainga; pix-pix; qasir-qasir; bildir-bildir; duk-duk, pildir-pildir va h.k.) hayvon, qush va hashoratlar chiqargan tovushga taqlid so‘zlar (masalan, vov – it hurishiga taqlid, uv – it yoki bo‘ri uvillashiga taqlid, mo‘-mo‘ – sigir ma’rashiga taqlid, baa – qo‘y ma’rashiga taqlid, mee – echki ma’rashiga taqlid, miyov-miyov – mushukning miyovlashiga taqlid, vaq-vaq – qurbaqa vaqillashiga taqlid, pit-pildiq – bedananing sayrashiga taqlidva h.k.) yuzasidan ham bilimlarini sinab ko‘rishi mumkin.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zaro tabiat hodisalari (yomg‘ir, chaqmoq, shamol va h.k.); mashina, daraxt, temir, qo‘ng‘iroq, miltiqva h.k. narsa-buyumlar chiqaradigan tovushlarga taqlid so‘zlar yuzasidan ham o‘yin-topshiriq tarzidagi bellashuvlarni o‘tkazishlari mumkin.
Taqlid so‘zlardan foydalanib gaplar hosil qilishni ham musobaqa tarzida o‘tkazsa bo‘ladi. Bellashayotgan guruhdagi har bir o‘quvchiga ikkitadan taqlid so‘z berilib, shular ishtirokida gaplar hosil qilish topshiriladi. Topshiriqni o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajargan guruh g‘olib sanaladi.
Undov so‘zlarni o‘rganishda ham bir qator topshiriqlar o‘yin tarzida tashkil etilsa, mashg‘ulot qiziqarli va samarali bo‘ladi. O‘quvchilar berilgan undovlarni (masalan, a, ah, o, obbo, beh-beh, pisht, qurey-qurey, ohho, ey, eh, eh-he, ishsh, hm, tuf, ura, xixva h.k.) his-hayajon undovlar va haydash-chaqirish undovlari kabi guruhlarga ajratib,bu guruhlarni belgilangan vaqtda muayyan miqdorga yetkazish bo‘yicha ham kuch sinashishlari mumkin.
Undov so‘zlarning imlosi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ancha murakkab masalalardan biridir. Shuni nazarda tutib, o‘quvchilarning o‘zaro bellashuvida ko‘proq undov so‘zlar ishtirok etgan gaplarda qo‘llaniladigan tinish belgilari ustida ishlash maqsadga muvofiqdir.
Modal so‘zlarni o‘rganish. Tilimizda so‘zlovchining anglashilayotgan fikrga munosabatini ifodalovchi albatta, darhaqiqat, shubhasiz, tabiiy, aslida, chamasi, balki, ehtimol, koshki, qaniydi, darvoqe, nahotki singari bir qator so‘z-gaplar borki, ularning ma’nosini bilish va nutqda qo‘llanilishini ta’minlash mazkur mavzuni o‘rganishdan ko‘zlanadigan bosh maqsadni tashkil etadi.
O‘quvchilarni modal so‘zlar olamiga olib kirishning eng qulay usullaridan biri berilgan so‘zlarni:a)fikrning rostligi, chinligini ifoda etuvchi so‘zlar (masalan, albatta, haqiqatan, tabiiy, so‘zsiz); b) fikrning noaniqligini ifoda etuvchi so‘zlar (masalan, balki, chamasi, ehtimol); v) istakni ifoda etuvchi so‘zlar (masalan, zora, shoyadki); g) kutilmaganlikni ifoda etuvchi so‘zlarni (masalan, nahot, nahotki) ajratish, bu so‘zlar ro‘yxatini mustaqil davom ettirish, ularning ma’no nozikligi ustida ishlash, berilgan modal so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar topish, gapda yoki matnda ma’lum bir modal so‘zni uning ma’nodoshi bilan almashtirish, shunday so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish kabilar bo‘lib sanaladi. Mazkur ish usullaridan foydalanishda modal so‘zlarning gapda vergul bilan ajratilishiga ham alohida e’tibor berishga to‘g‘ri keladi.
B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodovalar muallifligida tuzilgan “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” qo‘llanmasida alohida so‘z turkumlariga undov,taqlid,modal so‘zlarni kiritadi.
Alohida so‘z turkumlari: so‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini, his-hayajon, haydash-chaqirishni, tovushga va holatga taqlidini bildirgan so‘zlar alohida so‘z turkumidir. Ular undov,taqlid,modal so‘zlar deyiladi. Bu so‘z turkumlari alohida lig‘aviy ma’no bildirmaydi,ammo ba’zan gap bo‘lagi vazifasini bajarishi mumkin.
Download 40.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling