Soz vaznlari Misollar asosida vazn hosil qilish


Download 19.66 Kb.
Sana28.10.2021
Hajmi19.66 Kb.
#169218
Bog'liq
soz vaznlari


Mavzu: So’z vaznlari. Lug’at bilan ishlash.
Reja:

  1. Soz vaznlari

  2. Misollar asosida vazn hosil qilish

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Arab tilida so’zlarning tuzilishini o’rganish, shakl yasovchi undoshlarni ajratish, lug’atdan to’g’ri foydalanishni o’rganish, so’zlar tuzilgan qoliplarni yodda saqlash va ularni qo’llashga oid ko’nikma hosil qilish.

Arab tilidagi so‘zlarning xilma-xil shakllarini bir tartibga solish maqsadida ularni qolip (vazn)lar bilan ifodalanadi. Masalan, uch harfliI bob fe’lining umumiy qolipi sifatida «فعـل » qildio‘zagiishlatiladi Bunda « ف »harfi fe’lning birinchi o‘zak undoshini, «ع» harfiikkinchi o‘zak undoshni, «ل» harfi esa uchinchi o‘zak undoshniifodalaydi. Har qanday so‘zning qolipi shu harflar asosida yasaladi. Harakatlari va shakl yasovchi undoshlari esa shundoq ko‘chirib qo‘yiladi. Bizga tanish quyidagi so‘zlar ushbu qoliplar bo‘yicha yasalgan ekan:

فَعَلَ دَرَسَ؛ فَعِلَ عَلِمَ؛ فِعْلٌ عِلْمٌ؛ فَاعِلٌعَالِمٌ؛ مَفْعَـلَةٌ  مَدْرَسَةٌ.

To‘rt yoki besh harfli fe’lni yoki undan yasalgan ismni qolipga solinganda to‘rtinchi undosh ham, beshinchi undosh ham ل harfi bilan belgilanadi:

تَرْجَمَ  فَعْلَلَ ؛ مُتَرْجِمٌ  مُفَعْلِلٌ ؛ سَفَرْجَلٌ  فَعَـلَّلٌ.


Lug’at bilan ishlash.
Lug‘atlar asosan o‘zak asosida tuzilgan bo‘ladi. Ularda bir o‘zakka oid bo‘lgan so‘zlar bir joyda beriladi. Bunday lug‘at bilan ishlashda so‘zning tarjimasini bilish uchun avval uning o‘zagini aniqlash kerak. Ammo bu narsaga ko‘p o‘qib, o‘rganib erishiladi. Agar o‘quvchiga bir o‘zakka oid bir necha so‘zlar ma’lum bo‘lsa, ularning o‘zagini topish osonroq bo‘ladi.

Masalan, دَرْسٌ، مَدْرَسَةٌ، تَدْرِيسٌ ، مُدَرِّسٌ so‘zlari «درس» o‘zagi asosida va كَلِمَةٌ، مُتَكَلِّمٌ، كَلامٌ، تَكَلَّمَ so‘zlarining o‘zagi esa «كلم» o‘zagi asosida hosil qilingan ekan.

Ushbu so‘zlarning ma’nosini topishda ularni lug‘atdan shu o‘zaklar bo‘yicha qidirish lozim. Ya’niمَحمُودٌ، أحْمَدُ، حَمِيدٌ، حَمِدَ so‘zlarining ma’nolarini lug‘atlarda alifbo tartibida emas, balki uni «ح» harfidan boshlab « حمد » o‘zagidan qidirish kerak bo‘ladi.



  1. Ilgarigi darslarda o‘tilgan, sizga tanish bo‘lgan so‘zlarni alifbo tartibida o‘zak harflariga e’tibor bergan holda lug‘at daftaringizga yozing.

  2. Quyidagi so‘zlarning bir guruhga birlashtiruvchi o‘zak xarflarini aniqlang va lug‘at kitobidantopib oling.

a)إعْلامٌ، تَعْليمٌ، مُعَلِّم، مَعْلومٌ، عالِمٌ، عالَمٌ، عَلَمٌ، عِلْمٌ

b) استعمال، مَعْمَلٌ، مُعامَلَةٌ، عامِلٌ، عَمَلٌ

v) رحمانٌ، مرحومٌ، مرحَمَةٌ، رحمَةٌ، رحيمٌ

g)مُسْتَحْكَمٌ، حُكومَةٌ، حَكيمٌ، حِكْمَةَ، مَحكومٌ، حاكِمٌ، حُكْمٌ

d)اسْتِكْمالٌ، تَكْميلٌ، مُكَمَّل، كَمالةَ، كامِلٌ، كَمالٌ



ye)مُحَمّدٌ، مَحْمودٌ، أحْمَدُ، حَميدٌ، حَمدٌ

  1. Quyidagi so‘zlar tarkibidan o‘zak bo‘la oladigan va o‘zak bo‘la olmaydigan harflarni aniqlang, so‘ngra bu so‘zlarni lug‘at kitobidan topib oling.


بادن، بروز، بيان، جليل، جميل، شديد، مصباح، سلام، صداقة، مأمول، مسألة، رئيس، عجيب،

مقعد، نافذة، غرفة، مشهور.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

Asosiy adabiyotlar

  1. Ibrohimov N., Yusupov T. Arab tili grammatikasi. 1-, 2-jildlar. –T., 1998, 2003.

  2. Baranov X. Arabsko-russkiy slovar. –M., 1985.

  1. Xolidov B. Arab tili darsligi. –T.: O‘qituvchi, 2007.

  2. Abdujabborov A. Arab tili. –T., 2007.

  3. Talabov E. Arab tili. –T.: O‘qituvchi, 1993.

  4. Hasanov M., Abzalova M. Arab tili darslari. –T.: Nihol, 2010.

Download 19.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling