So‘z yasalishi so‘z yasalish tarkibi 4 1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili”


Download 428.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana22.01.2023
Hajmi428.13 Kb.
#1109271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
So\'z yasalishi amall.mashg\'ulot

3-amaliy ish. “Bulutlar” orasiga yashiringan so‘zlar ichida bittasi 
ortiqcha. Ortiqcha so‘zni toping va yasalish usuliga izoh bering.
4-amaliy ish. Berilgan modellarga mos so'zlar yasang. Qaysi usul 
asosida so‘z yasalganligiga diqqat qiling.
1-variant.
[ot + ot], [ot + -sira], [taqlid so‘z + -ilia], [sifat + ot], [fe’l + -im], fot + 
fe’l], [sifat + -lik]
2-variant.
[son + ot], [fe'l + -iq], [son + ot], [no- + ot], [fe’l + -ma], [fe’l + 
-mon], [fe'l + fe'l]
3-variant.
[sifat + -chan], [be - + ot], [ravish + ot], [ot + -don], [ot + fe’l], [ot + 
-zor], [ot + fe’l], [ot + -iy]
*
5-amaliy ish. “T - jadval” asosida berilgan so‘zlaming 
yasalish va morfem strukturasini tahlil qiling.
Terimchilar, andishali, yaxshilikni, o'matiladigan, vatanparvarlik, 
notinchlik, yo'liqmang, bilimdon, serquyosh, yig ‘lamaysanmi, tinimsiz, 
suvoqchilik.
19


Namuna:
so‘z yasalish strukturasi 
morfemik struktura
terim+chi
ter + im + chi + lar
6-amaliy ish. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan 
“Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” darsligida (A.Nurmonov, A.Sobirov, 
N.Qosimova. Hozirgi o ‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm-ziyo, 2010. 
114-b. 1-k.) berilgan 164-mashqni bajaring.
164-mashq. Matnni o ‘qing. Qo‘shimchalarga e ’tibor bering. So‘z 
yasovchi qo‘shimchalami daftaringizga ko‘chirib oling.
Turkiston Muxtoriyati... Temur xoqonining chin bolalari yoninda, 
turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan о ‘g ‘urli, mundan muqaddas, 
mundan suyunchli bir so 'zni borlig ‘iga ishonmayman!
Turkiston turkining qonini qaynatuchi, imonini yuksaltguchi bir 
quvvat bor esa, yolg ‘iz shu so ‘zda bordir: Turkiston Muxtoriyati!
Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo'limiz bog'landi, sharafimiz 
yumurildi, nomusimiz g ‘asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo'ldi, 
insonlig ‘imiz oyoqlar ostiga olindi, to ‘zimli turdik, sabr etdik.
Kuchga tayangan har buyruqqa bo'yinsundik, butun borlig'imizni 
qo'ldan berdik. Yolg'iz b irjikm i bermadik, yashuntirdik, emgaklarimizg'a 
о ‘rab saqlaauk: Turkiston Muxtoriyati!
Mahkama eshiklaridan yig'lab qaytg'anda, yorug'siz turmalarda 
yotg 'anda, yirtg ‘uvchi jandarmning tepgusi bilan yiqilg ‘anda, yurtlarimiz 
yondurulg'anda, dindoshlarimiz osulg‘anda ongimiz y o ‘qoldi, miyamiz 
buzuldi, ко ‘zimiz yog ‘dusiz qoldi, biror narsani ко ‘rolmadik. Shul chog ‘da 
ruhimizni ко 'tarmak uchun shul qop-qorong 'u dunyoning uzoq bir yerinda 
oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga о ‘trnas ко 'zimiz shuni 
ко ‘rar edi. Ul nima edi? TURKISTON MUXTORIYATI!
(A.Fitrat)
20



Download 428.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling