4. "Islom oltin davri" yoki "Musulmon renessansi" davrida dunyoviy va diniy bilimlar ravnaqiga o‘z hissasini qoʻshgan ajdodimiz asari?
A) Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lug‘atit turk" (Turkiy soʻzlar devoni"
B) Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" (Haqiqatlar armug‘oni)
C) Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" ("Baxt-saodatga eltuvchi bilim)
D) Imom al-Buxoriyning "Al jomi‘ as-sahih" ( Ishonchli to‘plam), "Al-adab al- mufrad" (odob durdonalari)
5. IX-XII asrlarda Qoraxoniylar davlatida sanʼat, madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi va bu davrda qaysi ikki buyuk shaxs vakillari yetishib chiqdi?
A) Pahlavon Mahmud, Nosiriddin Rabg‘uziy B) Ahmad Yassaviy va Ahmad Yugnakiy
C) Mahmud Qoshgʻariy, Yusuf Xos Hojib D) Ganjaviy, Dehlaviy
6. XI asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo va Gʻarbiy Xitoy hududida yashagan turkiy xalqlarning tili, tarixi, geografiyasi, ijtimoiy ahvoliga oid qimmatli maʼlumotlar, maqol va matallar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy parchalar keltirilgan, bir-biriga qarama-qarshi hodisa yoki tushunchalar tasviri asosida qurilgan munozara janrining dastlabki namunasi bo‘lgan asar...
A) Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" asari B)Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig"
C) Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lug‘atit turk" D) Imom al-Buxoriyning "Al jomi‘ as-sahih"
7. "Islom dinining asosi hisoblangan mehr-oqibat, ruhiy kamolot, iymon-eʼtiqod, nafs, sabr-toqat kabi mavzular tahlil qilinadi. U zamondoshlarini mehrli boʻlishga chaqiradi, nafs yo‘lida mojarodan charchamaydigan aka-ukalar, mehr-muruvvatni unutgan ota-onadan ranjiydi, inson zotining axloqsizliklaridan azoblanadi". Ushbu fikrlar qaysi asarga tegishli?
A) Rabgʻuziyning "Qisasi Rabgʻuziy" B) Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"
C) Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" D) Rumiyning "Masnaviyi maʼnaviy"
8. Davlatni boshqarish qoidalari, odob-axloq, adolat, insonparvarlik, tilning fazilati, foyda va zararlari, bilim, o‘quv- idrok farqi, bir yigitga qirq hunar ozligi, beklikka loyiq bo‘lish haqida qimmatli fikrlar keltirilgan asar...
Do'stlaringiz bilan baham: |