11. Oxirgi yuz yillikdagi ma’lumotlarga qaraganda nechta til o’lik tilga aylanib ulgurgan?
A) 500 ta til B)1000 ta til C) 200 ta til D) 700 ta til
12. YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko‘ra, O’zbekiston hududidagi o’layotgan tillarni aniqlang.
A) Buxoro-Samarqand yahudiylari tili B) Markaziy Osiyo lo‘lilari C) Markaziy Osiyo arablari tili D) Barcha javoblar to’g’ri
13. Sayla-saylov, sina-sinov, aya-ayovsiz; so‘ra-so‘roq, bo‘ya- bo‘yoq; o‘yna-o‘ynoqi, sayra-sayroqi. Mazkur so’zlarda fonetik hodisalarning qaysi turi yuzaga kelgan?
A) tovush o’zgarish B) tovush tushishi C) tovush ortishi D)tovush ikkilanishi
14. Sendan, kimsan, deb surishtirganda, sen pasportingni ko‘rsatasan. Unda hamma narsa yozig‘liq. Agar biror xalqdan, kimsan, deb surishtirsa, u pasport sifatida o‘z vakilini, olimini, shoirini, bastakorini, arbobini, lashkarboshisini ko‘rsatadi. Ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Shavkat Rahmon B) Chingiz Aytmatov C) Rasul Hamzatov D) Ozod Sharafiddinov
15. Qaysi qatorda “qulog’i tom bitgan” iborasidagi “tom” so’ining ma’nosi to’g’ri izohlangan?
A) uyning tomi B) kitobning tomi (jildi) C) to‘la, to‘liq, butunlay, tamomila
D) barcha javoblar to’g’ri
16. Dialektizm atamasining ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqiga xos so‘z shevaga xos so‘z deyiladi. Sheva so‘zi fanda dialektizm deb ham yuritiladi.
B) Nutqda ba’zan so‘z yasovchiqo‘shimchalarni yanglish va ortiqcha qo‘llash holatlari
C) Nuqtqiy qulaylik uchun qisqartiligan so’z va iboralar
D) Soʻzlovchiga aytish noqulay, nooʻrin yoki qoʻpol tuyulgan soʻz va iboralarning sinonimi sifatida paydo boʻlgan soʻzlar.
17. Irkit so‘zi abadiy tilda kir, iflos degan ma’no bilan qo‘llaniladi. Ushbu so’z ayrim shevalarda qanday ma’nolarni anglatishi mumkin?
A) ayrim shevada ayron xalta B) ayrimlarida beo‘xshov, qo‘pol ko‘rinishli
C) sut,qatiq solinadigan ko’za ma’nosida D) A va B javob to’g’ri
18. Kelasi zamonning -gay, -ajak, -gu, -ur shakllari faqat qaysi uslubda qo‘llanadi?
A) ilmiy uslubda B) publitsisitik uslubda C) so’zlashuv uslubida D) badiiy uslubda
Do'stlaringiz bilan baham: |