so‘zi arabcha bo‘lib, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan «logika» so‘ziga muvofiq keladi. «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat»


Download 19.45 Kb.
bet2/3
Sana15.11.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1776750
1   2   3
Bog'liq
so‘zi arabcha bo‘lib, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan «lo

Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur uch xil: tushuncha, hukm va xulosa chiqarish shaklida mavjud. Tafakkur shakli fikr mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasidir. Fikrlash elementlari esa predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlardir.

  • Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini yaxlit holda aks ettiruvchi tafakkur shakli. Masalan, «davlat» tushunchasida o‘z maydoni, axolisi, boshqaruv vositalariga ega siyo­siy tashkilot aks ettiriladi.



Hukm – predmet va hodisalarga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukmlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi.
Xulosa chiqarish – bir va undan ortiq chin mulohazalarni keltirib chiqarishdan iborat tafakkur shakli.
CHin fikr deb, o‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikrga aytiladi (Ma­salan, «Temir-metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning chin yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.
Hozirgi paytda mantiq ilmining formal mantiq, dialektik mantiq va matematik mantiq kabi yo‘nalishlari farqlanadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Buqonun formal mantiq ilmida «A – A dir» formulasi bilan ifodalanadi.


Istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo‘lib, fikrning to‘lik mazmunini kamrab olib, bayon qilingan ikki zad fikrdan birn chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘k ekanligini ifodalaydi.
Etarli asos qonuni
To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Muhokamaning chinligiga hech kanday shubha bulmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi.

Download 19.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling