Tushuncha predmet va xodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq kiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda kiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi
Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z maydoni, axolisi, xokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil kilmaydi. Ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydi. Masalan, kaysi irkda, millatga, jinsga taalluqli bo‘lishi individning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas.
Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi
Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi kismlar tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida urganiladi.
Sintez analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun xoliga keltirishdan iborat. Sintez bulmasa predmet haqida yaxlit fikr xosil qilib bo‘lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog‘liqdir.
Tushuncha xosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniklangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tarika bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Stoya maktabi vakillari birinchi bo‘lib, «logika» terminini tafakkur haqidagi maxsus fanni ifodalash uchun qo‘llashgan
Aristotel mantiqni «ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi», «chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi» fan sifatida ta’riflaydi
Induksiya - kundalik hayotdagi yakka misollar asosida umumiy tushunchalarni hosil qilish usulidir. Definitsiya - bahs jarayonida tushunchalarni ta’riflashdan iborat. Bu usulni Sokrat «mayevtika» deb ataydi
Do'stlaringiz bilan baham: |