So‘zi ingliz tilidagi "to compute", "computer"


Download 450.85 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi450.85 Kb.
#1020167
Bog'liq
Kampyuter tarixi

  • Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi “to compute”, “computer”, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar.
  • XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter bu - turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.

Shaxsiy kompyuterning sxemasi: 1. Monitor 2. Ona plata 3. Protsessor 4. Port ATA 5. Tezkor xotira 6. Kengaytiruvchi kartalar 7. Quvvat bloki 8. Diskovod 9. Qattiq disk 10. Klaviatura 11. Sichqon
Kompyuter periferik qurilmalari haqida
Xakkerlik
Pinhoniy xavf kundalik turmushimizga kirib kelgan kompyuter texnologiyalari bugun hayotimizning muhim jihatlaridan biriga aylanishi bilan birga bizni o'z yo'rig'iga ham boshlayapti. Hozir shaxsiy kompyuterga ega bo'lmagan odam yo'q hisobi. Ammo ular orasida asr mo'jizasi imkoniyatlaridan g'arazli maqsadlarda foydalanuvchilar ham topiladi. Shu bois, kompyuterlarga kirishni qulf(parol)lash va begonalardan asrashga ehtiyoj tug'ildi. Qarangki, ehtiyotkorlik oshgani sari ularga qarshi xurujlarning turi ham ko'pa­yib borayapti. Bu faoliyat keng jamoatchilik tomonidan xakkerlik deb yuritiladi. Hozir xakerlar puldor shaxslar, tashkilotlar, banklar va hatto davlatlar manfaati uchun ham jiddiy xavf tug'dira boshladi. "Xakker" atamasi dastlab matematik masalalarni "aylanma yo'llar" bilan hal qiluvchilarga nisbatan haqorat sifatida ishlatilgan. Xakkerlik tufayli kompyuter ishqibozlari obro'li va xavfli bo'lib kelmoqdalar. Uning asoschisi mash­hur matematik Jon Nesh hisoblanadi.
Download 450.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling