So‘zlashuv uslubi
Ob‘yektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, ob‘yektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi
Download 19.64 Kb.
|
So‘zlashuv uslubi
Ob‘yektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, ob‘yektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi.
Chunki, «haqiqat mazmunan ob‘yektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida sub‘yektivdir». Ilmiy matnda ham, garchi obyektiv borliq hodisalari haqidagi mushohadalar aks etsa-da, uning muallifi muayyan shaxs hisoblanadi, binobarin, subyektiv fikrlar bayon etiladi. Bu sub‘yektivlik esa hayot haqiqati bilan hamisha mos kelavermasligi mumkin. Bu, ayniqsa, gumanitar fanlarda, masalan, tarix va adabiy tanqidga oid tadqiqotlarda yaqqol seziladi.
Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari uni boshqa uslublar bilan qiyoslaganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Til materialidan foydalanishdagi juda ko‘p jihatlari, aytaylik, fikrning aniqligi va ravshanligi, bayonning to‘liqligi va ob‘yektivligi, fikriy ifodaning ravonligi va realligi, standart jumlalarning ko‘pligi, umuman, fikrni standart andozalarda berishga intilish, emotsional-ekspressivlikning xos emasligi kabi ekstralingvistik omillar bilan RUga yaqin turadi.
Download 19.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling