"Soʻzning sinonim(maʼnodosh)larini davom ettirish" oʻyini.
1.Adadsiz...
Savol:"Buloq","Sevgi","Ona tuproq","Tong lavhasi" sheʼrlari muallifi kim?
2.Bedodlik...
Savol: Qoʻqon shahridan uncha uzoq boʻlmagan Asht qishlogʻida tavallud topgan ijodkor kim?
3.Afzal...
Savol: Muqimiy qanday mahallada dunyoga kelgan?
4.Ajablanmoq...
Savol:"Senyor Molteni"qaysi asar qahramoni?
5.Aloqador..
Savol:"Quvnoq sheʼrlar kitobi" asari muallifi kim?
6.Bajarmoq...
Savol:Feʼllarning munosabat shakllari qaysi?
7.Bahs...
Savol: Feʼllar tuzilishiga koʻra necha turga boʻlinadi?
8.Baxt...
Savol: Feʼlning oʻtgan zamon shakli qoʻshimchalari qaysi?
9.Beixtiyor...
Savol:Holatni bildiradigan ravishdosh shakli qaysi?
10.Baʼzan...
Savol:Harakatning davomiyligini bildiruvchi koʻmakchi feʼllarni toping.
!Oʻyin sharti.Yuqorida soʻzlar hamda 10 ta savol berilgan.Soʻzlarning maʼnodoshlari esa javoblar qatorida yashirilgan.Agar savolning javobini topsangiz, soʻzlarning sinonim(maʼnodosh)larini topasiz.Yaʼni soʻzning ostida savol berilgan,savolga pastdagi javoblardan mosini topsangiz,soʻzning sinonimlarini ham topasiz.Soʻzlarni daftarga yozib joʻnatinglar.
Javoblar.
A.Janni Rodari.
Daxldor,tegishli,bogʻliq, taalluqli,oid
B.-ib,-di,-gan.
Tole,omad,iqbol, saodat.
D.Yotmoq,yurmoq,turmoq.
Goho,ahyon-ahyon,ora-sira,oʻqtin-oʻqtin,unda-bunda,gohi-gohida.
E.Abdulla Qahhor.
Haqsizlik,adolatsizlik.
F.Erkin Vohidov.
Son-sanoqsiz, hisobsiz,behisob,beadad, cheksiz.
G."Shahzoda Plombir.
Taajjublanmoq, hayron boʻlmoq,hayratlanmoq.
H.-Gancha(-qancha,-kancha).
Ixtiyorsiz,bexosdan,bilmasdan.
I.4xil:sodda,qoʻshma,juft,takroriy.
Tortishuv, munozara,mubohasa.
J.Zamon,shaxs-son,mayl.
Ado etmoq,bitirmoq,doʻndirmoq,bajo qilmoq,oʻtamoq.
K.Bekvachcha
Ustun,ortiq,yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |