Sp z o o. "Can", 2022


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1212857
1   2
Bog'liq
Maqola..

YETISHTIRISH USULI 
281 
Maxammadiyeva Sabina Sharofiddin qizi 
IQTISODIY FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI
284 
Ashurova Ulg‘o‘zi Isroil qizi 
O‘ZBEKISTONGA KO‘CHIRILGAN KOREYSLAR HAYOTI: TARIX VA TAHLIL 
289 


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOSHQARUVIDAGI
INNOVATSION ISLOHOTLAR. 
Ismatov Shohruhbek Murod o'g'li 
Buxoro davlat Pedagogika instituti. 
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi. 
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani innovatsion 
rivojlantirish, ilm-
fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va 
natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga 
oshirildi. 
Respublikani innovatsiyalar sohasidagi global reytingdagi ilg‘or 50 ta mamlakat 
ro‘yxatiga kiritishga qaratilgan strategik dastur tasdiqlandi, ilmiy loyihalarni 
moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etildi, ilm-fan sohasida yuqori malakali 
kadrlarni moliyaviy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratildi. 
Mazkur yangilanishlar davlat boshqaruvi tizimining samadorligini oshirishga 
qaratilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Yaqin istiqboldagi innovatsion 
taraqqiyotimizning dasturilamali bo‘lgan Harakatlar strategiyasining birinchi 
yo‘nalishi ham aynan davlat boshqaruvi tizimi va jamiyat qurilishi sohasidagi 
islohotlarga bag‘ishlangani bejiz emas. Yangi O‘zbekistonda demokratik davlat 
boshqaruvi tizimini isloh qilish “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa 
xizmat qilishi kerak”, degan yuksak g‘oyaga asoslangan holda amalga 
oshirilmoqda. Bu borada hozirga qadar qilingan saʼy-harakatlarni tahlil etsak, 
quyidagi muhim jihatlarni ko‘rish mumkin. 
1. Xalq bilan muloqot qilish, insonlar dardi, muammolarini samarali, tezkor hal 
qilishning sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Olib borilgan 
ishlar samarasi o‘laroq, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 
ustuvor vazifalari bo‘yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, yillar 
davomida to‘planib qolgan muammolarni yechish, sohani to‘laqonli tartibga solish 
amalga oshirilmoqda. 
2. Jahon andozasi bo‘lgan “tarozilar pallasi” (checks and balances) 
tamoyilining amalda o‘z aksini topishiga erishildi. Jumladan, Bosh vazir 
o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga 
binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Prezident tomonidan 
tasdiqlash tartibi belgilandi. 
Shu bilan bir qatorda, Hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish 
bo‘yicha yaqin muddatga va istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi bilan deputatlar 


oldida chiqish qilish tartibi joriy etildi; Hukumat aʼzosining o‘z harakat dasturi ijrosini 
amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axboroti Oliy Majlis palatalari, ularning 
qo‘mitalarida muntazam eshitib borilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yildi; viloyat, tuman va 
shahar davlat organlari rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan 
tasdiqlanishi belgilandi. Qonunchilik palatasida davlat boshqaruvi organlari 
mutasaddilarining axborotini eshitish bo‘yicha “Hukumat soati”ni o‘tkazib borish 
anʼana tusini oldi. Quyi palatada davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati 
masalalarida, shuningdek, davlat byudjeti ijrosi ustidan samarali parlament 
nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis 
axborot tahliliy, ekspertlik xizmati ko‘rsatish maqsadida Davlat byudjeti boshqarmasi 
tashkil etildi. Parlament va ijro hokimiyatining hamkorligi kuchaytirildi. Masalan, 
Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimi taʼsis etildi 
va uning huquqiy maqomi belgilandi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 
joylardagi dolzarb muammolarni hal etishdagi roli oshirildi. Mahalliy hokimiyat 
organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tizimi yangicha, xalqchil ko‘rinishda 
yo‘lga qo‘yildi. 
3. Normarkazlashtirish siyosati namunasi o‘laroq, “hududlardagi muammoni, 
eng avvalo, o‘sha hududda ishlaydigan va yashaydigan insonlar yaxshi hal qila 
oladi”, degan fikrdan kelib chiqqan holda davlat apparatining institutsional tizimi 
qayta ko
‘rib chiqilib, uni optimallashtirish, samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim 
islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanti
rish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim – sektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yaʼni, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, 
tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati 
rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 4 ta 
sektorga bo‘lindi. Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy 
hokimliklarning 
ishtirokini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 
Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari bilan kelishish tartibi joriy qilindi. O‘z navbatida, Senatda doimiy 
asosda ishlovchi senatorlar hududlardagi mahalliy Kengashlarga masʼul etib 
biriktirildi. 
4. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimiga innovatsion yondashuv joriy etilib, 
fuqarolarga nisbatan byurokratik sansolorlik, sarsongarchilik holatlarini tubdan isloh 
qilishda katta qadamlar tashlandi. Avvallari fuqarolar turli norasmiy to‘lovlar, 


korrupsiya holatlaridan aziyat chekkan bo
‘lsa, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson 
omilining kamaytirilishi hisobiga bunday muammolarga chek qo‘yilmoqda. Xususan, 
mazkur sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish masʼuliyati yuklangan alohida 
davlat organi 
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat 
xizmatlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Shuningdek, 
tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari 
ko‘rsatish yagona markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman 
(shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari 
markazlariga aylantirildi. “Yagona darcha” tamoyili nafaqat tadbirkorlik 
subyektlariga, balki bevosita fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatishda amal qiladigan 
bo‘ldi. Xususan, respublika bo‘yicha tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazlari 
tomonidan 2018 yilning boshida jami 37 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 
2019 yilga kelib ularning soni 130 ga yetdi (qariyb 3 baravar). 2020 yildan boshlab 
Markazlar orqali 143 t
a davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Markazlar orqali 
2017 yilda 120 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, xizmat turlari 
ortganligi hisobiga, ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni 2019 yilda 11,3 mln.ga yetdi 
(2018 yilga nisbatan 
2,3 baravar ko‘p). 
“Onlayn maslahatchi” moduli yaratildi va jami 94 ta davlat tashkilot va idoralari 
mazkur modulda birlashtirildi. 24 ta davlat xizmatlari elektron shaklga o‘tkazilib, 
xizmatlar soni 157 taga yetkazildi. Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini 
eksterritorial tamoyil bo‘yicha, yaʼni fuqarolarning yashash va yuridik shaxslarning 
pochta manzilidan qatʼi nazar, respublikaning har qanday hududida olish imkoniga 
ega bo‘ldilar. 
Shubhasiz, bu saralash boshqaruv sohasidagi islohotlarning faqatgina kichik 
bir qismini qamrab olgan, xolos. Biroq, shuni aytish lozimki, davlat boshqaruvi 
tizimidagi o‘zgarishlar boshqa sohalardagi islohotlarning ham muvaffaqiyati garovi 
bo‘lib qolmoqda. Ishonch bilan qayd etish mumkinki, aynan shu sohadagi islohotlar 
samarasi Davlat rahbari tomonidan taʼkidlanganidek, O‘zbekistondagi yangi bir 
uyg‘onish – Uchinchi Renessans davrining poydevoriga tamal toshi vazifasini 
bajaradi. 
FOYDALINGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 
1. Barga V.Rol’ gosudarstva v rinochnom xozyaystve. «Mirovaya ekonomikai 
mejdunarodnie otosheniya», N 10, 1992 g. 
2. Buranova M. “Investitsionnie vozmojnosti predpriyatiy”.T. Rinok, den’gi 
ikredit. № 5. 2002, s.41. 


3. Vol’skiy A. Innovatsionniy faktor obespecheniya ustoychivogo 
ekonomicheskogo. “Voprosi ekonomike”, N 1, 1999 g.N 9-10, 1998 
4. Voldachek. Strategiya upravleniya innovatsiyami M., ekonomika, 1989. 
5. Vorpaev V.I. «Upravlenie proektami v Rossii», M., 1995. 
6. Gavrilov A. Kadrovoe obespechenie innovatsionnogo mexanizma 
upravleniya ekonomikey //Ekonomist. 1999. -
№4. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling