Qabul qildi: Sabirov. M
2023 yil
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT
Reja: - Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.
- Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.
- Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan Soliq davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib, u umumdavlat Soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, Soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi. Soliq kodeksining 167-moddasiga ko’ra Soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi. 1. Soliq solish obyekti bo’lib, Soliq kodeksining 169-moddasiga ko’ra, jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari hisoblanadi: 2. O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari; 3. O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari. solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining Soliq solish obyekti bulmaydi. Bular kodeksning 58-bobida kat’iy belgilangan soliq tariqasida qayd qilingan. Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan baza. Daromad solig’i solinadigan bazani aniqlash uchun jami daromaddan Soliq solinmaydigan va Soliq solishdan ozod qilingan daromadalarni chegirib tashlash kerak. Agar Soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar Soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |