Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari ular amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. Jismoniy shaxslarning jami daromadi kodeksning 171-moddasida aks ettirilgan. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagi lar kiradi: 2).mulkiy daromadlar; 4).boshqa daromadlar. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq Soliq kodeksining 272-277 moddalarida aks ettirilgan, ya’ni Soliq to’lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq solinadigan baza, imtiyozlar, Soliq stavkasi, uni hisoblash va to’lash to’g’risidagima’lumotlar aks ettirilgan. Soliq to’lovchilar. Soliq kodeksining 272-moddasiga ko’ra, Soliq to’lovchilar bo’lib, mulkida Soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda to’zilgan dehqon xo’jaliklari hisoblanadi. Agar ko’chmas mulk egasining joylashgan yerini aniqlash imkoni bulmasa, bu mol-mulk kaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs Soliq to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan baza. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq bazasi Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofik aniqlanadi. Soliq solinadigan baza bo’lib, ko’chmas mulkka bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilangan Soliq solish obyektlarining inventarizasiya qiymati hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan Soliq solish obyektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun xujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati Soliq solinadigan bazadir. Bitta jismoniy shaxs bir necha Soliq solish obyekti bo’yicha Soliq to’lovchi bo’lgan tagdirda Soliq solinadigan baza har bir obyekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |