Spdp n-21ug guruhi talabasi Axmedova Sug’diyona


lik sanoq sistemasini o’rgatish


Download 50.83 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2023
Hajmi50.83 Kb.
#1750935
TuriReferat
1   2
Bog'liq
1 Axmedova Sug’diyonaning

10 lik sanoq sistemasini o’rgatish.
O'nlik sanoq sistemasida qo'shish amalini ko'rsak, biz avval birliklarni, so'ng o'nliklarni, keyin yuzliklar va hokazolarni o'zaro qo'shib boramiz. Bu jarayon barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun o'rinli bo'lib, toki oxirgi qiymat bo'yicha eng katta razryadni qo'shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doim eslash kerakki, agar biror razryad sonlarini qo'shganimizda natija sanoq sistema asosi qiymatidan katta chiqsa yigindining sanoq sistema asosidan katta qismini keyingi razryadga o'tkazish kerak.
Masalan, o'nlik sanoq sistemasida:
Ma'lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan. Shu sistemada qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari quyidagicha bajariladi:
Endi yuqoridagi jadvallar yordamida ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarishga doir misollar ko'ramiz.
O'nlik sanoq sistemasidagi 4, 7 va 15 sonlarini o'nlik va ikkilik sanoq sistemalarida qo'shing. Avvalgi darsdan ekanligini bilamiz.
Ikkilik sanoq sistemasidagi butun sonlarni o'nlik sanoq sistemasida va aksincha tasvirlash usullari
Turli asosli sanoq sistemasidagi butun sonlarni o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazishda quyida keltirilgan asos darajalari bo'yicha yoyish formulasidan foydalaniladi bu yerda:
berilgan sonni tashkil etuvchi raqamlar;
k - sondagi raqamlar sonidan bitta kam miqdor (chunki birinchi razryad 0 (nol) dan boshlangan).
1-misol. Ikkilik sanoq sistemasidagi 101110 sonni o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazing.
Yechish: Yuqoridagi formulaga muvofiq
O'nlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazish uchun berilgan son o'tkaziladigan sanoq sistema asosiga natija 1 ga teng bo'lguncha ketma-ket bo'linadi va qoldiqlar o'ngdan chapga qarab yoziladi.


2-misol. O'nlik sanoq sistemasidagi 37 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazing.
1 - qoida. O’nlik sanoq sistemasidagi butun sonni 2-lik ( 8 -lik yoki 16lik) sanoq sistemasiga o’tkazish uchun shu sonni va keyingi hosil bo’lgan bo’linmalarni o’tilayotgan sanoq sistemaning asosiga, ya`ni 2 ga (8 ga yoki 16 ga) oxirgi bo’linma 8 dan (2 dan yoki 16 dan) kichik bo’lguncha ketma-ket bo’lishi kerak. Oxirgi natijani va hosil bo’lgan qoldiqlarni teskari tartibda yozib chiqish shart. 2 - qoida. O’nlik sanoq sistemasidagi kasr sonni 2-lik (8-lik yoki 16-lik) sanoq sistemasiga o’tkazish uchun shu sonni va keyingi hosil bo’lgan kasr qismlarni o’tilayotgan sanoq sistemaning asosiga, ya`ni 2 ga (8 ga yoki 16 ga) ketma - ket ko’paytirish lozim. Natijada hosil bo’lgan butun qismlarni to’g’ri tartibda yozib chiqish kerak. Ko’paytirish jarayonini 2 holda to’xtatish mumkin: 1) kasr qismida nollar hosil bo’lsa bo’lgan taqdirda; 2) berilgan razryad aniqlikka erishilgan holda. 3 - qoida. O’nlik sanoq sistemasidagi aralash sonni 2-lik (8-lik yoki 16- lik) sanoq sistemasiga o’tkazish uchun, shu sonning butun qismini 1 - qoidaga muvofiq, alohida kasr qismini 2 - qoidaga muvofiq aloxida o’tkazib hosil bo’lgan natijalarni qo’shish talab etiladi. 4 - qoida. Sonlarni 2-lik, 8-lik yoki 16-lik sanoq sistemasidan o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazish uchun (1-2) formuladan foydalanish mumkin. 5 - qoida. Sonlarni 8-lik sanoq sistemasidan 2-lik sanoq sistemasiga o’tkazish uchun 8-lik sonning har birta raqamini uch xonali ikkilik son bilan yoki triada bilan almashtirish kerak (1 – jadval). 2-lik sanoq sistemasidan 8-lik sanoq sistemasiga sonlarni o’tkazish uchun, sonni verguldan chapdan va o’ng tomoniga qarab 3 razryaddan (triadalardan) iborat guruhlarga ajratish lozim va har bir triadani 8-lik sanoq sistemasiga mos raqamlar bilan yozish talab etiladi. Chetdagi to’lmagan triadalar nollar bilan to’ldiriladi. Sonlarni 2-lik sanoq sistemasidan 16-lik sanoq sistemasiga o’tkazish uchun, sonni verguldan chapdan va o’ng tomoniga qarab 4 razryaddan (tetradalardan) iborat guruhlarga ajratish kerak va har bir tetradani 16-lik sanoq sistemasida ifodalash mumkin. Bu holda xam chetdagi to’lmagan tetradalar nollar bilan to’ldiriladi.

Foydanilgan adabiyotlar:
1 Sh.M.Mirziyoyev. “ O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi faoliyatini tashkil etish” to’g’risidagi PQ-3305 son qarori. 30.09.2017-y, 1- bet.
2. Sh.M.Mirziyoyev. “ Maktabgacha ta’lim tizmini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3651 son qarori. 05.04.2018-y, 2-bet.
3. Sh.M.Mirziyoyev. ”Milliy taraqqiyot yo’limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz” – Toshkent;- “O’zbekiston”, 2017-y, 25-bet.
Download 50.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling