Speech Disorders: Dysphagia
Download 0.7 Mb.
|
1 2
Bog'liqkariyes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shishaionomer syementlar (SHIS).
Silikatli syementlarA) Silikatli syementlar – silisin (belasin), friteks. Bunga asos bo‘ladigan sabab silikat syementining kislotalik xususiyati yuqori bo‘lib rN ko‘rsatkichini ancha pastligidir. Silikat syementining kislotali komponentlari sut tishlari dentinida kanalchalar kengligi, mineral tuzlarga to‘yinishi pastligi sababli tezda pulpa to‘qimasiga singib o‘tib unda yallig‘lanish chaqiradi. B) Sun’iy smolalar asosida tayyorlangan plastmassa ashyolari – akriloksid, karbodent, norakril. Bu plomba ashyolaridagi qoldiq monomer sut va shakllanmagan ildizli doimiy tishlar pulpa to‘qimasiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. V) kimyoviy va nur ta’sirida qotadigan kompozit materiallar – evikrol, kompolayt va boshqalar. 2. Har qanday bolalar yoshida faqat ajratuvchi taglik qo‘yilib ishlatilishi kerak bo‘lgan plomba ashyolari: A) silikofosfat syementlar – belodont (beladont). Bularning asosiy kamchiliklari – adgeziya qobiliyati sust, eruvchanligi yuqori. B) amalgamalar – kumushli, misli, galodent-M. Asosiy kamchiliklari – ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi tish to‘qimasi bilan bir xil emas, ortodontik davolashda ularni almashtirishga to‘g‘ri keladi. Shishaionomer syementlar (SHIS).Mazkur syementlardan silikat va polikarboksilat syementlarining ijobiy xususiyatlari mavjud bo‘lib, salbiy xususiyatlari (adgeziyasining pastligi, pulpa to‘qimasiga zaharli ta’siri) deyarli yo‘qqa chiqarilgan. Nur bilan qotuvchi shishaionomer plomba ashyolari 30-soniya nur berilganda 4-5 daqiqada maksimal mustahkamligini oladi-qotadi (kimyoviy yo‘l bilan qotuvchilar uchun 24 soat kerak bo‘ladi). Nurda qotuvchi shishaionomerlar dentin to‘qimasi bilan ham kuchli bog‘lanish hosil qilishadi. Shishaionomer syementlarining umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: - tish qattiq to‘qimalari bilan kimyoviy bog‘lanishi; - pulpa to‘qimasiga ta’sir ko‘rsatmasligi; - erishi pastligi; - dentin va kompozitlarga nisbatan adgeziyasi (yopishqoqligi) juda yuqoriligi; - rentgen kontrastlik xususiyati yuqoriligi; - uzoq muddat o‘zida ftor ionlarini ajratib kariyes jarayoniga barham berishi; - kislotalar ta’siriga turg‘unligi; - tish rangiga moslashishi yuqoriligi; - kengayish xususiyatining tish dentiniga yaqinligi. Shishaionomer syementlarining kukuni(poroshogi) tarkibida 12-17% ftoridlar saqlaydi va shu xususiyati bilan boshqa syementlardan yuqori turadi. Uzoq muddat o‘zidan ftor ionlarini ajratishi natijasida dentin, emal qavatlarining strukturasini mustahkamlab ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Bu esa o‘z navbatida bakteriyalar, mikroorganizmlar faoliyati natijasida ishlab chiqarilgan zaharli moddalarni tish qattiq to‘qimalariga singib kirishini oldini oladi. Shunday qilib shishaionomer syementlar guruhiga kiruvchi plomba ashyolari universal ashyo sifatida yuqori adgeziv xususiyatga ega bo‘lib pulpa to‘qimasiga zaharli, salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunday sifatlari shishaionomer syementlarini bolalar terapevtik stomatologiyasi amaliyotida sut tishlari va shakllanmagan ildizli doimiy tishlar kariyesini davolashda keng ko‘lamda ishlatishga imkon beradi. Nemis stomatolog professori A. Knappvost kariyes profilaktikasi va davolash usuli sifatida sut tishlari uchun chuqur ftorlash yo‘lini tavsiya etadi. Chuqur ftorlash deganda dentinning yumshagan sohalarida kimyoviy yo‘l bilan yuqori dispers (diametri 50 A0 bo‘lgan) kalsiy ftor kristallarini hosil qilish jarayoni tushuniladi. Chuqur ftorlash jarayonini amalga oshirish uchun emal to‘qimasiga ketma-ketlikda avval silikatning magniy-ftorli eritmasi bilan ho‘llab, keyin kalsiy gidrooksidi suspenziyasini surish tavsiya etiladi. Bunda ftorsilikat kompleksi hosil bo‘lib, u o‘z-o‘zidan parchalanishi oqibatida juda mayda kalsiy ftoridining va magniy ftoridining kristallari hosil bo‘ladi. Shu bilan birgalikda polimer holatiga kelgan silikat kislotasi ham hosil bo‘ladi. Kalsiyli va magniyli kristallar uzoq vaqt mobaynida (1 yildin oshiq vaqt ichid a) erkin ftor elementlarini ion shaklida ajratib, yuqori konsentrasiya hosil qiladi va remineralizasiya jarayonini to‘liqligicha amalga oshirishga sharoit yaratadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling