ATOM-ADSORBSION SPEKTROFOTOMETRIK ANALIZ USULI
Adsorbsion spektroskopiya moddalarning har biriga xos bo‘lgan yutish spektrlarini o‘rganishga asoslangan. U quyidagi usullarga bo‘linadi:
Spektrofotometrik usul spektrning ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va infraqizil sohalarida muayyan to‘lqin uzunlikda yorug‘lik yutilishini o‘lchashga asoslangan.
Fotokolorimetrik usul spektrning ko‘rinuvchi sohasida nur yutilishini yoki yutilish spektrini aniqlashga asoslangan. Analizning lyuminessent yoki fluoressent usulida moddalar ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirilganda ulardan tarqaluvchi ko‘rinuvchi nurlarning intensivligi (fluoressensiya) aniqlanadi.
Analizning molekular-absorbsion spektroskopiya usullari elektromagnit nurlanishning optik qismini moddalarning molekulalari (yoki ionlari) tomonidan yutilishini o‘lchashga asoslangan.
Kvant nur – hv ning yutilishida zarrachalar juda yuqori energetik holatga o‘tadi. Agar emission spektroskopiyada atom yoki ionlar qo‘zgalgandagi nurlanishga e’tibor berilgan bo‘lsa, absorbsion spektroskopiya usulida kvant nurni tanlab yutish jarayoniga e’tibor beriladi.
MOLEKULAR-ABSORBSION SPEKTROSKOPIYA
Optik diapazon sohasiga, o‘lchash usuliga, o‘lchanuvchi nurlanish dastasining kengligiga qarab molekular-absorbsion usullar quyidagilarga bo‘linadi:
KOLORIMETRIYA
FOTOKOLORIMETRIYA
SPEKTROFOTOMETRIYA
Kolorimetrik analiz usuli tekshirilayotgan eritma rangining intensivligini ma’lum konsentratsiyali standart eritma rangining intensivligi bilan vizual taqqoslashga asoslangan;
Rotokolorimetriya tekshirilayotgan rangli eritma rangining intensivligini rangli standart eritma rangining intensivligi bilan fotoelektrik usulda taqqoslashga asoslangan;
Spektrofotometriya yutish spektrlarini aniqlashga yoki tekshirilayotgan modda yutish egri chizig‘ining maksimumiga mos keladigan qat’iy aniq to‘lqin uzunligidagi yorug‘likning yutilishini o‘lchashga asoslangan usul.
Do'stlaringiz bilan baham: |