Spektral analiz


To‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda spektrofotometriya quyidagi usullarga bo‘linadi


Download 25.79 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2024
Hajmi25.79 Kb.
#1828956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
baxtiyor ustoz

To‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda spektrofotometriya quyidagi usullarga bo‘linadi.
Ultrabinafsha (UB),
Ko‘rinuvchi (K)
Infraqizil (IQ)
toʻlqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 – 2 mm gacha boʻlgan koʻzga koʻrinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800). Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (toʻlqin uz. X=0,74—2,5 mkm), oʻrta (2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga boʻlinadi.
MOLEKULAR YUTISH SPEKTRLARINING KELIB CHIQISHI.
Emission spektrlar modda molekulalari alohida atomlar va ionlarga parchalanadigan yuqori haroratlarda olinadi. Nurlanish spektrlarida parchalanmagan zarrachalarning molekular dastalari kam bo‘lishiga qaramay, bu spektrlar, asosan, atom va ionlarning spektlaridir hamda namunaning elementar tarkibini aniqlash uchun foydalaniladi.
Yutish spektrini olish uchun moddani yorug‘lik manbayiga kiritish kerak emas, bu yerda u yuqori harorat ta’sirida parchalanib ketishi mumkin.
Molekulyar spektrlar atom spektrlariga nisbatan ancha murakkabroq va turli-tuman bo‘ladi, chunki molekulalarning tuzilishi atom tuzilishiga qaraganda ancha murakkabroqdir. Molekular spektrlarning hosil bo‘lishi va tuzilishini tushunib olish uchun molekulalar ortiqcha energiya yutganda qanday ichki o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligini aniqlab olish zarur.
Sof elektron spektrlarni mutlaqo olib bo‘lmaydi. Elektronlar bir pog‘onadan ikkinchisiga o‘tishida molekulaning tebranma va aylanma holatlari o‘zgaradi va uchala harakat turining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan spektrlar kuzatiladi.
Demak, nur kvantlari yutilganida zarrachaning ichki energiyasi ko‘payadi, bu energiya zarrachaning aylanish energiyasi, atomlarning tebranish energiyalari va elektronlar harakatining energiyalaridan tashkil topadi:
E=Eay+Etebr+Eel
Bunda Eay – aylanish energiyasi, Etebr – tebranish energiyasi, Eel – elektron energiyasi.
Molekula ichki energiyasining har bir turi kvant xossasiga ega va ma’lum energetik holatlarning yig‘indisi tarzida yoki tegishli kvant sonlari orqali tavsiflanishi mumkin.
Molekulaning aylanish tezligi ortishi bilan uning ichki energiyasi ortadi va darajalar orasidagi masofa ham ko‘payadi. Molekulani birinchi daraja E1 dan ikkinchisiga o‘tkazish uchun E1 ga nisbatan ikki baravar ko‘proq energiya talab etiladi. Ikkinchi darajadan uchinchisiga o‘tkazish uchun esa E1 ga nisbatan uch baravar ko‘proq energiya talab etiladi va h.k. Shunday qilib, qo‘shni darajalar orasidagi energiya farqi aylanish kvant sonining ortishi bilan tezda ortib boradi:

Download 25.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling