Spektroskopiya
VideoCom ni kalibrovka qilish
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
KADMIY QIZIL CHIZIG\'I ZEEMAN AJRALISHINI MAGNIT MAYDONDAN BOG\'LIQLIGINI O\'LCHASH-FABRI-PERO ETALONIDAN FOYDALANUVCHI SPEKTROSKOPIYA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribalarni otkazish a) Magnit maydonini olchash
VideoCom ni kalibrovka qilish Burchakni kalibrovka qilish uchun, tasvir linzasining focus masofasida qo'llaniladi (bu yerda f = 150 mm). Nol nuqtani siljitish uchun, “Calculate Peak Center” funksiyasidan foydalanib ikki markaziy maksimum o'rtasidagi burchakni aniqlang, va ikki maksimum markazlarining o'rtacha manfiy qiymatlarini kiriting. Bu doiraviy sistemaning markazini burchak shkalasida 0° ga o'rnatadi. Tajribalarni o'tkazish a) Magnit maydonini o'lchash Kadmiy lampasi o'rnatilmagan holda, tangensial probe ni qutb bo'laklari markaziga vertikal holda joylashtiring. G'altaklardagi tok kuchini orttira borib, magnit maydonining tokdan bog'liqligini o'lchang.Jadval 1. ga qarang b) Kadmiy chiziqlarining ajralishini o'lchash Kadmiy lampasini, qutb bo'laklari orasidagi masofani o'zgartirib yubormasdan, ehtiyotlik bilar ular o'rtasiga joylashtiring. (Mexanik qurilmaga qarang). “VideoComInt” dasturini ishga tushiring, va optik kuzatishlarni to'g'rilang. Intensivlik maksimumi texminan 50 % bo'lsin (Cd lampasining yorug'ligi magnit maydonda o'zgarsa, uni, agar lozim bo'lsa to'g'rilang). Rasm 4: Magnit maydoni bo'lmaganda, intensivlikning burchakka bog'liqligi “Zeeman” jadvali baholash uchun lozim bo'ladi; bu jadvalga tegishli knopkani bosing. Bu jadval B magnit maydoni uchun, siljimagan chiziq burchagi α1 (π-component) uchun, siljigan chiziqlar burchagi α2 (σ+ or σ-) uchun, va mos to'lqin uzunligi va energiya siljishlari uchun qiymatlarga ega. Oxirgi ikki qiymatlar α1 va α2 larni kiritilgandan avtomatik ravishda hisoblanadi Baholashni “Calculate Peak Center” bilan maksimumni belgilab boshlang. Bu qiymatni “Zeeman” jadvaliga jadvalning α1 ustunidan ko'chiring (kochir va qo'y). Diagrammada koordinata boshini aniqlash uchun qiymatni α2 ustunga ham ko'chiring va B ustunga 0 ni kiriting (Magnit maydonisiz va siljimagan halqa). Keyin, halqaning magnit maydonida ajralishini tekshiring (σ+ yoki σ-). Yana bir marta, siljish burchagi α2 ni “Calculate Peak Center” dan foydalanib tekshiring va uni "Zeeman" jadvalining α2 ustuniga ko'chiring. Siljimagan burchak α1 o'zgarmasdan qoladi (siz uni "drag and drop" dan foydalanib oldingi o'lchashlardan ko'chirib olishingiz mumkin), va B magnit oqimi zichligini kiriting. Bu qiymatlardan foydalanib, dastur to'lqin uzunligining va energiyaning siljishlarini hisoblaydi. Qo'shimcha ravishda, diagrammaga mos nuqtalar qo'yiladi. (Effektni boshqa halqalar uchun ham bir xil oqim zichliklari uchun tasdiqlash uchun, yoki, turli oqim zichliklari uchun mashq qilish uchun, maksimumni har safar bir xil komponentlar (σ+ yoki σ-) uchun tekshirish lozim. Chiziqlar ajralishidagi gradientni olish uchun o'lchangan nuqtalar orqali to'gri chiziq o'tkazing. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling