Speratorlar
SOM-3-1000M ochiq tipdagi separator. S
Download 122.74 Kb.
|
Speratorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Separatorning ish jarayoni
SOM-3-1000M ochiq tipdagi separator. Sutning harorati 25-400S (298-
3130K), achimliligi 220T yuqori bo‘lmagan holda qaymoq va yog‘i (qaymog‘i) olingan sutga ajratiladi. Ish unumi 1000 l/soat, qaymoqning yog‘liligi 1,0 dan 4,5% gacha sozlanadi. Aylanish tezligi -137,5 s-1. Tarelkalar soni -65. Tarelkalar oralig’i - 0,44 mm, baraban burchak tezligi-850 rad/s, baraban og’irligi - 16 kg. Elektrodvigatel quvvati-1 kVt. Sut idishi – sut qabul qilgichdan, poplavokli kameradan, poplavokdan, qaymoq va yog‘I olingan sut yig‘ish idishlaridan tuzilgan. Baraban quyidagi qismlardan tuzilgan: quvur o‘rnatilgan baraban taglikdan, tarelka ushlagichlardan, tarelkalardan, ajratgich tarelkalardan (sozlagich vinti bilan), baraban qoplamasidan, qisish gaykasidan. Harakatga keltiruvchi mexanizm - valikdan, bronzali shesternyadan, veretenodan tuzilgan. Korpus – korpusda harakatga keltiruvchi mexanizm joylashgan bo‘lib pastki qismidan fundamentga qotirlgan, yuqori qismida baraban joylashgan. Separatorning ish jarayoniSeparator ishlayotganda, sut, qabul qiluvchi idishdan doimiy bosimda markaziy quvurga tushadi, so‘ng kanal va tarelkalar o‘rnatilgan o‘zak teshiklardan sut tarelkalar paketidagi (yig‘imidagi) uch vertikal kanallarga, aylanayotgan baraban tarelkalari orasiga taqsimlanadi, tarelkalar oralig‘idagi sut bo‘laklarga ajraladi. Sutning og‘ir qismi bo‘lgan plazma, chetga baraban qoplamasi devorlari tomon harakatlanadi. Sutdagi yog‘ shariklari markazga intilish, tezlanish ta’sirida aylanish o‘qi, markazga harakatlanadi va suzib chiqadi. Shunday qilib bosim ta’sirida baraban tarelkalari oraliqlariga kelayotgan sut ikki oqimga (potokga) ajraladi: 1-baraban o‘qiga qarab yo‘nalgan qaymoq oqimi; 2-baraban qoplamasi devorlari tomon harakatdagi qaymog‘i olingan sut (plazma) oqimi. Qaymoqlar tarelka ushlagichga siqiladi va yuqoriga ko‘tarilib borib, sozlovchi vint teshigidan chiqadi. Rostlovchi vintni buraganda oqib chiqayotgan qaymoqning bosimi va oqib chiqishi kamayadi, qaymoq esa engilroq bo‘ladi. Qaymog‘i olingan sut ajratish tarelkalari va baraban qoplamasi oralig‘idan o‘tib barabandan chiqarish kanali orqali chiqariladi. Separator sut tozalagich barabanida zichligi sut zichligidan katta bo‘lgan aralashmalar markazdan qochma tozalash yo‘li bilan bajariladi. Bu holda tarelkalarda teshiklar bo‘lmaydi, diametrlari esa qaymoq ajratgich tarelkalardan kichik bo‘ladi. Har bir tarelkaga 4 tadan planka payvandlangan. Sut paplavokli kameradan baraban negizidagi sut trubkasi orqali va tarelka yig‘ich kanallari orqali iflosliklarni yig‘ish kamerasiga o‘tadi. Iflosliklarni yig‘ish kamerasida tozalanish jarayoni boshlanadi, u tarelkalar oralig‘ida tamomlanadi. Tozalangan sut tarelka yig‘uvchi tashqi kanallar orqali ko‘tariladi va qaymoq kanali orqali barabandan chiqadi. Download 122.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling