Sport elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish


Download 45.5 Kb.
bet4/5
Sana29.03.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1306845
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sport elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish.

Sport mashqlari mushaklarni mustahkamlashga, suyak, yurak-qon tomir, asab tizimini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlardir.
Ochiq havoda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida bolalarni sport mashqlari va sport o’yinlari elementlariga o’rgatiladi. Bu ishni, asosan, tarbiyachi olib boradi, lekin bolalarning sport mashqlarini bajarish malakalarini egallab va sport o’yinlarini o’ynashni bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va mustahkamlab borish kerak.
Ob-havo sharoiti, sport jihozlarining bor-yo’qligi, bolalarning u yoki bu sport o’yini va mashqlarini egallab olish darajasiga qarab, tarbiyachi rejada ko’rsatilagn sport turlarini hafta bo’yicha (ertalabki va kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar bir necha o’yin turlarini mashq qilishlari mumkin. Masalan, ba’zi birlari velosiped uchadilar, ayrimlari stol tennisi va badminton o’ynaydilar, so’ng o’zaro o’rin almashadilar,
Dastlab tarbiyachi sport o’yinlari va mashqlarida ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida mashqni yetarlicha o’zlashtirmagan bolalarni jalb etadi.
Keyinroq esa hamma bolalarning faol bo’lishini ta’minlashga harakat qilishi kerak. Bolalar faqat sport o’yinlari elementini o’zlashtirib olishlarigina emas, balki ularning asosiy qoidalarini foydalanayotgan sport inventarlari qismlarining nomini o’zlashtirishlari, ularni asrab-avaylab, saqlashni ham bilishlari lozim. Agar tarbiyachining o’zi sport o’yinlarida faol ishtirok etib, bolalarning xatti-harakatiga rahbarlik qilsa, sport o’yinlariga o’rgatish ancha tezlashadi.
koptokni yuqoriga otish hamda uni ikki va bir qo‘llab ilib olish; otish va maydonchaga tegib qaytgandan keyin ilib olish;koptokni devorga urish va maydonchaga tegib qaytgandan keyin ilib olish;koptokni bir-biriga tashlash hamda uni bir va ikki qo‘llab ilib olish;

  1. xuddi shuning o‘zi, lekin koptokni maydonchaga tegib qaytgandan keyin ilib olish;

  2. koptokni stolga tegib qaytgandan keyin bir-biriga oshi- rish.

Yuqoridagi mashqlar ayniqsa keyingi o‘yinga yaqinlashtiril- gan mashq o‘rganilganidan keyin yoki ular bilan parallel ravish- da raketka bilan mashq qilina boshlanadi:



  1. raketka ushlashni o‘rganish;

  2. raketka bilan koptokni urgandek taqlid qilish;

  3. rollarni oldinga, yon tomonga harakatlantirib, koptokni raketkadan tushurib yubormay, uni raketkada olib yurish.

Dastlab turgan joyda, keyin harakat paytida koptokni raket- ka bilan urish:



  1. koptokni raketka bilan yuqori otish va ilib olish;

  2. stolga tegib qaytgan koptokni raketka bilan urib qayta- rish;

  3. devorga va polga tegib qaytgan koptokni raketka bilan urib qaytarish;

  4. koptokni o‘yinga kiritishni o‘rganish;

  5. sherigi qo‘li bilan stolga tashlagan koptokni urib qayta- rish;

  6. koptokni shunday qaytarish kerakki u yana tegsin;

  7. juft bo‘lib setkasi yo‘q stolda o‘ynash;

  8. juft bo‘lib setka tortilgan stolda o‘ynash.

Bolalar o‘yinni raketka bilan doimo mashq qilish natijasidagina o‘zlashtirib olishlari mumkin. Mashqlar vaqtida bolalar guruhlarga bo‘linadilar; ayrimlari stolda o‘ynaydilar, boshqalar harakatlarni juft-juft bo‘lib bajaradilar yoki individual shug‘ullanadilar, keyin esa o‘rin almashadilar. Hamma mashqlarni ham chap, ham o‘ng qo‘l bilan bajarish zarur.


O‘yin vaqtida bolalar birnecha marta ketma-ket koptokni o‘yinga kiritadilar (5). Agar xatoga yo‘l qo‘ysa (koptok qabul qi- linmasa stolga tushmasa), boshqa o‘yinchiga ochko beriladi.

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling