Спорт фаолияти психологияси


Trening o’tkazish uchun tavsiyalar


Download 0.67 Mb.
bet24/33
Sana13.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1769883
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
2 5220031512719658840

2. Trening o’tkazish uchun tavsiyalar.
Trening mashg’ulotlari o’tkazish uchun ishtirokchilarni qiziqtirish kerak. Ularning mustaqil ishlashlariga imkoniyat yaratish kerak. Biron-bir qatnashuvchini muhokama qilish kerak emas, chunki u sudlanuvchi emas. Biror shaxs o’zini baland tutmaslik kerak. Psixolog esa mutaxassisman deb ro’kach qilmasligi kerak. O’z harakteringiz bilan qatnashuvchilarni qo’rqitmang, xavasini ham keltirmang.
3.Trening o’tkazuvchi uchun shart bo’lgan ishlar.
1.Muxokama tashkil qilish, ishchi guruxi uchun qoidalar ishlab chiqish va har bir mashg’ulotda trener treningning maqsadi vazifasini batafsil tushuntirish.
2.Navbatdagi mashg’ulot instruktsiyasini berish.
3.Qatnashuvchilar savollariga javob berish va ular bajarayotgan ishni nazorat qilish.
4.Senariy mazmunini trening maqsadi asosida taxlil etish.
5.Trening haqida qatnashuvchilar bilan fikr almahish.
6.Qatnashuvchilar ematsional holatini nazorat qilish va ularga psixologogik yordam berish.
7.Har bir mashg’ulotda yakun yasash va uyga vazifa berish.
8.Mashg’ulot oxirida siz xaqingizda qatnashuvchilar o’z fikrini bayon qilishlariga imkon berish.
Trening o’tkazish davomida uning qatnashchilarini shaxsiy muloqot usullarini va o’zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglash protsessini rag’batlantirish kerak.
Trening mashg’ulotlari do'stona, samimiy va ixtiyoriy tarzda o’tkaziladi. Trening o’tkazishdagi shartlar buyicha ma'lum qoidaga rioya qilinmasa, u ijobiy natija bermaydi.
4.Psixologik trening o’tkazishning umumiy qoidalari.
1) Barcha qatnashchilar doira bo’lib o’tirishlari kerak:
2) Qatnashchilar soni 15 tadan ortmasligi shart.
3) Psixolog qatnashchilar bilan birga trening barcha topshiriqlarini bajarishi shart.
4) Qatnashchilarning har biri hamma mashg’ulotlarda qatnahish lozim.
5)Treningni boshqaruvchi mashg’ulotlarini maxorat bilan boshqarish kerak ya'ni kishining
mijozning shaxsiyatiga tegadigan, uyaltiradigan vaziyatlardan qochish va har bir mijozning fikrini ma'qo’llash va uni ragbatlantirib turishi kerak.
6) Boshqaruvchi qo’yilgan muammolarini qatnashuvchilarning o’zlari xal qilishlari uchun qulay haroit yaratish kerak.
7) Mashg’ulot davomida qatnashchilarda o’z taasurotlarini yozib borishi uchun kundalik tutishga ruxsat etiladi.
8) Har bir qatnashchi albatta har bir mashq davomida bildirishi lozim.
9) Hamma boshqalarni diqqat –e'tibor bilan tinglashi kerak.
10) Hamma qatnashchilar ruy-rost samimiy va ichidagi gapni gapirishi shart.
11) Qatnashchining biron-bir nuqsoniga e'tibor bermasligi kerak.
12) Trening borishi jarayonida xech kimga xech qanday maslaxat berish mumkin emas.
13) Trening jarayonida bemalol «bu erda» va «xozir» kabi so’zlarni ishlatish shart .
14) Boshqaruvchi har bir mashg’ulot oxirida yakun yasab qatnashchilardan qanaqa yoki qanday yangilik olganlarini ularda qanday o’zgarish bo’lganini so’rashi kerak.
15) Boshqaruvchi albatta uyga vazifa berishi va bajarilishini nazorat qilishi kerak.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling