Reja
1.Bolalar jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi
2.Inqilobgacha Rossiyada yagona jismoniy tarbiya davlat tizimi
3. Jismoniy tarbiya maqsadi va vazifalari.
Tayanch so’zlar va iboralar: Sog’lomlashtirish, ta’limiy, tarbiyaviy vazifalar, jismoniy tabiyaning mehnat va harbiy tayyorgarlik bilan aloqadorlik prinsipi, shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi, jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirish maљsadiga yo’naltirilganlik prinsipi, yurak-tomir tizimi, nafas olish tizimi. Bolalar jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi. O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimini bayon yetish uchun biz umumiy inqilobgacha bo’lgan davrdan so’ng Ulug’ Oktyabr inqilobining g’alabasi bilan sobiq Sovet Ittifoqida Davlat tizimini rivojlanishi haqida gapirishimiz lozim. Jismoniy tarbiya tizimi deganda biz jismoniy tarbiyaning ilmiy metodik va ideologik asoslarini tushunamiz. Bizning mamlakatda yagona jismoniy tarbiya tizimi yaratilgan, bu tizimning yaratilishi xalqimizning jismoniy tarbiya sohasida olib borgan ishlarning samarasidir. Nazariya orqali erishilgan va amaliyotda tasdiqlangan hamma qimmatbaho ma’lumotlar jismoniy tarbiyaning tizimi orqali amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya tizimi deganda biz zvenolari bo’yicha jismoniy tarbiya vazifalarini, vositalarini, ish shakllarini, hamda oiladagi jismoniy tarbiyani, kadrlar tayyorlashni va sport inshootlari qurilishini tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |